157
Jami daromad tarkibiga yuridik shaxs tomonidan olinishi lozim
bo‘lgan (olingan) ortilgan tovar,
bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat
haqlari sifatidagi pul va boshqa mablag‘lar yoki qaytarmaslik sharti
bilan olingan mablag‘lar kiradi.
Jami daromadga quyidagilar kiradi:
1. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu
jum ladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan
qo‘ shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirib tashlangan hol-
da olingan tushum tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qi-
lishdan olinadigan daromaddir.
Vositachilik faoliyatidan olingan daromadlarni hisoblashda yuri-
dik shaxslarning ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‘l-
gan haq inobatga olinadi.
Qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-
sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar bo‘yicha daromad miqdorini
aniqlashda bajarilgan ishlarning shartnomaviy baholardan qo‘shil-
gan qiymat solig‘i ayrilib tashlanadi.
2. Yuridik shaxslarning boshqa daromadlariga quyidagilar ki-
radi:
– soliq to‘lovchining asosiy vositalari
va boshqa mol-mulki
chiqib ketishidan
olinadigan daromadlari;
– mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daro mad-
lari;
– asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga
berishdan olinadigan daromadlari;
– tekin olingan mol-mulk,
mulkiy huquqlar, shuningdek, ishlar
va xizmatlar;
– inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-mod diy
zaxiralar hamda boshqa mol-mulk qiymati tariqasidagi daro mad lari;
– hisobot yilida aniqlangan o‘tgan
yillardagi daromadlari;
– majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlari;
– o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan
daromadlari;
158
– ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning
o‘rnini qoplash tarzidagi daromadlari;
– xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar;
– birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlari;
– undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar
va penya, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida
qarzdor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar va penya;
– kursdagi ijobiy farq;
– dividendlar va foizlar;
– royalti;
– tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
ishlab chiqarish va reali-
zatsiya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan
olinadigan boshqa daromadlar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan boshqa daromadlar qo‘-
shilgan qiymat solig‘i summasi chegirilgan holda aniqlanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini prognoz qilishda
o‘r ganilishi talab qilinadigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri – xo‘jalik
yuri tuvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshi-
rishda qilgan xarajatlari va ularning tarkibidir. 6–3-jadvalga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 141-moddasida
yuridik shaxslar xarajatlarini guruhlashning umumiy qoidasi bayon
qilingan. Soliq to‘lovchining xarajatlari chegirib tashlanadigan va
chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga bo‘linadi.
Chegirib tashlanadigan xarajatlar tarikibi O‘zbekiston
Respub-
likasi soliq kodeksining 142, 143,144, 145- moddalarida belgilangan
va ularga quyidagilar kiradi:
– chegiriluvchi moddiy xarajatlar;
– chegiriluvchi mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
– chegiriluvchi amortizatsiya xarajatlari;
– chegiriluvchi boshqa xarajatlar.
Aksariyat hollarda,
ishlab chiqarilgan mahsulot, sotilgan tovar,
ko‘rsatilgan xizmat va bajariladigan ishning ishlab chiqarish tannarxi
bilan bog‘liq xarajatlar chegiriluvchi xarajatlar hisoblanadi.