24. Soliq to‘lovchilar-....
A) zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar
B) zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan, imtiyozlardan doim foydalanadigan jismoniy shaxslar
C) moliya yilida daromad va xarajatga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar
D) tijorat korxonalari
25. …… soliq bazasining o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi.
A) soliq stavkasi
B) soliq bazasi
C) soliq obyekti
D) soliq summasi
26. Soliq solish obyekti deganda:
A) korxona va tashkilotlarning jami yillik oboroti tushuniladi
B) soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi
C) oborot, daromad, mol-mulk qiymati, yer maydoni
D) foyda massasi, ko‘chmas mulk, amortizatsiya summasi
27. Vakolatli organlar tomonidan olingan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar?
A) soliq siri
B) soliq hisoboti
C) moliyaviy hisobot
D) balans
28. 2022 yil uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi necha foiz etib belgilangan?
A) 10 foiz
B) 20 foiz
C) 12 foiz
D) 15 foiz
29. Hozirgi kunda foyda solig‘i nechchi foizni tashkil qiladi?
A) 15%.
B) 0,12
C) 0,14
D) 0,08
30. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi nimadan iborat?
A) ish haqi, mukofot, gonorar, royalti, pensiya va stipendiyalar, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar
B) tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlar, mehnat haqi, lotoreya yutuqlari, sport musobaqalarida olingan yutuqlar
C) ish haqi, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan kelgan daromadlar, mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, foizlar, dividendlar
D) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, moddiy naf tarzidagi daromadlar, boshqa daromadlar
Dostları ilə paylaş: |