Soliq statistikasi indd


–2014-yillarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

2010–2014-yillarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining 
davlat budjeti daromadlaridagi salmog‘i
15
t/r
Ko‘rsatkichlar
2010
2011
2012
2013
2014
1.
Davlat budjetining 
maqsadli jamg‘arma-
larisiz jami daromadlari
100,00 100,00 100,00 100,00 100,00
2. To‘g‘ri soliqlar
26,08
26,20
25,21
26,22
20,41
3.
Yuridik shaxslardan 
undiriluvchi foyda solig‘i
4,92
5,10
4,45
4,94
3,41
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ining budjet daromadlaridagi salmog‘i 
2010-yilda 4,92%ni tashkil qilgan. 2014-yilda foyda solig‘ining 
Davlat budjetini soliqli daromadlari tarkibidagi ulushi 3,41% bo‘-
lishi kutilmoqda. Bu esa 2010-yilga nisbtan 1,51%ga kam miqdorni 
tashkil qiladi. 2010–2013-yillarda ushbu ko‘rsatkich 4-5%lar o‘rta-
sida tebranib turganligini kuzatishimiz mumkin. Oldingi yillarda 
foyda solig‘ining Davlat budjetining maqsadli jamg‘armalar daro-
madlarisiz jami daromadidagi ulushi quyidagi ko‘rinishga ega 
bo‘lgan: 2008-yilda jami daromadlarga nisbatan salmog‘i 5,1 foiz-
ni, 2009-yilda mos ravishda 5,2 foizni tashkil etgan. 
Bu holat yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalarini 
yildan yilga pasayib borayotganligi bilan izohlanadi. Daromadning 
ko‘p qismi korxonalar ixtiyorida qolishi ularning investitsion faol-
ligini oshiradi, yangi ishchi o‘rinlar ochish, raqobatbardosh tovarlar 
ishlab chiqarish hamda ish va xizmatlar ko‘rsatish uchun yanada 
keng moliyaviy imkoniyat yaratadi. 
15
O‘zbekiston Respublikasining 2008–2011-yillaridagi asosiy makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g’risida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida tayyorlangan.


155
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yuri-
dik shaxslardan olinadigan foyda solig‘iga soliq tizimida Davlat 
budjeti daromadlarini ta’minlovchi asosiy manbalardan biri sifatida 
o‘rin berilganidan tashqari, bozor iqtisodiyoti davrida ushbu soliq 
korxonalar ishlab chiqarishini rivojlantirishga rag‘batlantiruvchi 
eng muhim omillardan biri sifatida o‘rin berilgan.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan ko‘rinib turibdiki, foydadan 
olinadigan soliq mamlakatimiz soliq tizimida budjet manfaatlari 
nuqtayi nazaridan olib qaralganda markaziy o‘rinlardan birini egal-
laydi. Bundan bu soliq davlatning soliq siyosatini amalga oshirishda 
muhim qurol ekanligi yaqqol ko‘rinib albatta, bu soliqning soliq 
tizimida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida 
fi
kr bildirilayotgan 
paytda faqat uni budjet manfaatlari nuqtayi nazaridan qarashning o‘zi 
yetarli emasdir. Buning boisi shundaki, bu soliqning iqtisodiyotda 
tutgan o‘rni va ahamiyatini to‘liq ko‘rsatish uchun uni xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar bilan budjet o‘rtasidagi munosabatlardagi 
rolini ham aks ettirish lozimdir.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin