Soliq statistikasi indd


Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

4.4. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar 
hisobini yuritishga doir dasturiy mahsullar
1991-yil 12-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mah kamasi huzurida Bosh davlat soliq boshqarmasi tuzildi. 
Ush bu sanadan boshlab respublika soliq tizimida tubdan farq qi-
luv chi institutsional o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. 1994-yilda 
O‘z bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Bosh 
davlat soliq boshqarmasi o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat Soliq Qo‘mitasi tashkil qilindi. Bugungi kunga qadar, 
bosib o‘tilgan yo‘l mobaynida soliq idoralari davlat budjetining 
daromad qismini uzluksiz to‘ldirishni ta’minlaydigan muntazam 
tizimga aylandi.


129
Soliq to‘lovchilar va ular tomonidan to‘lanadigan soliq tu-
shum lari, soliq qarzlari va shu kabi boshqa ma’lumotlarni sifatli, 
tezkor qayta ishlashga, ma’lumotlarni saqlashga bo‘lgan zarurat 
kom pyuter texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etardi. Shu 
sababli, kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni soliq xiz-
matlari ishining barcha jarayonlariga majburiy tarzda joriy etish 
ma salalariga katta e’tibor berila boshladi.
O‘tgan yillar davomida soliq tizimini kompyuterlashtirish va 
axborotlashtirish, malakali xodimlar bilan, kompyuter uskunalari, 
dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlash sohasida qator ishlar amalga 
oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 
3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi soliq idoralarida ma’lu-
motlarni ishlashning yagona kompyuter tizimini (MIYaKT) yara-
tish to‘g‘risida»gi 388-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga 
asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va unga 
tegishli bo‘lgan hududiy bo‘linmalarida MIYaKT joriy qilina 
boshladi. MIYaKT tarkiban uch bosqichdan iborat bo‘lgan yagona 
kompyuter tizimi hisoblanadi:
– Davlat soliq qo‘mitasi doirasi;
– Davlat soliq boshqarmasi doirasi;
– Davlat soliq inspeksiyasi doirasi.
DSQning 1996-yil 8-avgustdagi 168-sonli buyrug‘iga asosan, 
O‘z 
bekiston Respublikasi Markaziy Bank va DSQ o‘rtasida 
ma’lu motlar almashishni elektron ko‘rinishda tashkil qilishga tay-
yorgarliklar boshlandi.
1997-yil 1-yanvar oyidan boshlab, jismoniy shaxslar bo‘yicha 
bank hujjatlarini kiritish, boqimanda va ortiqcha to‘lovlarni tahlil 
qilish va hisobotlarni tuzish dasturlari to‘liq qo‘llashga o‘tildi.
DSQning 1996-yil 18-oktabrdagi «Qog‘ozsiz ish yuritish 
texnologiyasiga to‘liqligicha o‘tish” haqidagi 229-sonli buyrug‘i 
chiqarildi. Ushbu buyruqda 1997-yil 1-yanvardan yuridik shaxs-
larning hisob varaqlari, boqimanda bo‘yicha (1-NN) va soliq, 


130
tushumlar bo‘yicha (1-N) hisobotlar kompyuterda yuritilishi bel-
gilandi.
Davlat soliq xizmati idoralarida 2003-yilga qadar zamonaviy 
komyuter texnologiyalariga asoslangan yagona axborotlar bazasini 
takomillashtirish(MIYaKT) konsepsiyasi qabul qilingandi. 
Ushbu konsepsiyaga asosan:
– barcha tarkibiy qismlarni samarador va maqbul faoliyat ko‘r-
satadigan foydalanish tizimiga aylantirish hamda integratsiyalash 
bosqichida MIYaKTni boshqarishdan imkoni boricha katta samarali 
foydalanish;
– soliq inspektorlarining soliqlar tushumini yig‘ish va ular hiso-
bini yuritish bo‘yicha yanada samaraliroq ishlashini ta’min lash;
– soliqlar va soliq to‘lovchilarga oid aniq axborot olish;
– ma’lumot bazasida mavjud bo‘lgan axborotlarni risklardan 
hi moyalash – asosiy maqsad qilib qo‘yildi.
Soliq xizmati faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha kichik 
tizimlarni barpo etish bosqichlar asosida amalga oshirila boshladi.
Birinchi bosqichda soliq axboroti ma’lumotlariga ishlov berish 
va ularni saqlash uchun Davlat soliq qo‘mitasining barcha uchta 
darajasi uchun hisoblash, periferiya o
fi
s uskunalari bilan qo‘shimcha 
ravishda jihozlash vazifasi qo‘yildi.
Ikkinchi bosqichda soliq idoralarining har bir bo‘linmasida 
lo 
kal- 
axborot-hisoblash tarmoqlarini (LAXT) o‘rnatish uchun 
kerak bo‘lgan kommunikatsiya uskunalari bilan jihozlash va 
barcha muntazam hamda yordamchi dasturiy ta’minot bilan birga 
DSQ keng qamrovli korporativ axborot-taqsimlash tarmog‘ini 
(KQKAXT) yaratishga harakat qilindi.
Uchinchi bosqichda taqsimlangan ma’lumotlar bazalari bilan 
ishlash, soliq ma’lumotlarining yagona axborot makonini barpo 
etish uchun mijoz-server, mijoz-tarmoq va internet texnologiyalarini 
joriy etish lozimligi belgilandi.
To‘rtinchi bosqichda budjetga soliq to‘lovlarining o‘z vaqtida 
va to‘liq kelib tushishini ta’minlash hamda soliq idoralarida bu-


131
gungi kun talabiga javob beradigan ma’lumotlarni tezkor ishlash 
va uzatish tizimini yaratish uchun zamonaviy telekomunikatsiya 
vositalarini joriy etish masalalari asosiy vazifa qilib qo‘yildi.
To‘rt bosqichli konsepsiya vazifalarini amalga tatbiq qilish maq-
sadida 1997-yil 31-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazir 
lar 
Mahkamasining 580-sonli «Davlat soliq qo‘mitasining keng qam-
rovli axborot tarmog‘ini yaratish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror talablarini amalga tatbiq qilish natijasida Respublika so-
liq tizimining barcha bo‘g‘inlarida yo‘ldosh aloqa tizimi yo‘lga 
qo‘ yildi. 
Bugungi kunda, Davlat soliq qo‘mitasining kompyuter tizimida 
mavjud bo‘lgan maxsus dasturlari yordamida soliq idoralarida 
jamlangan hisobotlar modem aloqasi orqali quyi soliq xizmati 
organlaridan Davlat soliq qo‘mitasiga uzatiladi. O‘z vaqtida, Davlat 
soliq qo‘mitasi tomonidan beriladigan operativ topshiriqlar elektron 
pochta orqali joylardagi davlat soliq boshqarmalariga hamda davlat 
soliq inspeksiyalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatiladi. Soliq to‘lovchi 
yuridik va jismoniy shaxslarning ro‘yxatga olinishi, ularning davlat 
budjeti oldidagi majburiyatlarining bajarilishi haqidagi axborotlar 
yagona soliq to‘lovchilar bazasida saqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni taqdim etayotgan ma’lumot-
lariga o‘z vaqtida ishlov berish uchun Davlat soliq qo‘mitasi 
tomonidan 1999-yilning oxiri 2000-yilning boshlarida MIYaKTning 
YuShSI AIJ-2(yuridik shaxslar inspektorining avtomatlashgan ish 
joyi) dasturi ishlab chiqildi va foydalanishga topshirildi. 
Yangi yaratilgan kompyuter dasturi quyidagi funksiyalarni 
bajarilishi ko‘zda tutilgan:
– soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘y-
xatga olish, identi
fi
katsion raqam berish va soliq to‘lovchilarni 
yagona davlat reyestrini tashkil qilish;
– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etgan soliq 
turlari bo‘yicha hisobotlar, deklaratsiyalar, bank to‘lov hujjatlari va 
boshqa ma’lumotlari bo‘yicha shaxsiy hisob varaqalarini yuritish; 


132
– xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq majburiyatlarini ba-
jarishga oid bank ko‘chirmalari, to‘lov topshiriqlari, boshqa to‘lov 
hujjatlari yordamida soliqlarni hisobga olish va maxsus hisobotlar 
tuzish;
– soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlari bo‘yicha boqi man-
dasi bo‘yicha hisobotlar tuzish;
– soliq to‘lovchilarning soliq organlari bilan soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar bo‘yicha budjetga o‘tkazilgan summalarni so-
lish tirib, solishtirma dalolatnomalarini tuzish;
– xo‘jalik yurituvchi subyektlarni faoliyatida yo‘l qo‘ygan qo-
nunbuzarchiliklari sababli hisoblangan jarima va moliyaviy sank-
siyalarni hisobini yuritish.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin