Soliq statistikasi indd


Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

5.3. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha 
to‘langan summalarini hisobga olish
hamda qaytarib berish
Ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq qarzdorligiga nisbatan ortiqcha 
to‘lov paydo bo‘lishi, ayrimlari bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘liq 
to‘lanmasligi mumkin. Soliqlar bo‘yicha ortiqcha to‘lovlar, odatda, 
joriy to‘lovlarning me’yoridan ortiq miqdorda amalga oshirish na-
tijasida yuzaga kelishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi soliq 
kodeksining 56-moddasiga asosan, soliqning budjetga to‘langan 
ham da to‘lash uchun hisoblangan summasi o‘rtasidagi, taqdim 
etil gan soliq hisoboti asosida aniqlanadigan ijobiy farq soliqning 
ortiqcha to‘langan summasi deb e’tirof etiladi.
Soliq qarzdorligi bo‘yicha ortiqcha to‘langan summasi soliq 
qarzini quyidagi ketma-ketlikda uzish hisobiga hisobga olinadi:
– soliqning mazkur turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish 
hisobiga;
– boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha qarzni uzish hisobiga;
– boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va jarimalarni uzish 
hisobiga;
– mazkur soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga;
– boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga.


143
Ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha 
penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olish uchun soliq 
to‘lovchining arizasi talab qilinmadi. Ortiqcha to‘langan soliq sum-
masini hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan mus taqil 
ravishda amalga oshiriladi. Ammo, soliq idorasi xo dimlari soliq 
to‘lovchini ortiqcha to‘langan soliq summasini soliqning mazkur 
turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga yo‘naltirilganligi 
haqida, hisobga olingan sanadan uch kunlik muddatda yozma ra-
vishda xabardor qiladi.
Ortiqcha to‘langan soliqni boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha 
qarz ni uzish hisobiga, boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va 
jarimalarni uzish hisobiga, boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha kelgusi 
to‘lovlar hisobiga olish uchun soliq to‘lovchining yozma arizasi 
zarur bo‘ladi. Soliq to‘lovchining yozma arizasi asosida davlat soliq 
xizmati organi tomonidan hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘ risida 
xulosa beriladi. Davlat soliq xizmati organi yozma ariza bergan 
sanadan e’tiboran uch kunlik muddatda hisobga olishni amalga 
oshirish to‘g‘risidagi xulosani moliya organlariga taqdim etadi.
Ortiqcha to‘langan soliqni boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha 
qarzni uzish hisobiga, boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va 
jarimalarni uzish hisobiga olishda, soliq hisoboti taqdim etilgan 
sanadan e’tiboran o‘n kun ichida yozma ariza beriladi. Soliq hiso-
boti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida yozma ariza 
berilmasa, soliq idorasi nazarda tutilgan hisobga olishni amalga 
oshirish to‘g‘risida xulosani tegishli moliya organlariga mustaqil 
ravishda taqdim etishi mumkin.
Ortiqcha to‘langan soliq summasini hisobga olish bu xususida 
xu losa berilgan sanadan e’tiboran o‘n ish kuni ichida amalga 
oshiriladi.
Ortiqcha to‘langan soliq summasi boshqa soliq to‘lovchining 
soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishiga ruxsat berilmaydi. 
Barcha hisobga olishlar amalga oshirilganidan keyin qolgan 
ortiqcha to‘langan soliqlarning summasi soliq to‘lovchining 


144
bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali qayta-
riladi.
Ortiqcha to‘langan soliq summalarini qaytarish soliq to‘ lov-
chi ning yozma arizasi va davlat soliq xizmati organining qay tarish 
to‘g‘risidagi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Tegishli mo liya 
organlari qaytarish to‘g‘risidagi ariza topshirilgan sanadan e’tiboran 
o‘ttiz ish kuni ichida ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytaradi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 58-moddasida 
bosh 
qa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalariga 
quyidagicha ta’rif berilgan: boshqa majburiy to‘lovlarning to‘lan-
gan va to‘lash uchun hisoblangan summasi o‘rtasidagi ijobiy farq 
boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summasi deb 
e’tirof etiladi.
Ortiqcha to‘langan summa qaysi budjetga yoki davlat maqsadli 
jamg‘armasiga o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha budjet yoki davlat maq sad-
li jamg‘armasi otiqcha to‘langan boshqa majburiy to‘lovlar sum-
malarini qaytarish vakolatiga ega. Bunda ham soliq to‘lovchining 
yozma arizasi asosida, zimmasiga majburiy to‘lovlarni undirib olish 
majburiyati yuklatilgan organlarga tegishli ariza berilgan sanadan 
e’tiboran o‘ttiz ish kuni ichida amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin