Soliq uz portali maqsadi


Davlatda AKTning rivojlanish tarixi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/3
tarix12.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#154743
1   2   3
G‘oibov Sohibjon.

Davlatda AKTning rivojlanish tarixi
Oʼzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yoʼnalishlarini va 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.
Аsosiy maqsad:
• davlat soliq xizmati organlarini soliq toʼlovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat koʼrsatishga yoʼnaltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan «Soliq xizmati — insofli soliq toʼlovchilarning ishonchli hamkori» degan maqsadli vazifani soʼzsiz bajarish;
• eksterritoriallik printsipi asosida soliq toʼlovchilar oʼz soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi, biznesni qonuniy, shaffof va qulay yuritish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, soliq toʼlovchilarning qoniqish darajasining oshishini taʼminlash;
uchinchidan, soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha preventiv va oldini olish choralarini qoʼllash.


Interaktiv davlat hizmatlari. Fuqorolarning foydalanishi va rivojidagi ishtiroki 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining axborot xizmati (keyingi o‘rinlarda - Axborot xizmati) o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” gi qonunlariga amal qiladi. 
Axborot xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Soliq to'lovchilarga ommaviy axborot vositalari orqali Soliq qo'mitasi va davlat soliq xizmati hududiy organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni, shuningdek soliq to'g'risidagi qonun hujjatlariga kiritilgan yangiliklarni va vazifalarni bajarish bilan bog'liq faoliyat to'g'risida ma'lumot yetkazish;
Soliq qo'mitasi tomonidan o'tkaziladigan boshqa yig'ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish;
Soliq qo'mitasi markaziy apparati va davlat soliq xizmati hududiy organlarining ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro munosabatlari va munosabatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin