244
2014-yilda aksiz solig‘ining egri soliqlari tarkibidagi ulushi
qo‘shilgan qiymat solig‘idan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Tahlil
davrida, uning ulushi egri soliqlar bo‘yicha rejalashtirilgan soliq
tushumining 28,85%ni tashkil qilishi kutilmoqda.
8–2-jadval
Aksiz solig‘ining davlat budjeti daromadlaridagi ulushi
Ko‘rsatkichlar
2010
2011
2012
2013
2014
Davlat budjetining maqsadli
jamg‘armalarisiz jami daromadlari
100,00 100,00 100,00 100,00 100,00
Egri soliqlar
53,17
53,51
54,27
51,94
40,93
Aksiz solig‘i
16,71
15,34
15,11
14,84
11,81
Aksiz solig‘ining davlat budjeti jami daromadlari tarikibidagi
ulu shi ham yildan yilga pasayib bormoqda. Masalan, 2010-yilda
aksiz solig‘ining davlat budjeti jami
daromadlari tarkibidagi ulu-
shi 16,71%ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2014-yilda ushbu ko‘rsatkich
11,81%ni tashkil qilish kutilmoqda. 8–2-jadvalga qarang.
Aksiz solig‘ini davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulu shi ning
pasayishi asosiy sabablaridan biri - O‘zbekiston Respublikasi Vazir-
lar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi “Bozorni iste’mol to-
var lari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchi-
lar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillash tirish
chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi, 390-sonli
qarorining amalda joriy
qilinishidir. Mazkur qarorga asosan “O‘zJMAvto” aksionerlik ja-
miyatining ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya,
Damas, Matiz, Malyubo, Kaptiva), billurdan qilingan mahsulotlar,
mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq
va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlarini,
ishlab chi qarishni
rivojlantirish, iste’mol tovarlarining assortimentini ko‘ paytirish
245
va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida korxonalar o‘z ixtiyorida qoldirila boshladi.
Budjet daromadlari tushumini ta’minlash orqali xalq xo‘jaligi
manfaatlarini qondirish, iqtisodiyotni zarur sohalarini rivojlanishini
soliq imtiyozlari orqali ta’minlash, yalpi ichki mahsulotni qayta
taqsimlashda faol ishtirok etish – aksiz solig‘i
bajaruvchi asosiy
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hisoblanadi.
Aksiz solig‘ining birinchi harakat doirasi bevosita uning ob-
yektlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi unga mansub stavkalariga
taalluqlidir.
O‘zbekistonda aksiz solig‘i 1992-yilda oborot solig‘i va so-
tuv dan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan. Aksiz solig‘i in-
dividual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan
tat biq qilinadi.
Aksiz solig‘i
mahsulot, tovar, ish va xizmatlarning narxida hi-
sobga olinadigan, realizatsiya qiymatining bir qismini egri soliq si-
fa tida budjetga undirish shakli hisoblanadi.
Aksiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib, aksizosti tovarlarni ishlab
chi qaruvchi va import qiluvchi yuridik
va jismoniy shaxslar hi-
sob lanadi. Oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chi-
qarganda shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan shirkat
sherigi aksiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksizli tovar-
larga
etil spirti, vino, konyak, aroq, pivo, o‘simlik (paxta) yog‘i,
si garetalar, zargarlik buyumlari, “O‘zJMAvto” aksionerlik jamiyati
ishlab chiqargan avtomobillari, kumushdan ishlangan oshxona an-
jomlari,
qimmatbaho metallar, neft mahsulotlari, tabiiy gaz, ishlab
chiqarish korxonalari tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz,
paxta tolasi kiradi.