Soliq statistikasi indd


Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

4.2. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar 
prognozini tashkil qilish
Prognozlash jamiyatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida 
qo‘llaniladi.
Prognozlash qo‘llanilish sohasiga ko‘ra quyidagi
– ijtimoiy prognozlash;
– iqtisodiy prognozlash;
– ilmiy-texnikaviy prognozlashlarga ajratiladi.
Boshqaruv darajasiga ko‘ra prognozlash – xalq xo‘jaligini 
prog nozlash, tarmoqni prognozlash, regional prognozlash ham da 
birlashma, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini prog noz-
lash toifalariga ajratiladi.
Prognozlashtirish eksport baholarini hisobga olgan holda o‘t-
mishni kelajakka ekstrapolyatsiyalash asosida oshirilishi mum kin. 
Ushbu o‘zgarishlar tasodifan yuz berishi mumkin. 
Soliq tushumlarini prognoz qilishda, O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq idoralari, Moliya vazirligi va boshqa tegishli idoralar 
ishtirok etadilar.
Davlat soliq idoralarida soliq tushumlari prognozi tushumlar 
muddati va hududlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ya’ni, soliq tu-
shumlari prognozi quyidagicha tashkil qilinadi:
– tuman va hududlar bo‘yicha asosiy daromad turlariga doir 
yillik tushumlarni prognoz qilish;
– asosiy daromad turlari bo‘yicha oylarga bo‘lgan hollarda 
choraklik tushumlarni prognoz qilish;
– joriy yil uchun prognoz hisob-kitoblari bilan belgilangan da-
romadlarni jalb etish yuzasidan choralarni amalga oshirish;
– soliq idorasining soliq to‘lovchilarga faol ta’sirini tashkil qilish;
– O‘zbekiston soliq qonunchiligiga muvo
fi
q soliqlar va majburiy 
to‘lovlar yig‘ishni ta’minlash.
Soliq tushumlari prognozi quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni 
o‘rgangan holda tuziladi:


105
– hududiy iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirish asosiy 
yo‘nalishlari tahlili;
– soliq tushumlarining har bir turi, imtiyozlarni hisobga 
olgan holda hisoblab yozilgan to‘lovlar summalari bo‘yicha soliq 
to‘lovchilarning miqdori haqida hisob axboroti;
– amaldagi soliqlar va majburiy to‘lovlar stavkalari;
– prognoz qilinayotgan davrda qabul qilinishi rejalashtirilgan 
yangi qonun hujjatlari;
– soliq tushumini oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qiluvchi
ayrim korxonalarning prognoz hisob-kitoblari;
– tegishli darajadagi daromad hisob-kitoblari;
– soliq va majburiy to‘lovlarning yoki o‘tish to‘lovlarining 
to‘lash muddatlari;
– hisobotga oid statistika ma’lumotlari;
– hisobot davri uchun va davr tugashiga qadar tutiladigan tu shum lar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, soliqlar bo‘yicha bo qi man da 
qarzlari va ortiqcha to‘lash qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
– prognoz qilinayotgan davrda so‘mning AQSH dollari va 
YEVROga nisbatan kursi indeksi, in
fl
atsiya darajasi;
– ular bajarilishini ta’minlash uchun budjet vazifalari hisobi.
Soliqlar va majburiy to‘lovlarni prognoz qilishni tashkil qilish 
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi, shuningdek, soliq, bojxona 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga 
muvo
fi
q amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi soliq tushumlarini prog-
noz qilish asosini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti tizimi ikki bo‘-
g‘indan iborat:
• O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti, viloyatlar, Tosh-
kent shahri, respublika tuman va shaharlari mahalliy budjetlari.
Budjet tizimi bu – davlat budjetini tashkil qilishda yuzaga ke-
luv 
chi iqtisodiy munosabatlar, mamlakatning davlat tuzilishi, 


106
respublikaning huquqiy me’yorlariga asoslangan davlat, hududiy 
va mahalliy hokimiyat organlari hamda budjet munosabatlariga 
nisbatan mustaqil fondlarning majmuasidir.
Budjet tizimiga sharh O‘zbekiston Respublikasining Budjet 
kodeksini 6-moddasida quyidagicha berilgan: 
Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli 
jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan 
tashqari jamg‘armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil 
etish prinsiplari, ular o‘rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga 
keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi. 
Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, 
ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston 
Respublikasining milliy valutasi — so‘mda amalga oshiriladi
9
.
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimini tashkil qilishning 
tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksida bayon 
qilingan. 4–2-chizmaga qarang.
Kassaning yagonaligi prinsipining mazmuni shundan iboratki, 
budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari yagona g‘azna 
hisobvarag‘iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to‘lash ushbu 
hisob varaqdan amalga oshiriladi.
Budjet tizimining yagona huquqiy asosda tashkil qilinishi 
ham da tartibga solinishi, hujjatlashtirish shakllarining yagonaligi
budjet tasni
fi
yagona bo‘lishi hamda budjet tizimi budjetlarining 
daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet 
hi sobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibi 
O‘z bekiston Respublikasining budjet tizmini yagonaligi tamoyilini 
ang latadi. 
Budjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy 
tuzilishiga muvo
fi
qligi prinsipi O‘zbekiston Respublikasining ma’-
muriy-hududiy tuzilishiga asoslanadi.
9
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qo-
nun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-I-son)


107
4–2-chizma
10

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin