Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə12/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

Guruhlar
tartib
raqami

Kichik
guruhlar
tartib
raqami

Asosiy vositalarning nomi

Amortizatsiya
ning yillik eng yuqori normasi,
foizlarda

I




Binolar, imoratlar va inshootlar







1

Binolar, imoratlar

3




2

Neft va gaz quduqlari

5




3

Neft-gaz omborlari




4

Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari




5

Ko‘priklar




6

Dambalar, to‘g‘onlar




7

Daryo va dengiz prichal inshootlari




8

Korxonalarning temir yo‘llari




9

Qirg‘oqnimustahkamlovchi,
qirg‘oqni himoyalovchi inshootlar




10

Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sig‘imlar




11

Ichki xo‘jalik va xo‘jaliklararo sug‘orish tarmog‘i




12

Yopiq kollektor-drenaj tarmog‘i




13

Havo kemalarining uchish-qo‘nish yo‘llari, yo‘lkalari, to‘xtash joylari




14

Istirohat bog‘larining va hayvonot bog‘larining inshootlari




15

Sport-sog‘lomlashtirish inshootlari




16

Issiqxonalar va parniklar




17

Boshqa inshootlar

II




Uzatish qurilmalari







1

Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari

8




2

Ichki gaz quvurlari va quvurlar




3

Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari




4

Magistral quvurlari




5

Boshqalar

III




Kuch mashinalari va asbob-uskunalar







1

Issiqlik texnik asbob-uskunalari

8




2

Turbina asbob-uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari




3

Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar




4

Kompleks qurilmalar




5

Boshqa kuch mashinalari va asbob-uskunalari (harakatlanuvchi transportdan tashqari)

IV




Faoliyat turlari bo‘yicha ish mashinalari va asbob-uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)







1

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va asbob-uskunalar

15




2

Qishloq xo‘jaligi traktorl�ri, mashinalari va asbob-uskunalari




3

Kommutatsiyalar va ma’lumotlarni uzatish raqamli elektron asbob-uskunalari, raqamli tizimlar uzatish asbob-uskunalari, raqamli aloqa o‘lchov texnikasi




4

Yo‘ldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa asbob-uskunalari




5

Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining o‘xshash asbob-uskunalari




6

Kinostudiyalarning maxsus asbob-uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati asbob-uskunalari




7

Kompressor mashinalari va asbob-uskunalari




8

Nasoslar




9

Yuk ko‘tarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karyer hamda yo‘l-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar




10

Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash-yanchish, saralash, boyitish uskunalari




11

Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sig‘imlar




12

Neft qazib chiqarish va burg‘ulash uskunalari




13

Boshqa mashinalar va uskunalar

V




Harakatlanuvchi transport







1

Temir yo‘lning harakatdagi tarkibi

4




2

Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari




3

Havo transporti




4

Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti

20




5

Yengil avtomobillar




6

Sanoat traktorlari




7

Kommunal transport




8

Maxsus vaxta vagonlari




9

Boshqa transport vositalari

VI




Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari







1

Kompyutyerlar

20




2

Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarga ishlov berish uskunalari




3

Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi




4

Boshqa kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarga ishlov berish uskunalari

VII




Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar

15

Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo’yicha amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qo’llash orqali, biroq Soliq kodeksda belgilangan eng yuqori normadan oshmagan holda hisoblab chiqiladi.
Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani ushbu moddada belgilanganidan pastroq va soliq to’lovchining hisob siyosatida mustahkamlab qo’yilgan normalar bo’yicha hisoblashga yo’l qo’yiladi.
Soliq solinadigan foydaning to’liq hisoblanmagan amortizatsiya summasiga soliq solish maqsadlarida ushbu moddada nazarda tutilgan normalarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
Foydalanishda bo’lgan asosiy vositalar ob’ektlarini oladigan soliq to’lovchi ushbu asosiy vositalar ob’ekti bo’yicha amortizatsiya normasini mazkur asosiy vositalar ob’ektidan avvalgi mulkdorlar tomonidan foydalanilgan yillar (oylar) soniga kamaytirilgan foydalanish muddatini hisobga olgan holda belgilashga haqlidir. Agar mazkur asosiy vositadan avvalgi mulkdorlarda amalda foydalanish muddati ushbu asosiy vositalarning ushbu moddada tasniflanishi bilan belgilanadigan foydalanish muddatiga teng yoki undan ortiq bo’lsa, soliq to’lovchi texnika xavfsizligi talablarini va boshqa omillarni hisobga olgan holda bu asosiy vositadan unumli foydalanish muddatini mustaqil ravishda, lekin uch yildan kam bo’lmagan muddatga belgilashga haqlidir. Foydalanishda bo’lgan asosiy vositalardan foydalanish muddatini aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, amortizatsiyani hisoblash yangi asosiy vositalarga bo’lgani singari amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlar uchun qilingan xarajatlar soliq to’lovchi tomonidan, ularning boshlang’ich qiymati va unumli foydalanilishi muddatidan, lekin soliq to’lovchining faoliyati muddatidan ortiq bo’lmagan muddatdan kelib chiqqan holda, hisoblab chiqilgan normalar bo’yicha har oyda eskirish tariqasida jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Nomoddiy aktivlar ob’ektidan unumli foydalanish muddatini aniqlash O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga yoki chet davlatning qo’llanilishi mumkin bo’lgan qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek nomoddiy aktivlardan foydalanishning tegishli shartnomalar bilan bog’liq unumli muddatidan kelib chiqqan holda patentning, guvohnomaning amal qilish muddati va (yoki) intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanish muddatlarining boshqa cheklanishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Unumli foydalanish muddatini aniqlab bo’lmaydigan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya normalari besh yilga, lekin soliq to’lovchining faoliyat muddatidan ortiq bo’lmagan muddatga mo’ljallab belgilanadi.
Boshqa xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1) soliq to’lovchining faoliyatini amalga oshirish uchun o’zga yuridik yoki jismoniy shaxslar bajargan ishlar va xizmatlar qiymati, bularga quyidagilar kiradi:
- mahsulot ishlab chiqarish (tayyorlash) bo’yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish, xom ashyoga (materiallarga) ishlov berish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy vositalarga texnik xizmat ko’rsatish va boshqa shu kabi ishlar;
- o’zga yuridik va jismoniy shaxslarning transport xizmatlari;
- ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish uchun yoki soliq to’lovchining faoliyati bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajarish uchun o’zga yuridik shaxslar tomonidan xodimlarni (texnik personalni) taqdim etishga doir xizmatlar uchun xarajatlari;
2) asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko’rik va qarov, o’rtacha, joriy hamda kapital ta’mirlash xarajatlari). Asosiy vositalarni kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlarining bir maromda kiritib borilishini ta’minlash uchun soliq to’lovchi asosiy vositalarning kelgusi ta’mirlanishi uchun belgilangan tartibda zaxiralar tashkil etishga haqli;
3) ijara to’lovlari, shuningdek ijaraga olingan asosiy vositalarni saqlab turish bilan bog’liq xarajatlar;
4) konservatsiyaga qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari);
5) vakolatli tashkilotlar tomonidan muayyan huquqlar yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berishni nazarda tutuvchi hujjatlarni berganlik uchun yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlarni to’lash bo’yicha xarajatlar, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ekspertizadan o’tkazish hamda mahsulotni sertifikatlashtirish bilan bog’liq xarajatlar;
6) mahsulotni sotish bozorlarini o’rganish xarajatlari;
7) inventarni, xo’jalik anjomlarini va maxsus ish kiyimlarini yuvish, tuzatish hamda dezinfektsiya qilish xarajatlari summasi yoki ularga to’langan haq;
