141
tartibi O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksini 54.55-
moddalarida batafsil yoritilgan.
Soliq kodeksining mazkur moddalariga asosan, “soliq
qarzini
to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash” iborasi ostida
vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega bo‘lgan korxonalarga
davlat tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida to‘lash
muddatini
soliq to‘lovchi qarz summasini bir yo‘la yoki bosqichma-bosqich
to‘lagan holda keyinroq muddatga tushuniladi.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash
soliqqa oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ
tomonidan bir oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga beriladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, soliq qarzini to‘lashni
kechiktirish
yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash korxona va tashkilotlarning
moliyaviy
barqarorligini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Shu sababli,
bunday imtiyozni berish uchun soliq to‘lovchining moliyaviy
holati o‘rganiladi. Agar qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar hamda moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha soliq
majburiyatini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash,
oxirgi
hisobot sanasidagi holatga ko‘ra xo‘jalik yurituvchi subyektning
joriy aktivlar summasining jami 20 foizidan ortiq miqdorini tashkil
qilgan hollarda ruxsat beriladi. Soliq qarzdorligi undirish to‘g‘risida
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran
olti oy ichida soliq qarzi
oyma-oy bo‘lib to‘langan holda amalga oshiriladi.
To‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat
soliq qarzining faqat bir qismiga ham berilishi mumkin.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzni to‘lashni
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni amalga oshirish davrida
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha
penya hisoblash
vaqtinchalik to‘xtatib turiladi.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash
qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
142
Imtiyozdan foydalanish oxirgi sanasi bo‘lib soliq qarzini to‘-
lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash ruxsatnomasining
amal qilish muddati hisoblanadi. Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish
yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun berilgan
ruxsat muddatidan oldin
ham tugatilishi mumkin. Agar kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib
to‘lanadigan soliq qarzining jami summasi o‘z vaqtida to‘lanmasa
yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati o‘tguniga qadar to‘lansa, yoki
imtiyozdan foydalanish shartlari buzilsa – imtiyozning amal
qilinishi muddatidan oldin tugatiladi.
Dostları ilə paylaş: