Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə13/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

151-modda. Sug’urta tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlarini aniqlashning o’ziga xos xususiyatlari Sug’urta tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlariga Soliq kodeksning 142—146-moddalarida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari quyidagilar kiradi:
1) qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha to’langan to’lov summalari;
2) avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sug’urta texnik zaxiralari o’sishining qayta sug’urta qiluvchilarning sug’urta zaxiralaridagi ulushi o’zgarishi hisobga olingan holdagi summasi;
3) sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish majburiyatlari bo’yicha amalga oshirilgan hamda hisoblangan to’lov summalari;
4) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq o’tgan yillardagi sug’urta hodisalari bo’yicha tugallanmagan to’lov summalari, shu jumladan da’vo muddati doirasidagi majburiyatlar summasi;
5) sug’urta hodisasi ro’y berganligi haqida ma’lum qilingan, lekin zarar miqdori taqdim etilmagan shartnomalar bo’yicha sug’urta summalari;
6) sug’urta tashkiloti sug’urta hodisalari ro’y berishini bartaraf etish va uning oldini olishga doir tadbirlarni (preventiv tadbirlarni) moliyalashtirishga sarflaydigan mablag’lar summalari;
7) sug’urta tashkilotlari zaxira fondlarining miqdori sug’urta tashkilotlari ustav fondining 25 foiziga yetguniga qadar mazkur tashkilotlar o’z daromadlarining 20 foizigacha miqdorida zaxira fondlariga qiladigan ajratmalar summasi;
8) sug’urta faoliyati bilan bog’liq o’zga yuridik shaxslarning xizmatlariga to’langan haq.
Qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
1) qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilishdan olinadigan, quyidagicha aniqlanadigan daromadlar:
- qimmatli qog’ozlar, bundan qarz qimmatli qog’ozlari (obligatsiyalar, depozit sertifikatlari) mustasno, va ishtirok etish ulushi bo’yicha — realizatsiya qilish qiymati va olish qiymati (hissa) o’rtasidagi ijobiy farq sifatida;
- qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha — realizatsiya qilish qiymati bilan realizatsiya qilish sanasidagi diskont amortizatsiyasi va (yoki) mukofot inobatga olingan holda olish qiymati o’rtasidagi ijobiy farq sifatida;
2) qimmatli qog’ozlar bozorida vositachilik va boshqa xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan daromadlar;
3) mijozlarning mablag’laridan foydalanishdan yuzaga keladigan daromadning bir qismi;
4) depozitar xizmatlar, shu jumladan qimmatli qog’ozlar to’g’risida axborot taqdim etish, depo hisobvarag’ini yuritish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan daromadlar;
5) qimmatli qog’ozlar bilan birjada va birjadan tashqarida savdolarni tashkil etish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan daromadlar;
6) qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan investitsiya aktivlarini boshqarish bo’yicha daromadlar;
7) qimmatli qog’ozlar bozorida maslahat xizmatlari ko’rsatishdan olinadigan daromadlar;
8) professional faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
153-modda. Qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining chegiriladigan xarajatlarini aniqlashning o’ziga xos xususiyatlari Qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining chegiriladigan xarajatlariga Soliq kodeksning 142-146-moddalarida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari quyidagilar kiradi:
1) tegishli litsenziyaga ega bo’lgan savdoni tashkil etuvchilarga badallar tarzida to’lanadigan xarajatlar;
2) professional faoliyatni amalga oshirish munosabati bilan paydo bo’ladigan savdo qilish joylarini saqlab turish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
3) qimmatli qog’ozlar muomalasi va ularni hisobga olish bilan bog’liq o’zaro elektron aloqani tashkil etish hamda olib borish bo’yicha xarajatlar;
4) qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchisining faoliyati to’g’risidagi axborotni oshkor etish bilan bog’liq xarajatlar;
5) o’z mijozlarining topshirig’iga binoan aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlarida ishtirok etish xarajatlari.
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxs — O’zbekiston Respublikasi norezidentining soliq solinadigan foydasini aniqlashda foyda solig’ini hisoblab chiqarish maqsadi uchun soliq solinadigan foyda summasi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar summasining 7 foizidan kam bo’lishi mumkin emas;
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxsning — O’zbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga doimiy muassasa faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha turdagi daromadlar kiradi.
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxsning — O’zbekiston Respublikasi norezidentining xarajatlariga O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirishdan olingan daromadlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan, ular O’zbekiston Respublikasida yoki uning tashqarisida qilinganligidan qat’i nazar, barcha turdagi xarajatlari kiradi.
Soliq kodeks 20-moddasi uchinchi qismining 8-bandida ko’rsatilgan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza tovarlarni realizatsiya qilish qiymati bilan ularni olish qiymati o’rtasidagi O’zbekiston Respublikasida omborga tovarlar yetkazib berish xarajatlari hisobga olingan holdagi farq sifatida aniqlanadi.
Yuridik shaxs — O’zbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaga quyidagilar sifatida taqdim etilgan summalarni doimiy muassasaga chegirishga kiritish huquqiga ega emas:
1) O’zbekiston Respublikasi ushbu norezidentining mol-mulkidan va intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanganlik yoki foydalanish huquqini berganlik uchun olinadigan royalti, gonorarlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar;
2) O’zbekiston Respublikasi ushbu norezidentining xizmatlari uchun vositachilik daromadlari;
3) O’zbekiston Respublikasining ushbu norezidenti tomonidan berilgan zayomlar bo’yicha pul mukofotlari;
4) shu norezidentning O’zbekiston Respublikasidagi faoliyatidan olinadigan daromadlari bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar;
5) hujjatlar bilan tasdiqlanmagan xarajatlar;
6) O’zbekiston Respublikasi ushbu norezidentining O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qilingan boshqaruv va ma’muriy xarajatlari.
O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa alomatlariga javob beradigan faoliyatidan, davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qo’yilguniga qadar olingan daromadlariga Soliq kodeksning 155-moddasida belgilangan tartibda to’lov manbaida soliq solinadi. Bunda to’lov manbaida soliq agenti tomonidan ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i u O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qo’yilganidan keyin O’zbekiston Respublikasi norezidentining soliq majburiyatlarini uzish hisobiga hisobga olinishi kerak.
Agar O’zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan O’zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa bilan bog’liq bo’lmagan faoliyatdan daromad olingan bo’lsa va shu daromaddan O’zbekiston Respublikasida to’lov manbaida haqiqatda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i ushlab qolingan hamda byudjetga o’tkazilgan bo’lsa, ushbu norezidentning doimiy muassasasida ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hisobga olinmaydi.
O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bog’liq bo’lmagan daromadlariga, mazkur daromadlarni olish bilan bog’liq xarajatlar chegirib tashlanmagan holda to’lov manbaida soliq solinadi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan kreditlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi banklari va lizing beruvchilari tomonidan xorijiy moliya institutlariga to’lanadigan daromadlar soliqqa tortilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining to’lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
1) dividendlar va foizlar;
2) Soliq kodeksning 157-moddasiga muvofiq belgilanadigan, oddiy shirkat shartnomasi asosida birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;
3) O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar:
-yuridik shaxslarning — O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan aktsiyalar mustasno), ulushlari (paylari);
-ko’chmas mulk.
To’lov manbaida soliqqa tortiladigan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lov manbaida ushlab qolish mol-mulkni realizatsiya qilish qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi;
4) O’zbekiston Respublikasi norezidentiga tegishli tovarlarni O’zbekiston Respublikasi norezidentining o’zi yoxud O’zbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi asosida O’zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar. Bunda tovarlarni realizatsiya qilishdan olinadigan mazkur daromadlar O’zbekiston Respublikasi norezidentiga to’lanadigan summaning olib kirilgan tovarning kontrakt (faktura) qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi;
5) royalti;
6) Soliq kodeksning 134-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, O’zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga topshirishdan olinadigan daromadlar;
7) tavakkalchiliklarni sug’urta qilish, birgalikda sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha to’lanadigan sug’urta mukofotlari;
8) o’tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnitli tizimlar orqali belgilar, signallar, matnlar, tasvirlar, tovushlarni uzatganlik, qabul qilganlik va qayta ishlaganlik uchun O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi norezidentlariga haq to’lanishini nazarda tutuvchi xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar xizmatlariga to’lov;
9) dengiz, daryo va havo kemalaridan, temir yo’l yoki avtomobil transporti vositalaridan xalqaro tashishlarda foydalanishdan olinadigan daromadlar. Ushbu daromadlarga transport vositalaridan to’g’ridan-to’g’ri foydalanishdan, ularni ijaraga berishdan yoki har qanday boshqa shakllarda foydalanishdan, shu jumladan konteynerlardan, konteynerlarni tashish uchun treylerlar va qo’shimcha uskunalardan foydalanish, ularni saqlash yoki ijaraga berishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar) kiradi. Ayrim hollarda fraxt (shartnoma shartlaridan kelib chiqib) yukni ortish, qayta yuklash, tushirish va joylashtirish uchun to’lovlarni ham o’z ichiga oladi. Bunda, agar jo’natish punkti yoki tayin etilgan punkt O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan bo’lsa, tashish xalqaro tashish deb hisoblanadi, bundan faqat O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan punktlar o’rtasida amalga oshiriladigan tashish mustasno;
10) xalqaro tashishlarda va O’zbekiston Respublikasi hududidagi tashishlarda transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko’rsatishdan olinadigan daromadlar. Bunda yuk jo’natuvchidan (yukni qabul qilib oluvchidan) olingan summa bilan yuk tashuvchiga to’lanishi kerak bo’lgan, yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari bilan tasdiqlangan summa o’rtasidagi farq sifatida hisoblangan haq summasi soliq solinadigan daromad hisoblanadi. Yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari bo’lmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasining norezidentiga norezidentning ushbu qismning 9-bandida ko’rsatilgan fraxtdan olinadigan daromadlariga soliq solish uchun belgilangan stavkalar bo’yicha to’langan umumiy summaga soliq solinadi;
11) O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar hamda penya;
111) tekinga olingan mol-mulk;
12) O’zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududida ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan olingan boshqa daromadlar.
O’zbekiston Respublikasi norezidentining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olgan daromadlariga quyidagilar kirmaydi:
-O’zbekiston Respublikasi norezidentining, faqat shu norezident nomidan amalga oshiriladigan va faqat tovarlar xarid qilish (olish), shuningdek tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish bilan bog’liq tashqi savdo operatsiyalari (shu jumladan tovar ayirboshlash operatsiyalari) bo’yicha olingan daromadlari;
-banklarning — O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining vakillik hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ular bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatishdan, shuningdek xalqaro to’lov kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
-O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar mustasno.
Daromadni to’lash deganda naqd pulli va (yoki) naqd pulsiz shaklda pulni, qimmatli qog’ozlarni, ishtirok etishdagi ulushni, tovarlarni, mol-mulkni berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar to’lash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi norezidenti oldidagi qarzdorlikni uzish hisobiga amalga oshiriladigan, daromad oluvchining — O’zbekiston Respublikasi norezidentining qarzi talabini hisobdan chiqarish yoki hisobga olish tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga soliq solish mazkur O’zbekiston Respublikasi norezidenti o’z daromadlarini uchinchi shaxslar, boshqa davlatlardagi o’z bo’linmalari foydasiga va boshqa maqsadlarda tasarruf etishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lov manbaida ushlab qolishni O’zbekiston Respublikasi rezidentlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi va O’zbekiston Respublikasining boshqa norezidentiga daromad to’lovchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari amalga oshirishlari shart.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasi daromadni O’zbekiston Respublikasi norezidentiga to’lash sanasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha hisoblab chiqariladi.
Sug’urta badallaridan olingan daromadlar bo’yicha soliqlarning to’langan summalari sug’urta hodisasi yuz berganda qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Sug’urta hodisasi yuz berganda sug’urta uchun to’lovga doir xarajatlar to’lov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i ushlab qolingan va byudjetga o’tkazilgan sug’urtalovchining — O’zbekiston Respublikasi norezidentining daromadlarini kamaytirish uchun hisobga olinadi. Mazkur qayta hisob-kitobni O’zbekiston Respublikasi norezidentiga daromadni to’lagan va to’lov manbaida soliqni ushlab qolgan yuridik shaxs bajarishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining norezidentiga to’lov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i ushlab qolinmagan holda daromadni to’lash Soliq kodeksning 20-moddasiga muvofiq doimiy muassasani tashkil etishga olib keladigan faoliyatdan olinadigan daromadlar bo’yicha — O’zbekiston Respublikasining norezidenti faoliyatni O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi sifatida amalga oshirishi va davlat soliq xizmati organida hisobda turganligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma mavjud bo’lgan taqdirda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining norezidentiga daromadlarni to’lash to’lov manbaida O’zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan taqdim etilgan, chet davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan, O’zbekiston Respublikasi qaysi davlat bilan soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomaga ega bo’lsa, o’sha davlatda mazkur shaxsning rezidentligi borligi faktini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo’lgan taqdirda ham O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq to’lov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i ushlab qolinmagan yoki yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining pasaytirilgan stavkasi qo’llanilgan holda amalga oshiriladi.
Daromadlar xorijiy banklarga va xalqaro banklararo telekommunikatsiya tizimlariga to’langan taqdirda, qaysi davlat bilan soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma mavjud bo’lsa, o’sha davlatda xorijiy bankning yoki xalqaro banklararo telekommunikatsiya tizimining doimiy joylashgan yeri mavjudligi faktini tasdiqlash, agar ushbu doimiy joylashilgan yer hamma foydalanishi mumkin bo’lgan axborot manbalaridagi ma’lumotlar bilan tasdiqlangan bo’lsa, talab qilinmaydi.
O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan to’langan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlaridan ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i byudjetga to’langan taqdirda, O’zbekiston Respublikasining mazkur norezidenti O’zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq Soliq kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyatlari bo’yicha da’vo muddati ichida to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini byudjetdan qaytarish huquqiga ega. Bunda O’zbekiston Respublikasining norezidenti O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shakldagi soliqni qaytarish uchun ariza;
-daromadni to’lash paytida O’zbekiston Respublikasining mazkur norezidenti O’zbekiston Respublikasi soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomaga ega bo’lgan mamlakatda doimiy joylashgan joyiga (rezidentligiga) ega bo’lganligini tasdiqlovchi, tegishli chet davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan rasmiy tasdiqnoma;
-O’zbekiston Respublikasining norezidentiga qaysi kontrakt yoki boshqa hujjatga muvofiq daromad to’langan bo’lsa, o’sha kontrakt yoki boshqa hujjatning nusxalari, shuningdek daromadning to’langanligini va qaytarilishi lozim bo’lgan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini ushlab qolingan va byudjetga o’tkazilganligini tasdiqlovchi to’lov hujjatlarining nusxalari.
Agar yuqoridagi o’n birinchi va o’n to’rtinchi qismlarida ko’rsatilgan hujjatlar, shuningdek Soliq kodeksning 1551-moddasida ko’rsatilgan tasdiqlovchi hujjatlar chet tilida tuzilgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organi ularning notarial tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasini talab etishga haqli. Bunda hujjatlarni taqdim etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ular konsullik orqali legallashtirilgan yoki apostil qo’yilgan holda amalga oshiriladi.
Ortiqcha hisoblangan va to’langan soliqni qaytarish O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan qaytarish to’g’risida chiqarilgan qaror asosida, ariza berilgan kundan e’tiboran o’n besh ish kuni ichida Soliq kodeksning 57-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi norezidenti mazkur shaxsning rezidentligini tasdiqlovchi hujjatda ko’rsatilgan vaqt davri mobaynida O’zbekiston Respublikasi tomonidan qaysi davlat bilan soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma tuzilgan bo’lsa, o’sha davlatning rezidenti deb e’tirof etiladi. Agar rezidentlikni tasdiqlovchi hujjatda rezidentlik vaqtining davri ko’rsatilmagan bo’lsa, ushbu hujjat berilgan kalendar yil davomida O’zbekiston Respublikasi norezidenti O’zbekiston Respublikasi tomonidan qaysi davlat bilan soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma tuzilgan bo’lsa, o’sha davlatning rezidenti deb e’tirof etiladi.
Soliq kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 3-bandida ko’rsatilgan mol-mulk bir yuridik shaxs — O’zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan boshqa yuridik shaxsga — O’zbekiston Respublikasi norezidentiga, jismoniy shaxsga — O’zbekiston Respublikasi norezidentiga yoki rezidentiga realizatsiya qilingan taqdirda qo’llaniladi.
Yuridik shaxs — O’zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo’yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini ushlab qolish va to’lash majburiyati soliq agenti deb e’tirof etiladigan daromadni to’lash manbaiga (mol-mulkni sotib oluvchining zimmasiga) yuklatiladi.
Mol-mulkni realizatsiya qiluvchi yuridik shaxs — O’zbekiston Respublikasi norezidenti soliq agentiga mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning ko’chirma nusxalarini (mavjud bo’lsa) taqdim etishi shart. Taqdim etilgan hujjatlar asosida soliq agenti yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasini Soliq kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 3-bandiga muvofiq aniqlanadigan soliq solinadigan bazadan va Soliq kodeks 160-moddasining 4-bandida belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi hamda ushlab qoladi.
Soliq agenti olinayotgan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi ro’yxatdan o’tkazilguniga (rasmiylashtirilguniga) qadar O’zbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bo’yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hisob-kitobini:
-yuridik shaxsning — O’zbekiston Respublikasi rezidentining ustav kapitalidagi aktsiyalari, ulushlari (paylari) realizatsiya qilinganda — ushbu yuridik shaxs ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga;
-ko’chmas mulk realizatsiya qilinganda — ko’chmas mulk joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo’yicha, mustaqil ravishda yoki vakolatli shaxs orqali taqdim etishi shart.
O’zbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo’yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hisob-kitobi O’zbekiston Respublikasi norezidenti qaysi valyutada daromad olayotgan bo’lsa, o’sha valyutada tuziladi. Hisob-kitobga mol-mulk oldi-sotdi shartnomasining ko’chirma nusxasi va sotuvchi tomonidan taqdim etilgan mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning ko’chirma nusxalari (mavjud bo’lsa) ilova qilinadi. Agar mol-mulkni olish qiymati hisob-kitob tuzilgan valyutada ifodalanmagan bo’lsa, u holda ushbu qiymat mol-mulkni olish sanasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha hisob-kitob tuzilgan valyutada qayta hisoblab chiqariladi. Davlat soliq xizmati organlari hisob-kitob taqdim etilgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida soliq agenti yoki uning vakolatli shaxsi nomiga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining hisob-kitob taqdim etilgan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha hisoblangan milliy valyutadagi summasi ko’rsatilgan to’lov xabarnomasini yozib beradi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasi olingan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi ro’yxatdan o’tkazilguniga (rasmiylashtirilguniga) qadar byudjetga to’lanishi lozim.
Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’langanligi faktini tasdiqlovchi hujjat asosida soliq agentiga yoki uning vakolatli shaxsiga olingan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini ro’yxatdan o’tkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organga taqdim etiladigan soliq to’langanligi to’g’risida ma’lumotnoma beradi.
Olinadigan mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini ro’yxatdan o’tkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organlar mulk huquqini soliq to’langanligi to’g’risidagi ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirdagina ro’yxatdan o’tkazishni (rasmiylashtirishni) amalga oshiradi.
Ushbu modda ikkinchi — sakkizinchi qismlarining qoidalari aktsiyalar O’zbekiston Respublikasi qimmatli qog’ozlarining birja bozori va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda qo’llanilmaydi.
Aktsiyalar qimmatli qog’ozlarning birja bozori va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda O’zbekiston Respublikasi qimmatli qog’ozlari bozoridagi hisob-kitob-kliring palatasi soliq agenti deb e’tirof etiladi.
Aktsiyalarning oldi-sotdisi bo’yicha amalga oshirilgan bitimlarga doir savdo yakunlari reestri asosida soliq agenti hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida sotuvchining pul mablag’laridan realizatsiya qilingan aktsiyalarning qiymati va Soliq kodeks 160-moddasining 4-bandida belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini ushlab qoladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi sotuvchining hisobiga aktsiyalar qiymatini to’lash hisobidan pul mablag’larini o’tkazish bilan bir vaqtda to’lov valyutasida byudjetga o’tkaziladi. Soliq agenti bitim summasi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ushlab qolingan summasi to’g’risida aktsiyalarni sotuvchining talabiga ko’ra ma’lumotnoma berishi shart.
Soliq agenti yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hisob-kitobini taqdim etish muddatlarida soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo’yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i ushlab qolingan aktsiyalar oldi-sotdisi bo’yicha bitimlar reestrini taqdim etadi.
Aktsiyalarni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda sotuvchi ortiqcha to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini qaytarish to’g’risidagi arizani soliq agentining soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish huquqiga ega. Arizaga aktsiyalarni realizatsiya qilish va olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning ko’chirma nusxalari hamda soliq agenti tomonidan berilgan bitim summasi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ushlab qolingan summasi to’g’risidagi ma’lumotnomaning ko’chirma nusxasi ilova qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari bo’yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ortiqcha to’langan summasini qaytarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dividendlar va foizlarga to’lov manbaida soliq solinadi.
Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo’yicha daromadlar soliqqa tortishdan ozod etiladi.
O’zbekiston Respublikasining rezidentlari bo’lgan kredit tashkilotlariga to’lanadigan foizlarga to’lov manbaida soliq solinmaydi, balki ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kredit tashkilotida soliq solinadi. Xuddi shunday tartib mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishda ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to’lanadigan foizli daromadlarga ham tatbiq etiladi.
Soliq kodeksning 380 va 381-moddalarida belgilangan tartibda aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromad boshqa daromadlar tarkibida jami daromadga kiritiladi va unga ushbu bo’limga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i solinishi lozim.
Oddiy shirkat shartnomasining amal qilishi tugatilganda va mol-mulk ushbu shartnoma sheriklariga (ishtirokchilariga) qaytarilganda:
-oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) yoki uning huquqiy vorisi tomonidan qo’yilma doirasida olingan mol-mulk va mulkiy huquqlar tarzidagi tushumlar, uning ulushi shartnoma sheriklarining (ishtirokchilarining) umumiy mulkidagi mol-mulkdan ajratilgan yoki bunday mol-mulk bo’lingan taqdirda, oddiy shirkat sherigining (ishtirokchisining) daromadlari tarkibiga kiritilmaydi;
-qaytarilayotgan mol-mulk qiymati bilan bu mol-mulkning ilgari oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha topshirilgan qiymati o’rtasidagi salbiy farq soliq solish maqsadlari uchun zarar deb e’tirof etilmaydi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin