Soliq statistikasi indd



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

soliq tushumiga ta’siri
Xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijasining umumiy ko‘rsatkichi 
bo‘lgan foyda – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Foydani xo‘jalik 
faoliyati natijasida olgan tushum bilan sarf qilingan xarajatlar o‘r-
tasidagi farq sifatida tavsi
fl
ash mumkin.
Korxonalar tomonidan olinuvchi foyda miqdorining ko‘payishi 
ular ning faoliyati samaradorligini oshishiga olib keladi. Foyda 
korxonaning yakuniy natijasini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlardan 
biri hisoblanadi.
Soliq tizimi o‘ziga qo‘yilgan vazifani yuridik shaxslardan oli-
nadigan foyda solig‘i orqali bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sha roi-
tida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan daromadni taqsim-
lash korxonalar tomonidan mustaqil bajariladi. Davlat esa 
kor xonalarning olgan daromadlarini taqsimlashga to‘g‘ridan to‘g‘ ri 
aralashmaydi, balki bilvosita tartibga soluvchi dastaklar yor da mida 
daromadni taqsimlash jarayoniga ta’sir qilishi mumkin. Shun day 
dastaklardan biri – soliqqa tortish tizimidir. Aynan yuridik shaxs-
lardan olinadigan foyda solig‘i vositasida davlat budjetining daro-
mad qismini shakllantirish va korxonalarning daromadlarini qayta 
taqsimlash borasida davlat va yuridik shaxslar o‘rtasida iqti sodiy 
munosabatlar yuzaga keladi.
Shu sababli, foyda solig‘i milliy iqtisodiyotda investitsiya ja-
rayonini barqarorlashtiruvchi va kapital o‘suvini ta’minlovchi aso-
siy dastaklardan biridir. 


153
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sar
fl
angan xara-
jatlarni obyektiv aniqlash jarayoni korxonaning moliyaviy natijasiga 
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot tannarxini oshirish 
– korxona ixtiyorida qoluvchi foyda miqdorini kamayishiga olib 
keladi. Aksincha, tannarx miqdorini kamaytirish nafaqat korxona 
ixtiyorida qoluvchi foyda miqdorini, balki budjetga to‘lanuvchi 
foyda solig‘i summasini oshishiga olib keladi. 
Foyda solig‘iga tortishning samarali tizimida korxonalarga 
qator soliq imtiyozlari taqdim qilinadi. Yuridik shaxslardan olina-
digan foyda solig‘i bo‘yicha beriluvchi soliq imtiyozlari ichki bo-
zorda mahsulot ishlab chiqarishni manfaatdor qiladi, korxona va 
tashkilotlarning moliyaviy holatini yaxshilashga imkon beradi. 
Foyda solig‘i bo‘yicha beriluvchi imtiyozlar, yoki foyda solig‘i 
stavkasining qisqartirilishi korxona va tashkilotlar ixtiyorida 
qoluvchi foyda miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Natijada, 
korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rivojlanishiga olib 
keladi. Bu esa, o‘z navbatida kelajakda nafaqat foyda solig‘i bo‘-
yicha, balki boshqa soliq turlari bo‘yicha ham soliq tushumlari 
o‘sishiga olib keladi. 
Davlatlar iqtisodiyotining daromaddan, foydadan olinuvchi 
soliqqa bog‘liqlik darajasi har xil baholanadi va bu bog‘liqlik 
darajasi doimiy o‘zgarishda bo‘ladi. Ammo, oxirgi yillarda, rivoj-
langan davlatlarning soliq tushumlari strukturasida foyda solig‘ining 
ulushi sezilarli miqdorda oshmoqda. Ushbu tendensiya O‘zbekiston 
Respublikasining budjet daromadlari tarkibida ham kuzatilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan iqtisodiyotda foy-
daning ko‘p qirrali ahamiyati yanada ortdi. Hissadorlik jamiyatlari, 
xususiy korxonalar va boshqa mulkchilik shakllariga asoslangan 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlariga tegishli foydani qaysi maq-
sadda ishlatish masalasini mustaqil hal qilish huquqiga ega.
Mamlakatimizning bozor iqtisodi tamoyillariga asoslangan iq-
tisodiy tizimga o‘tishi korxonalardan olinadigan foyda solig‘i turini 
joriy qilishni taqozo qildi.


154
6–1-jadval 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin