Soliq statistikasi indd


Soliq qarzdorligini majburiy undirish tartibi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

5.4. Soliq qarzdorligini majburiy undirish tartibi
Soliq to‘lovchining soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha maj-
buriyatlarini bajarish uchun uning bank hisob varag‘ida yetarlicha 
pul mablag‘i bo‘lishi lozim. Bank hisob varag‘idagi pul mablag‘i 
so liq qarzdorligini uzish uchun yetarli miqdorda bo‘lmasligi mum-
kin. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha baja-
rilmagan majburiyatlari bo‘lgan soliq to‘lovchi o‘zining bank 
hisob varag‘ida pul mablag‘lari mavjud bo‘lishidan qat’i nazar, 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatidan ke-
chiktirmay xizmat ko‘rsatayotgan bankka to‘lash uchun to‘lov 
topshiriqnomasini taqdim etishi soliq qonunchiligida belgilangan.


145
Soliq qarzdorligi soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan mud-
datlarda uzilmagan hollarda soliq idorasi xodimlari tomonidan 
qarz dorlikni undirib olish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari 
bajarilishini ta’minlash maqsadida soliq to‘lovchiga davlat soliq 
xizmati organi tomonidan uning majburiyatini bajarish zarurligi 
ham da soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‘riladigan cho-
ralar to‘g‘risida talabnoma yuboriladi. 
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi yozma talabnomada quyidagi 
rekvizitlar ko‘rsatiladi::
– soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki to‘liq 
nomi;
– soliq to‘lovchining identi
fi
katsiya raqami;
talabnoma tuzilgan sana;
– talabnomani yuborish vaqtida hisoblangan soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar, penya, jarimalar bo‘yicha qarz summasi;
– talabnoma olinganidan so‘ng soliq majburiyati bajarilmagan 
taqdirda qo‘llaniladigan majburiy undirish choralari va mud dat lari;
– debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatno-
ma sini taqdim etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga 
yoki uning vakiliga topshiriladi. Topshirilgan talabnomada soliq 
to‘lovchiga yoki uning vakili ushbu talabnomani olganligini 
tasdiqlovchi yozuv va talabnoma olingan sana ko‘rsatilishi lozim.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma pochta orqali bu-
yurtma xat bilan yuborilishi mumkin. Pochta jo‘natmasi top-
shi rilganligi to‘g‘risidagi bildirish blankasida ko‘rsatilgan sana 
talabnomani olingan vaqti deb hisoblanadi. 
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma talablarini soliq 
to‘lovchi tomonidan bajarish yuzasidan muddatlar belgilangan. 
Shunday talablardan biri – soliq to‘lovchi tomonidan talabnoma 
taqdim qilingandan keyin soliq qarzdorligini uzish bo‘yicha beri-
luvchi muddatdir. O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 61-


146
moddasida soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani bajarish 
muddatlari belgilangan.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchi to-
monidan olingan kundan e’tiboran besh kun ichida soliq qarzi uzi-
lishi zarur. Aks holda, davlat soliq xizmati organlari soliq qarzini 
soliq to‘lovchining bank hisob varaqlaridan so‘zsiz undirish cho-
ralarini qo‘llaydi.
Yuridik shaxslar uchun soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talab-
nomani bajarishning alohida shartlari mavjud.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan e’ti-
bo ran o‘n kun ichida yuridik shaxs soliq qarzini mustaqil uzish cho-
ralarini ko‘rishi zarur. Talabnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kun 
ichida soliq qarzlari yuridik shaxs tomonidan mustaqil uzil ma sa, 
davlat soliq xizmati organlari undiruvni soliq to‘lovchining debi-
torlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan summalarga qaratadi. Soliq qarzini 
uzish to‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran 30 kun mo-
baynida yuridik shaxs soliq qarzdorligini mustaqil uzmasa va uning 
debitoridan soliq qarzdorligini undirish imkoniyati bo‘lmasa, yuridik 
shaxsning soliq qarzdorligini undirish uning mol-mulkiga qaratadi.
Jismoniy shaxslar uchun soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi 
talabnoma shartlarini bajarish muddati – olingan kundan boshlab 
o‘n kun belgilangan. 10 kun ichida bajarilmagan talabnomalar yuza-
sidan davlat soliq xizmati organlari soliq qarzini jismoniy shaxsdan 
undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.
Soliq qarzdorligini majburiy undirishning bir qancha choralari 
mavjud. 5–1-jadvalga qarang.
Soliq to‘lovchi soliq qarzini jadvalda ko‘rsatilgan barcha choralar 
ko‘rilganidan keyin uzmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi 
uni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat 
etadi.
Soliq qarzini majburiy undirish choralari yakka tartibdagi tad-
birkor bo‘lmagan jismoniy shaxslarga nisbatan faqat sud qarori 
bilan hal qilinadi.


147
5–1-jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin