“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “Soliq ma’murchiligi” fanidan



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə3/3
tarix24.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#161002
1   2   3
soliqdan ppt new

Yaratilgan axborot tizimi:

  • foydalanuvchiga axborotni oson qabul qilinadigan ko’rinishda beradi;
  • unga tasodifan yoki qasddan kirib, asossiz o’zgartirishlar kiritishdan himoyalangan;
  • interfeysi qulay, tushunarli va estetik jihatdan ko’rkam dizaynli, ma’lumotlarni kiritish jarayoni imkon qadar avtomatlashtirilgan, oson va sodda;
  • ishlash algoritmini ro’yobga chiqarishda optimal echimlar qo’llanilgan, ishlash tezligi yuqori operativ xotira va tarmoq resurslaridan oqilona foydalanilgan ;
  • uning interfeysi va hisobot shakllari foydalanuvchi tanlay olishi mumkin bo’lgan o’zbek va rus tilida.
  •  

Portalning qulayligi - bu kerakli xizmatlarni tez va oson qidirish mumkinligi. Bunda «Elektron hukumat to’g’risidagi» Qonun talablaridan kelib chiqib, davlat soliq xizmati organlarining barcha elektron davlat xizmatlari - interaktiv va axborot davlat xizmatlariga saralangan. Bundan tashqari ularni qidirishni yanada soddalashtirish maqsadida, murojaatlarni va hisobotlarni yuborish, ro’yxatga olish, soliqlarni hisoblash va ma’lumotnomalar olish kabi xizmat yo’nalishlariga ajratilgan.


Jismoniy shaxslar uchun, yuridik shaxslar uchun va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun xizmatlarni tanlash imkoniyatlari mavjud.
Test sinovidagi xizmatlar alohida guruhga ajratilgan.
Barcha toifadagi soliq to’lovchilar uchun alohida shaxsiy kabinet ochilgan bo’lib, jumladan – Yakka tartibdagi tadbirkorlarning shaxsiy kabineti ilgari yo’q edi.
Shaxsiy kabinetlarga kirish qismi foydalanuvchilarni yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga o’zgardi.
Mavzuga oid xizmatlarni qulay navigatsiyali bloklarga ajratilgan. Jumladan «Shaxsiy ma’lumotlar», «Hisob kitoblarning joriy holati», «Soliq organlari bilan yozishmalar», «Foydali ma’lumotlar».
Jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti
Yuridik shaxsning shaxsiy kabineti
Yangi shaxsiy kabinetda soliq organlari bilan barcha yozishmalar va xabarlar alohida blokda yig’iladi. Shaxsiy kabinetda kirganda byudjet va byudjetdan tashqari aktual joriy ahvol ma’lumotlari taqdim etiladi.
Soliq to’lovchilarga xizmatlardan foydalanish, xabardor qilish bo’yicha barcha xizmatlarning yagona standarti ishlab chiqilgan. Bunda har bir xizmatda foydalanuvchilar uchun qo’llanma va xizmat bo’yicha javobgar shaxs to’g’risidagi ma’lumotlar mujassamlashtirilgan.
Endilikda soliq to’lovchilarga har bir xizmat bo’yicha o’z fikrlarini va baholarini qoldirish, soliq organlari esa – soliq to’lovchilarning fikrlarini o’rganish, taklif va e’tirozlarini ko’rib chiqish imkoniyatlari mavjud.
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
 
  • Vahobov A., Jo’rayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019. -408 b.
  • O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. Rasmiy nashr –O’zbekiston Respublikasi Adliyavazirligi. – T.: «Adolat», 2020 y
  • http://www.soliq.uz// – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy sayti.
  • http://www.mf.uz// – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin