247
3.
insonparvarlik
yordami sifatida, davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar
tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak
ko‘rsatish maqsadida aksiz to‘lanadigan
tovarlarni import qilish
4.
insonparvarlik yordami sifatida, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari
tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag‘lari hisobiga, shuningdek
grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz
to‘lanadigan tovarlarni import qilish
5.
aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona
hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari
doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilish
6.
telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari
tizimining texnik vositalarini serti
fi
katlashtirish bo‘yicha maxsus organ
tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari
tizimi texnik vositalarini
import qilish
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 232-moddasida ak-
siz solig‘ining soliq solinadigan bazasini aniqlash umumiy qoidalari
bayon qilingan. Soliq kodeksining mazkur moddasi aksiz solig‘i
bo‘yicha soliq tushumlarini prognoz qilishning nazariy-uslubiy
asos larini tashkil qiladi.
Mutlaq summada aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha
soliq solinadigan baza aksizosti tovar va mahsulotlarining naturada
ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Stavkalari foizlarda (advalor) belgilanuvchi aksiz solig‘i bo‘-
yicha soliq solish bazasi sifatida realizatsiya qilingan aksiz aksizosti
tovarlarining qiymati olinadi. Bunda aksiz solig‘i hamda qo‘shilgan
qiymat solig‘i summasi soliq bazasiga kiritilmaydi.
Aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan
im port qilinayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha
soliq so-
linadigan baza bojxona qiymati asosida belgilanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, aksiz solig‘ini davlat budjetiga to‘lashda
soliq chegirmalari ham nazarda tutilgan. Masalan, aksiz to‘lanadigan
248
tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxo-
na hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan ke-
yinchalik aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarish uchun xom-
ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi
hu dudida to‘langan aksiz solig‘i summasi chegirib tashlanadi. Bun-
day chegirmalar aksiz solig‘ining prognoz ko‘rsatkichlarini hisob-
kitob
qilishda hisobga olinuvchi, to‘langan aksiz solig‘i deb e’tirof
etiladi.
Dostları ilə paylaş: