148
Bunday holatlarda, inkasso topshiriqnomasi olingan kundan e’ti boran
uch kunlik muddatda uning nusxasiga bankning belgisi qo‘yilib,
davlat
soliq xizmati organiga va soliq to‘lovchiga yuboriladi.
Soliq qarzi summasini undirish soliq to‘lovchining barcha bank
hisob varaqlarida turgan pul mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchi o‘zining soliq qarzdorligi summasini debitoridan
undirishni taklif qilishi mumkin. Soliq qarzdorligi summasini
debitoridan undirish uchun debitor bilan o‘zaro hisob-kitoblarning
solishtirma dalolatnomasini tuzishi va davlat
soliq xizmati organiga
taqdim etishi lozim. Soliq to‘lovchining debitori bilan o‘zaro
hisob-
kitoblari solishtirma dalolatnomasi asosida soliq xizmati organi
undiruvni soliq to‘lovchining debitorlaridan o‘tkazilishi lozim
bo‘lgan summaga qaratadi.
Ayrim hollarda, soliq to‘lovchining debitorlari o‘zaro hisob-
kitoblarning solishtirma dalolatnomalariga imzo qo‘yishdan asos-
siz bosh tortishi mumkin. Bunday holatlarda, soliq to‘lovchi bir to-
monlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarni debitorlik qarzi
mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat soliq
xizmati organlariga taqdim etadi.
Soliq to‘lovchi bir tomonlama imzolangan o‘zaro hisob-
kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida
davlat soliq xizmati
organi soliq to‘lovchining debitoriga yozma bildirish yuboradi.
Yozma bildirishda soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchida
uning kreditorlik qarzi borligi haqida bayon qiladi. Yuborilayotgan
bildirishga imzolash uchun soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etil-
gan solishtirma dalolatnomani va kreditorlik qarzi mavjudligini
tas diqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qiladi.
Yozma bildirishni olgan soliq qarzdorining debitori uch ish
kuni ichida o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini
imzolash yoki solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan
qarzning
mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini taqdim etishi lozim.
Soliq to‘lovchining debitori tomonidan tan olingan qarz summasi
bildirishga ilova qilingan solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan
149
qarz miqdoridan farq qilsa, debitor xuddi shu muddatda davlat
soliq xizmati organiga o‘zi tan olgan summani ko‘rsatgan holda
solishtirma dalolatnomani taqdim etadi.
Soliq idorasi tomonidan yuborilayotgan bildirish soliq to‘lov-
chi ning debitori tomonidan e’tiborsiz qoldirilsa, imzolangan o‘z aro
hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi
asosida soliq qarz-
dorligi mazkur debitordan undiriladi.
Soliq to‘lovchi bilan uning debitori o‘rtasidagi o‘zaro hisob-ki-
toblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagi ma’lumotlar ko‘r-
satiladi. 5–2-jadvalga qarang.
5–2-jadval
Dostları ilə paylaş: