160
– yerlarni rekultivatsiya qilish va tabiatni
muhofaza qilishning
boshqa tadbirlari uchun xarajatlar;
– belgilangan normalar doirasida suv xo‘jaligi tizimlaridan
soliq
to‘lovchilar tomonidan iste’mol qilinadigan suv uchun to‘lov;
– belgilangan normalar doirasida ishlab chiqarish va tashish
chog‘idagi texnologik yo‘qotishlar;
– belgilangan me’yorda tovar-moddiy zaxiralarni saqlash hamda
tashish chog‘idagi yo‘qotishlar va buzilishlar.
Mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiritiladi:
– mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va ti zim-
lariga muvo
fi
q
ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maosh-
laridan kelib chiqqan holda hisoblangan ish haqi;
– ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
– predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘lgan fu-
qa rolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvo
fi
q jismoniy
shaxs larga to‘lanadigan to‘lovlar;
– yuridik shaxsning boshqaruv organi a’zolariga yuridik shaxs-
ning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;
– rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
– ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash;
– nogironlarga tutilgan qo‘shimcha to‘lovlar.
Amortizatsiya xarajatlariga asosiy
vositalar va nomoddiy
aktivlar amortizatsiya ajratmalari kiritiladi.
Ammo ayrim asosiy vosita turlariga ammortizatsiya ajratmalari
amalga oshirilmaydi. 6–4-jadvalga qarang.
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha
amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qo‘llash orqali
hisoblab chiqiladi.
Ayrim xarajatlar joriy hisobot davrida soliq solinadigan foydani
hisoblab chiqarishda chegirilmaydi, ular keyingi davrlarda, soliq
to‘lovchining hisob siyosati bilan belgilangan, lekin o‘n yildan
ko‘p bo‘lmagan muddat ichida chegirilishi mumkin.