8) qat’iy hisobotdagi blanklarni, kvitantsiyalar va boshqa hujjatlarni tayyorlash xarajatlari summasi yoki ularni olish uchun to’langan haq;
9) tushumni inkassatsiya qilish xarajatlari;
10) reklama uchun xarajatlar;
11) vakillik xarajatlari Vakillik xarajatlariga soliq to’lovchining o’zaro hamkorlik o’rnatish yoki uni saqlab turish, shuningdek soliq to’lovchining boshqaruv va nazorat organlari majlislariga kelgan ishtirokchilarni qabul qilish hamda ularga xizmat ko’rsatish maqsadlarida qiladigan xarajatlari kiradi. Bu xarajatlar mazkur shaxslarning rasmiy qabulini o’tkazish, transport ta’minoti, ovqatlanishi va turar joyi, soliq to’lovchining shtatida turmagan tarjimonlar xizmatiga haq to’lash xarajatlaridir;
12) kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli ta’mirlash va ularga kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari;
13) telekommunikatsiyalar va pochta xizmatlari uchun to’lanadigan haq;
14) xizmat safarlari uchun xarajatlar:
a) tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safarlari joyiga borish va qaytib kelish uchun haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qo’yish haqi. Yo’l hujjatlari bo’lmagan taqdirda, xarajatlar temir yo’l transportidagi (yoki agar temir yo’l aloqasi bo’lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo’l haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda chegirib tashlanadi;
b) tasdiqlovchi hujjatlar asosida joyni ijaraga olish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qo’yish xarajatlari;
v) xizmat safarida bo’lingan vaqt uchun to’lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
g) qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa xarajatlar;
15) qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan kompensatsiya to’lovlari, Soliq kodeksning 143-moddasida ko’rsatilganlari bundan mustasno;
16) soliq to’lovchining faoliyatida talab etiladigan boshqa shaharlik, chet ellik mutaxassislarni ishga taklif qilish bilan bog’liq xarajatlar;
17) auditorlik tekshiruvlari bo’yicha xarajatlar;
18) maslahat, axborot xizmatlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va tiklash bo’yicha xizmatlarga haq to’lash;
19) bankning, Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq to’lash;
20) kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek xodimlarning malakasini oshirish xarajatlari;
21) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan hamda soliq to’lovchining xarajatlariga kiritiladigan byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lanadigan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar Soliq kodeks 147-moddasining 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
22) assotsiatsiyalarga, jamg’armalarga va boshqa tashkilotlarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga to’lanadigan badallar, agar bunday badallarni to’lash soliq to’lovchi faoliyatining amalga oshirilishi uchun majburiy shart bo’lsa yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilsa;
23) mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va ta’minlash, texnika xavfsizligi, yong’inga qarshi va soqchilik muhofazasini hamda texnikaviy foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash xarajatlari;
24) litsenziya bitimlariga ko’ra huquq egasi bilan shartnoma bo’yicha elektron-hisoblash mashinalari va ma’lumotlar bazalari dasturlaridan foydalanish huquqini olish bilan bog’liq xarajatlar. Mazkur xarajatlarga elektron-hisoblash mashinalari va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni yangilashga doir xarajatlar ham kiradi;
25) intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan huquqlardan va xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalardan (xususan, ixtirolarga, sanoat namunalariga va intellektual mulkning boshqa turlariga bo’lgan patentlardan yuzaga keladigan huquqlardan) foydalanganlik uchun to’lovlar;
26) buxgalteriya hisobotini e’lon qilish, shuningdek boshqa axborotni, agar qonun hujjatlarida ularni e’lon qilishni (oshkor qilishni) amalga oshirish majburiyati soliq to’lovchining zimmasiga yuklangan bo’lsa, e’lon qilish va boshqacha tarzda oshkor qilish xarajatlari;
27) xodimning mehnatda mayib bo’lishi yoki uning sog’lig’iga boshqacha tarzda shikast yetkazilishi yoxud xodim oila a’zosining vafoti munosabati bilan beriladigan yoki xodimning vafoti munosabati bilan oila a’zolariga beriladigan moddiy yordam;
28) qonun hujjatlariga muvofiq qayta tashkil etilishi, xodimlar (shtatlar) sonining qisqarishi munosabati bilan ozod etiladigan xodimlarga to’lovlar;
29) tibbiy yordam punktini saqlab turish xarajatlari, xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazganlik va profilaktika tadbirlari uchun tibbiyot muassasalariga to’lanadigan haq;
30) sog’liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, sog’lomlashtirish oromgohlari, madaniyat hamda sport ob’ektlari, ta’lim ob’ektlari, shuningdek, uy-joy fondi ob’ektlari ta’minotiga doir xarajatlar (shu jumladan, amortizatsiya ajratmalari va barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o’tkazish xarajatlari);
31) ixtiyoriy sug’urta uchun sug’urta mukofotlari (badallari), yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxslar foydasiga to’lanadigan sug’urta mukofotlari (badallari), agar ushbu moddaning 33-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, bundan mustasno;
32) O’zbekiston Respublikasida sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish bo’yicha to’lanadigan sug’urta mukofotlari summalari;
33) sug’urtaning majburiy turlariga sug’urta mukofotlari (badallari);
34) atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida kompensatsiya to’lovlari;
35) faoliyat bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun xarajatlar, bundan asosiy vositalarni sotib olish, ularni o’rnatish hamda kapital tusdagi boshqa xarajatlar mustasno. Loyiha-smeta hujjatlari, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va tegishli ilmiy-tadqiqot, loyihalash, izlanish hamda tajriba-konstruktorlik ishlari o’tkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar bunday xarajatlarni chegirmalar jumlasiga kiritish uchun asos bo’ladi;
36) ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperimental ishlarini o’tkazish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo’yicha modellar va namunalarni tayyorlash hamda ularni sinash, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo’yicha ko’rgazmalar va ko’riklar, tanlovlar tashkil etish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo’yicha boshqa tadbirlar, mualliflik haqini to’lash, yangi texnologiyalar yaratish hamda qo’llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, yangi turdagi xom ashyo va materiallarni yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari;
37) soliq to’lovchi tomonidan geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olish bo’yicha tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan, jami daromaddan keyingi yillar mobaynida bir maromda yiliga 15 foizdan oshmagan miqdorda chegirib tashlanadigan xarajatlar;
38) qazib oluvchi tarmoqlarda xarajatlarni qoplashning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmiga va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladigan tayyorgarlik ishlariga doir xarajatlar;
39) zararlar va yo’qotishlar:
a) bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo’yicha;
b) tara bilan bog’liq operatsiyalar bo’yicha;
v) umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararlar, bundan shubhali qarzlar bo’yicha tashkil etilgan zaxira hisobiga hisobdan chiqarish mustasno;
g) hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi operatsiyalar bo’yicha xarajatlar va zararlar, bundan Soliq kodeksning 147-moddasiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar va zararlar mustasno;
d) tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud bo’lishi hamda buzilishi, ishlab chiqarishning to’xtashi oqibatidagi yo’qotishlar va boshqalar) tufayli ko’rilgan o’rni qoplanmaydigan yo’qotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarini oldini olish yoki ularni bartaraf etish bilan bog’liq xarajatlar;
e) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida mol-mulkni bepul topshirishdan ko’rilgan zararlar, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini bepul topshirishdan hamda ulardan bepul foydalanish va ularga xizmat ko’rsatishdan ko’rilgan zararlar;
j) uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan ko’rilgan zararlar;
z) asosiy vositalarni har yili amalga oshiriladigan qayta baholash natijasida vujudga keladigan ilgarigi qo’shimcha baholashdan (bahoning arzonlashtirilgan summasidan) olinadigan o’sishdan ortadigan bahoni arzonlashtirish summasi;
i) yaroqsiz mahsulotdan ko’rilgan yo’qotishlar;
k) ichki ishlab chiqarish sabablariga ko’ra bekor turib qolishlardan ko’rilgan yo’qotishlar;
l) tashqi sabablarga ko’ra (yuridik shaxsning aybisiz) bekor turib qolishlardan ko’rilgan, aybdorlar tomonidan kompensatsiya qilinmaydigan yo’qotishlar;
m) qarz summasi bilan mazkur qarzni yuzaga keltirgan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi o’rtasidagi farqdan oshmaydigan summa doirasidagi qarzni talab qilish huquqidan o’zganing foydasiga voz kechishdan ko’rilgan zararlar;
40) kreditlar (zayomlar) bo’yicha foizlar, bundan investitsiya davrida kapital qo’yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalar uchun olingan kreditlar va zayomlar bo’yicha foizlar mustasno;
41) kredit shartnomasida nazarda tutilgan stavkalar doirasida muddati o’tgan va uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) bo’yicha foizlar, bundan investitsiya davrida kapital qo’yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalar uchun olingan kreditlar va zayomlar bo’yicha foizlar mustasno;
42) valyuta hisobvaraqlari, shuningdek chet el valyutasidagi operatsiyalar bo’yicha kursdagi salbiy farq, bu farq buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda jami daromaddan chegirib tashlanadi:
- chet el valyutasi ushbu chet el valyutasiga bo’lgan mulk huquqining o’tish sanasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan past narxda sotilganda;
- chet el valyutasi ushbu chet el valyutasiga bo’lgan mulk huquqining o’tish sanasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan yuqori narxda sotib olinganda;
- chet el valyutasi kursining o’zgarishi munosabati bilan tegishli hisobot davri uchun balansning valyuta moddalari qayta baholanganda.
Baholari chet el valyutasida belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun o’zaro hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshiradigan soliq to’lovchilar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilingan yoki olingan sanadan ushbu tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq to’langan sanagacha bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdagi o’zgarish munosabati bilan yuzaga keluvchi salbiy farq buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq to’langan sanadagi jami daromaddan chegirib tashlanadi;
43) o’zining qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar;
44) moliyaviy ijara, shu jumladan lizing bo’yicha ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi bo’lgan mablag’larni to’lashga doir xarajatlar;
45) soliq to’lovchi tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizlar tarzidagi xarajatlar;
46) favqulodda zararlar. Favqulodda zararlar — soliq to’lovchilarning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiquvchi voqealar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlarning moddalaridir. U yoki bu modda favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- yuridik shaxsning odatdagi xo’jalik faoliyati uchun xos bo’lmasligi;
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi;
47) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektining muassislari (ishtirokchilari) tomonidan uning majburiyatlarini bajarish uchun yo’naltiriladigan mablag’lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to’xtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu mablag’lar chegirib tashlanadigan xarajatlar sifatida qaralmaydi;
48) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini, bolani ikki yoshga to’lguniga qadar parvarishlash nafaqalarini, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalarni to’lash xarajatlari.
49) xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan ishdan bo’shatish nafaqasi va boshqa to’lovlar shuningdek pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo’la to’lanadigan nafaqalar;
50) mehnat sharoitlari noqulay bo’lgan ishlarda band bo’lgan xodimlarni mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho’r suv, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash xarajatlari;
51) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari;
52) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni o’z xizmat vazifalarini bajarishi chog’ida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlari;
53) xodim boshqa joyga ishga o’tkazilganda yoxud ko’chib borganda ko’chish, mol-mulkini ko’chirib borish, joy ijarasi (yo’l xarajatlari uchun beriladigan pul) xarajatlari;
54) mehnatda mayib bo’lganlik, kasb kasalligi yoki sog’liqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash bo’yicha to’lovlar.
55) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi to’lovlar:
- marhum o’rtacha oylik ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to’g’ri keladigan ulushi miqdoridagi to’lovlar;
- boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bo’lgan shaxslarga bir yo’la to’lanadigan nafaqa tariqasida marhumning o’rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi to’lovlar.
56) abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lanadigan haq.
57) yordamchi xo’jaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan va soliq to’lovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun beriladigan tovarlarning narxlaridagi farqlar (zararlar);
58) xo’jalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;
59) nodavlat pensiya jamg’armalariga ajratmalar;
60) ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini to’lashga doir xarajatlar;
61) boshqa xarajatlar, bundan Soliq kodeksning 147-moddasida ko’rsatilgan xarajatlar mustasno.
Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlarHisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari ular yuzaga kelgan paytda, joriy hisobot davrida soliq solinadigan foydani hisoblab chiqarishda chegirilmaydi, ular keyingi davrlarda, soliq to’lovchining hisob siyosati bilan belgilangan, lekin o’n yildan ko’p bo’lmagan muddat ichida chegirilishi lozim. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1) yangi ishlab chiqarishlar, sexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy ishlab chiqariladigan yangi mahsulot turlarini hamda texnologik jarayonlarni o’zlashtirish xarajatlari;
2) barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, ularning o’rnatilish sifatini tekshirib ko’rish maqsadida kompleks sinab ko’rish (ishlab turgan holatida) xarajatlari;
3) ishchi kuchlari qabul qilish va yangi ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun kadrlar tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar;
4) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan Soliq kodeksning 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi ijobiy farq;
Yuqorida birinchi qismining 1-3-bandlarida ko’rsatilgan xarajatlar ular yuzaga kelgan paytda joriy hisobot davrida ham chegirilishi mumkin.
Shubhali qarzlar bo’yicha zaxira tashkil etish uchun qilingan xarajatlar Soliq kodeksga muvofiq umidsiz deb e’tirof etilgan qarzdorlikni hisobdan chiqarilayotganda, hisobdan chiqarilishi lozim bo’lgan umidsiz qarzdorlik miqdoridan oshmaydigan summada chegirib tashlanadi.
Soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridagi ortiqcha yo’qotishlar va buzilishlar;
2) umumiy ovqatlanish korxonalariga yoki boshqa chet tashkilotlarga joylarni bepul berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar ko’rsatish qiymatini to’lash;
3) soliq to’lovchining Soliq kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan, jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanadigan xarajatlari;
4) dala ta’minoti, xizmat maqsadida xodimning shaxsiy avtotransportdan foydalanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to’langan to’lovlar;
5) pensiyalarga qo’shimcha va ustamalar;
6) xodimlarga to’lanadigan moddiy yordam, bundan Soliq kodeksning 143 va 145-moddalarida nazarda tutilgan moddiy yordam mustasno;
7) badallar, homiylik va xayriya yordami tarzidagi mablag’lar;
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiq holda atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to’lovlari;
9) kredit shartnomasida muddatli qarzlar uchun nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha bo’lgan, to’lov muddati o’tgan hamda uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) bo’yicha foizlar;
10) loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek ob’ekt yonidagi omborgacha tashib keltirilishi chog’ida yuz bergan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish bo’yicha xarajatlar, korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish o’tkazish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) xarajatlari, mazkur xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar uchun javobgar bo’lgan mahsulot yetkazib beruvchi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobidan o’rnini qoplash mumkin bo’lmagan miqdordagi boshqa shunga o’xshash xarajatlar;
11) aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklar va kamomadlardan yoki zarur summalarning o’rnini aybdor taraf hisobidan qoplash mumkin bo’lmaganda ko’rilgan zararlar;
12) soliq to’lovchining asosiy vositalari chiqib ketishidan (balansdan chiqarilishidan) ko’rilgan (buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan) zararlar, bundan Soliq kodeks 145-moddasi 40-bandining «e» va «j» kichik bandlarida ko’rsatilgan zararlar mustasno;
13) xo’jalik shartnomalari shartlarini va qonun hujjatlarini buzganlik uchun to’langan yoki tan olingan jarimalar, penya hamda boshqa turdagi sanktsiyalar;
14) O’zbekiston Respublikasi norezidenti va boshqa shaxslar uchun to’langan soliqlar;
15) tekshiruvlar natijalariga ko’ra qo’shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
16) soliq to’lovchining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog’liq bo’lmagan tadbirlar (sog’liqni saqlash, sport va madaniyat tadbirlari, dam olishni tashkil etish va hokazo) uchun xarajatlar;
17) kasaba uyushmasi qo’mitalariga yordam ko’rsatish;
18) mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan ishlarni (xizmatlarni) bajarish uchun xarajatlar (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo’jaligiga yordam ko’rsatish va boshqa turdagi ishlar).
Kredit tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
1) kredit tashkilotining o’z nomidan va o’z hisobidan pul mablag’larini joylashtirishdan, kreditlar hamda zayomlar berishdan olinadigan foizlar, boshqa foizli daromadlar. O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan kreditlar va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq foizlarni to’lash bo’yicha imtiyozli davr berilgan kreditlar bo’yicha foizli daromadlar kredit shartnomasiga ko’ra olish muddati yetib kelmagunicha soliq solinadigan daromad sifatida qaralmaydi;
2) mijozlarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochganlik va yuritganlik hamda ularning topshirig’iga binoan hisob-kitoblarni amalga oshirganlik uchun olingan haq, shu jumladan jo’natma, inkasso, akkreditiv va boshqa operatsiyalar, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun mo’ljallangan to’lov kartalarini hamda boshqa maxsus vositalarni rasmiylashtirganlik va xizmat ko’rsatganlik uchun, hisobvaraqlar bo’yicha ko’chirmalarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etganlik uchun va summalarni qidirganlik uchun vositachilik haqi hamda boshqa pul mukofotlari;
3) pul mablag’larini inkassatsiya qilishdan, veksellardan, to’lov va hisob-kitob hujjatlaridan hamda mijozlarga kassa xizmati ko’rsatishdan olinadigan daromadlar;
4) naqd pulli va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o’tkazishdan, shu jumladan chet el valyutasini sotib olish yoki sotish, jumladan mijozning hisobidan va uning topshirig’i bo’yicha operatsiyalarda vositachilik va boshqa mukofotlar, valyuta boyliklari bilan operatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
5) uchinchi shaxslar uchun pul shaklida ijro etilishini nazarda tutuvchi bank kafolatlari, majburiyatlari, avallari va kafilliklari berishga doir operatsiyalardan olinadigan pul shaklidagi mukofot;
6) hujjatlarni va qimmatliklarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar va seyflarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
7) pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, boshqa boyliklar va bank hujjatlarini yetkazib berganlik, tashiganlik uchun haq;
8) qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni tashiganlik va saqlab turganlik uchun haq;
9) forfeyting va faktoring operatsiyalarini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
10) kredit tashkilotlari tomonidan o’z professional faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar.
Balansning valyutaga oid moddalari qayta baholanganda olinadigan daromadlar, shuningdek chet el valyutasining O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki olish sanasidan ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to’langan sanagacha bo’lgan davrda o’zgarishi munosabati bilan yuzaga kelgan ijobiy farq Soliq kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar sifatida qaraladi.
O’stirmaslik maqomini olgan kredit bo’yicha hisoblangan foizlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq daromadlar hisobvaraqlaridan chiqarib tashlanadi.
Kredit tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlariga Soliq kodeksning 142—146-moddalarida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari quyidagilar kiradi:
1) kredit resurslari uchun to’lovlar, pul mablag’lari va qimmatliklarni tashish hamda saqlash xarajatlari;
2) mijozlarning depozit hisobvaraqlari, shu jumladan jismoniy shaxslarning omonatlari bo’yicha hisoblangan va to’langan foizlar;
3) O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan normalar doirasida tavakkalchilik operatsiyalari bo’yicha zaxiralarga ajratmalar.
Tijorat banklarining soliq solinadigan foydasidan ular o’z filiallariga beradigan mol-mulk qiymati chegirib tashlanadi.
Sug’urta tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
1) sug’urta qilish, birgalikda sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha sug’urta mukofotlari (badallari). Bunda birgalikda sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha sug’urta mukofotlari (badallari) sug’urtalovchining (birgalikda sug’urta qiluvchining) daromadlari tarkibiga faqat uning birgalikda sug’urta qilish shartnomasida belgilangan sug’urta mukofotidagi ulushi miqdorida qo’shiladi;
2) avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sug’urtaviy texnik zaxiralarni kamaytirishning (qaytarishning) qayta sug’urta qiluvchilarning sug’urta zaxiralaridagi ulushi o’zgarishi hisobga olingan holdagi summalari;
3) sug’urta qilish, birgalikda sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha pul mukofoti, shuningdek qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha tantemalar (foydadan olinadigan haq);
4) qayta sug’urta qilishga o’tkazilgan tavakkalchilik bo’yicha sug’urta to’lovlari ulushining o’rnini qayta sug’urta qiluvchilar tomonidan qoplash summalari;
5) qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha mukofotlar deposiga hisoblangan foizlar summalari;
6) sug’urta qildiruvchining (naf oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan, qonun hujjatlariga muvofiq sug’urtalovchiga o’tgan daromadlari;
7) sug’urta agenti, broker, vositachi xizmatlarini ko’rsatganlik uchun mukofot;
8) sug’urta bozorining professional ishtirokchilariga xizmatlar ko’rsatganlik uchun sug’urtalovchi tomonidan olingan pul mukofoti;
9) sug’urta xizmatlari ko’rsatishdan va qo’shimcha sug’urta faoliyatidan olingan boshqa daromadlar.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin