Davlat maqsadli jamg‘armalari
T/r
Daromad turlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat
qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i
3. Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi
Davlat maqsadli jamg‘armalarini tuzish, jamg‘arma mablag‘ la-
rini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Res-
pub likasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjetining quyidagi daromad tushumlari bo‘yicha prog-
noz lash tashkil qilinadi:
I.Maqsadsiz fondlarning daromadlari.
1. To‘g‘ri soliqlar:
– yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
– jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
– jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan so-
liq;
– mikro
fi
rma va kichik korxonalardan olinadigan yagona soliq
to‘lovi.
2. Egri soliqlar.
– qo‘shilgan qiymat solig‘i;
– aksiz solig‘i.
3.Resurs to‘lovlari va mol-mulk soliqlari.
– yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq;
– jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq;
116
– yer solig‘i;
– yuridik shaxslarning noqishloq xo‘jalik maqsadlarida foyda-
lanadigan yerlaridan olinadigan yer solig‘i;
– jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
– yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
– suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
3. Davlat boji.
4. Davlat mulkini sotishdan tushgan tushum.
5. Jarimalar.
6. Davlat avtomobil nazorati (DAN) yig‘imlari.
7. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar:
– obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish so-
lig‘i;
II. Maqsadli jamg‘armalarning daromadlari.
1. Pensiya jamg‘armasi.
2. Ish bilan bandlik jamg‘armasi.
3. Yo‘l jamg‘armasi.
Soliq tushumlari prognozlashni tashkil qilish tamoyillari O‘zbe-
kiston Respublikasi budjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillariga
mos keladi. Shu sababli soliq tushumlarini prognozlashda quyidagi
tamoyillarga amal qilinadi:
– budjet tasni
fi
tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni
tuzilishining yagonaligi;
– budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hu-
dudiy tuzilishiga muvo
fi
qligi;
– turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bog‘liqligi;
– davlat budjetining balansliligi;
– davlat daromadlarining manbalar bo‘yicha va xarajatlarini
yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish;
– davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlan-
gan mablag‘ doirasida sar
fl
ash;
– barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi.
117
Barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqqish,
qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Res-
publikasining milliy valutasi – so‘mda amalga oshiriladi.
Davlat budjeti daromadlarining tasni
fi
ularni turlari va manbalari
bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromad qismini
prognozlashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
davlat hokimiyati organlari, Moliya vazirligi, soliq idoralari o‘z-
larining vakolat doirasida qatnashadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq tushumlarini
prognoz qilishga oid jarayonida quyidagi vazifalarni bajaradi:
– Davlat budjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va uni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi;
– Davlat budjetining ijrosini tashkil etadi;
– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqa-
ruvi boshqa organlarining Davlat budjetini ijro etish borasidagi
ishlarini muvo
fi
qlashtiradi va nazorat qiladi;
– davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va
ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy
hokimiyat vakillik organlari soliq tushumlarini prognoz qilish jara-
yonida quyidagi vazifalarni bajaradi:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjet-
larni qabul qiladi, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hiso bot-
larni tasdiqlaydi;
– mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar miqdorlarini
belgilaydi, mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyozlar beradi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar
loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘-
qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qi-
lishi uchun taqdim etadi hamda ularning ijrosi to‘g‘risida hisobotlar
tuzadi;
118
– budjetga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda bud-
jet mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan
nazoratni tashkil etadi.
Davlat budjeti loyihasini tayyorlash vazifasi O‘zbekiston Res-
publikasi Moliya vazirligi vakolatiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazir-
liklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar
bilan birgalikda budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi
oktabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ki-
ritadi. Budjetnoma loyihasida quyidagilar ham o‘z aksini topishi
lozim:
– mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi
asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-
ning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;
– o‘tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbe-
kiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va
joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;
– kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda
asos bo‘lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari;
– mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy
yo‘nalishlari loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining
tegishli xulosasi bilan;
– mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy
yo‘nalishlariga sharhlar;
– davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo‘yicha xarajatlar
holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
– kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasi
O‘z
bekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi
bilan.
Budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to-
monidan joriy yilning o‘n beshinchi oktabridan kechiktirmay O‘z-
bekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
119
Soliqlar va boshqa majburiy tushumlar prognozini amalga oshi-
rishda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi
asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-
ning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi.
Mamlakatni, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-
lantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi,
kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda
asos bo‘lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
tahliliy o‘rganiladi. Bunda o‘tgan, joriy va prognozlashtiriluvchi
yillarga taalluqli bo‘lgan quyidagi makro-iqtisodiy ko‘rsatkichlar
tahliliy o‘rganiladi:
1. Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati.
2. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati.
3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining o‘sish sur’ati.
4. Pudrat qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati.
5. Chakana tovar aylanmasi hajmining o‘sish sur’ati.
6. In
fl
atsiya sur’atlari.
7. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan pro
fi
tsit yoki
di
fi
tsit miqdori.
8. Ijtimoiy sohani rivojlantirish xarajatlari.
9. Budjet tashkilotlari xodimlari ish haqi, pensiyalar, nafaqalar
va stipendiyalar miqdori.
10. Investitsiyalar hajmi.
11. Eksport hajmining o‘sish sur’ati.
12. Yalpi ichki mahsulotda kichik biznes ulushi.
13. Xizmatlar sohasini o‘sish sur’ati.
14. Aholi bandligi dasturlarini amalga oshirish.
15. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etiish.
16. Hududlarni kompleks rivojlantirish, ya’ni: sanoatni rivoj-
lantirish, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mineral
xomashyoni chuqur qayta ishlash, qishloq joylarda zamonaviy
120
xizmatlar va servis sohasini tashkil etish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hisobiga kompleks rivojlantirishni
ta’minlash imkoniyatlari.
17. Soliq to‘lovchilar va ular to‘lagan soliqlar bo‘yicha hisob
axborotlari;
18. Amaldagi va kelajakdagi soliq stavkalari;
19. Amaldagi va kelajakdagi soliqlar bo‘yicha soliq to‘lovchilar-
ga berilgan imtiyozlar.
20. Boshqa ma’lumotlar.
Soliq to‘lovchilar va ular to‘lagan soliqlar bo‘yicha hisob ax bo-
rotlari, soliq stavkalari, soliqlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarga beril-
gan imtiyozlar soliq idoralaridagi mavjud hisobot ma’lumotlari dan
foydalaniladi.
Soliq va majburiy to‘lovlarni prognoz qilish uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlar soliq idoralarining quyidagi shakldagi hisobotlaridan
olinadi:
– forma
№
25 jamlama reyestr. Forma
№
25 reyestr bo‘yicha
hisobga olinadigan soliqlar va yig‘imlar tuman davlat soliq ins-
peksiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy
shaxslarning soliq hamda budjet to‘lovlari bo‘yicha ochilgan
shaxsiy varaqalari har bir soliq turi bo‘yicha alohida yuritiladi;
– forma
№
1-N (qisqa) kunlik va Shakl
№
2 (to‘liq) hisobotlar.
Tuman davlat soliq inspeksiyalarida va yuqori soliq organlarida
davlat budjetining daromadlari qismiga tushadigan to‘lovlar bo‘-
yicha kunlik, oylik, choraklik va yillik haqiqiy tushum uchun hi-
sobot;
– Qo‘shilgan qiymat va Aksiz soliqlari bo‘yicha kartochka
№
3
va
№
6;
– kartochka
№
9 shakl(qo‘shma korxonalarning aksiya, obli-
gatsiya va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olgan dividendlari hisobi,
chet el yuridik shaxslarining Respublikamizda olgan daromadlari
bo‘yicha to‘lovlar hisobi);
121
– Davlat tomonidan musodara qilingan tovar va moddiy qiy-
matliklar, egasiz mollar bo‘yicha tushumlar hisobi kartochkasi-
№
8
shakl;
– ma’muriy va moliyaviy jarimalar hisobi -forma
№
11 kitobida
yoki
№
25 reyestrda;
– jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i, mol-
mulk solig‘i va yer solig‘i hisobi
№
1 va
№
26 shaxsiy hisob daf-
tarlari.
Tasdiqlangan va amalda foydalaniladigan hisobotlardan asosiysi
bu «hisoblangan va davlat budjetiga haqiqatda tushgan soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlar summasi to‘g‘risida» gi 1–«N» hi-
soboti.
1 – «N» hisobotida umumiy soliqlar tushumi va soliq turlari
bo‘yicha hukumat tomonidan belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari,
haqiqatda budjetga o‘tkazilgan summalar, o‘rtasidagi farqi va baja-
rilish foizlari aks ettiriladi. Ko‘rsatkichlar yil boshidan, chorak va
oy boshidan o‘sib borish surati bilan jamlanib boriladi.
Hisobotlar har oyning 1-sanasiga soliq turlari bo‘yicha to‘liq va
asosiy soliq turlari bo‘yicha qisqartirilgan shaklda har oyning 16
sanasiga jamlanadi.
Tuzilgan hisobot davlat boshqaruv, moliya, statistika idoralariga
foydalanish uchun taqdim etiladi. Hisobotdagi ma’lumotlar orqali
respublika va mahalliy budjetlarning bajarilishi tahlil qilinadi.
Ushbu hisobot asosida Moliya Vazirligi davlat budjetini daromad
qismini to‘ldirilishini va budjetning xarajat qismini yetarli mablag‘
bilan ta’minlanishini tahlil qilib, kerakli chora-tadbirlar belgilab
oladi.
Olib borilgan ishlar «Soliq to‘lovchilar faoliyatini nazorat qilish
to‘g‘risida»gi 2-«N» hisobotida aks ettiriladi.
Bu hisobotda quyidagi ko‘rsatkichlar aks ettiriladi:
– davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tgan soliq to‘lovchi
huquqiy va jismoniy shaxslar soni;
122
– ular tomonidan budjetga o‘tkazilgan soliqlar va majburiy to‘-
lovlar summasi;
– soliq to‘lovchi huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyatini
nazorat qilish borasida o‘tkazilgan tekshirishlar, aniqlangan qo-
nun buzarchiliklar va ko‘rilgan moliyaviy, ma’muriy choralar, ja-
rimalar;
2-«N» hisobotidagi ma’lumotlarini soliq inspeksiyasining na zo-
rat ishlarini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlar deb hisoblasa bo‘ ladi.
Bu hisobot quyidagi turlarga bo‘linadi:
– to‘liq hisobot. Bu hisobot turi yarim yillik va bir yillik shaklida
o‘sib borish tartibi bilan tuziladi. Bu hisobotda hududdagi jami
soliq to‘lovchilar mulkchilik shakliga, tarmoqlarga mansubligiga
asosan ko‘rsatiladi, ularning to‘lagan soliq summalari, faoliyatini
tekshirish natijalari aks ettiriladi;
– har oyning boshida tuziladigan qisqartirilgan turi. Hisobotning
bu shaklida soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslarni umumiy
soni, tekshirishlar soni, aniqlangan qonunbuzarliklar va ko‘rilgan
moliyaviy, ma’muriy choralar va jarimalar aks ettiriladi.
Davlat soliq organlarida «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bo-
qimandasi to‘g‘risida»gi «1–N-N» hisoboti tuziladi.
Ushbu hisobotda xalq xo‘jaligi tarmoqlariga mansub xo‘jalik
yurituvchi subyektlar, ularning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
bo‘yicha boqimanda summasi, hisoblangan penya summalari aks
ettiriladi.
Bu turdagi hisobot har oyning boshiga soliq inspeksiyalaridan
viloyat soliq boshqarmalariga, viloyat soliq boshqarmalaridan
Davlat soliq qo‘mitasiga uzatiladi.
Bu hisobot natijalari Moliya Vazirligida, Davlat soliq qo‘mi-
tasida va tegishli vazirliklarda o‘rganib chiqib, ba’zi bir xo‘ja lik
yurituvchi subyektlarga budjet bilan hisob-kitoblarni tako
mil-
lashtirish va to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat
komissiyasiga boqimandani kamaytirish uchun imtiyozlar berilishi
taklif qilinadi.
123
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
15- noyabrdagi 444-sonli «O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’-
mi notini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga binoan davlat so-
liq inspeksiyalarida va yuqori soliq organlarida «1-PF» hisobotini
tu zish tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 19-avgustda
UP-3292 sonli «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini
qu rish va foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish
to‘g‘ri sida»gi farmoniga asosan davlat soliq inspeksiyalarida va
yuqori soliq organlarida «1-N-DF» hisobotini tuzish tashkil qi-
lingan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-
ning 2004-yil 7-iyundagi 263-sonli “Budjetdan tashqari maktab
ta’limi jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarorining qabul qilinishi bilan davlat soliq inspeksiyalarida va
yuqori soliq organlarida «1-N-ShF» hisobotini tuzish tashkil qi-
lingan.
Ushbu hisobotda soliq to‘lovchilar tomonidan hisoblangan
va budjetdan tashqari Pensiya Fondiga o‘tkazilgan summalar oy,
chorak, yil boshidan aks ettirilgan holda ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |