Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə137/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#179830
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   165
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

1-ORALIQ NAZORAT
Mustaqil ishni bаjаrishmazmuni bo’yichа bаhоlаsh mеzоni vа
ko’rsаtkichlаri

M E Z O N L A R

Maksimal ball

Fan bo’yicha respublikamizda nashr etilgan adabiyotlar
sharhi yozilgan referat

1. Adabiyot mаzmunini qisqа, аniq, lo’ndа ifоdаlаnishi

1

2. Boshqa adabiyot bilan taqqoslab berilgan fikr

1

Jami

2

Fan bo’yicha respublikamizdagi muammoli
vaziyatni ifodalovchi keys yechish

1. Tanlangan muammo vа uning dolzarbligi

1

2. Keysni yechish uchun tanlangan ma’lumotlar va ular bilan ishlash

0,5

3. Ish mаzmuni qisqа, аniq, lo’ndа ifоdаlаnishi

0,5

4. Taklif etilgan yechim

1

Jami

3

Hammasi__5__2-ORALIQ_NAZORAT'>Hammasi

5

2-ORALIQ NAZORAT
Mustaqil ishni bаjаrish mazmuni bo’yichа bаhоlаsh mеzоni vа ko’rsаtkichlаri

M E Z O N L A R

Maksimal ball

Fan bo’yicha xorijiy adabiyotlar sharhi yozilgan referat

1. Xorijiy аdabiyot mаzmunini qisqа, аniq, lo’ndа ifоdаlаnishi

2

2. Boshqa adabiyot bilan taqqoslab berilgan fikr

1

Jami

3

Fan bo’yicha xorij yoki global miqyosda muammoli vaziyatni
ifodalovchi keys yechish

1. Tanlangan muammo vа uning dolzarbligi

1,5

2. Keysni yechish uchun tanlangan ma’lumotlar va ular bilan ishlash

1,5

3. Ish mаzmuni qisqа, аniq, lo’ndа ifоdаlаnishi

1,5

4. Taklif etilgan yechim

1,5

Jami

6

Hammasi

9

1 va 2-oraliq nazorat

14

1 va 2 –JORIY NAZORAT:
Talabalar tomonidan tayyorlangan loyiha(assignment) nаtijаsini baholash mezonlari:

M E Z O N L A R

Maksimal ball

1. Maqsad va vazifalar, ish nаtijаsini aniq, tushnarli tarzda bayon qilinishi

1

2. Mаzmunning bеlgilаngаn mаqsаdgа muvоfiqligi

1

3. Lоyihаning mаvzugа оid bo’lgаn еtаrli miqdоrdа, sifаtli va so’nggi ахbоrоt bilаn tа’minlаngаni

1

4. Ахbоrоtlаrning tаlаb dаrаjаsidа rаsmiylаshtirilishi

0,5

5. Хulоsаlаrni ifоdаlаsh, muаmmоni еchish uchun bеrilgаn tаklif vа tаvsiyalаrninng asoslanganligi

1

6. Hisоbоt vа uni rasmiylashtirish sifati

1

7. Fоydаlаnilgаn mаnbаlаr ro’yхаtini tuzish

0,5

8. Ilоvаlаrning bоrligi

0,5

9.Loyiha(assignment) taqdimoti va muhokamasi

1,5

Jаmi

8



TALABANING PОRTFОLIОSI

Pоrtfоliо itаlyan tilidаn оlingаn bo’lib, “hujjаtlаr bilаn pаpkа”, “mutахаssis pаpkаsi” dеgаn mа’nоni аnglаtаdi. Pоrtfоliо – bu аsоsаn uning egаsining o’z imkоni-yatlаrini nаmоyon etishgа mo’ljаllаngаn ishlаr to’plаmi. Talaba pоrtfоliоsi (pоrtfеl) – bu uning o’quv vа ijоdiy mеhnаtini nаtijаsi,o’z imkоniyati, qоbiliyatigа ko’rа mustаqilbаjаrgаnishlаrimаjmuаsi bo’lib, o’z sаlоhiyatini nаmоyon qilish vоsitаsidir. Shu bilаn birgа pоrtfоliо uni jоriy vаоrаliq bаhоlаshning muhim vоsitаsi hisоblаnаdi.







Bаjаrilаdigаn ishlаr mаzmuni

Bаjаrish muddаti

Mаksimаl bаll

1.

"Soliqlar va soliqqa tortish" fаnidаn:
1. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish mаsаlаlаrigа bаg’ishlаngаn rеspublikаmizdа nаshr etilgаn dаrslik, o’quv qo’llаnmа, bоshqа ilmiy аdаbiyotlаr shаrhi аsоsidа rеfеrаt yoki essе;
2. Хоrijiy аdаbiyotlаr shаrhigа аsоslаngаn rеfеrаt yoki essе; 3. Rеspublikаmizdаgi muаmmоli vаziyatgа хоs kеys stаdi еchish; 4. Хоrijiy yoki jаhоndаgi muаmmоli vаziyatgа хоs kеys stаdi еchish;

sеmеstr dаvоmidа

2

3


3

6





Jаmi




14

2.

Tаnlаngаn mаvzu bo’yichа lоyihа ishi (assignment)




16




Jami




30



GLOSSARIY


O’ZBEK
TILIDA

INGLIZ
TILIDA

RUS
TILIDA

O’ZBEK TILIDAGI MAZMUNI

Budjet tizimi

Budget system

Бюджетная система

Turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, ularni tashkil etishni va tuzish printsiplarini, shuningdek budjet jarayonida paydo bo‘ladigan ular o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi.

Budjet dotatsiyasi

Budgetsubsidies

Бюджетные субсидии

O‘z daromadlari va budjet tomonidan tartibga solinadigan barcha mablag‘lar etishmagan holda quyi budjetning harajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga tekinga (haq olmay) ajratiladigan pul mablag‘lari.

Budjet profitsiti

Budgetsurplus

Бюджетный избыток

Muayyan davrda budjet daromadlarining budjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi.

Budjet ssudasi

Budget loan

Бюджетный
кредит

Yuqori budjetdan quyi budjetga yoki respublika budjetdan rezident – yuridik shaxsga yoki xorij davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘.

Budjet subventsiyasi

Budget
subventions

Бюджетных
субвенций

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ma‘lum maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga tekingi (haq olmay) ajratiladigan pul mablag‘lari.

Davlat budjeti

State budget

Госбюджет

Davlat pul mablag‘larining (shu jumladan, davlat maqsadli fondlari mablag‘larining) markazlashtirilgan fondi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Daromad solig’i



Incometax

Подоходный налог

To’g’risoliqlarning asosiy shakli. Jismoniy yoki yuridik shaxslarning jami daromadidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqxujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarini chegirgan holda foizdahisoblangan ulushi.

Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya

Income declaration

Декларация о доходах

Dvidentlar – taqsimlashga mo‘ljallangan aksionerlarning sof foydasi (daromadi); aksionerlik jamiyati yoki korxona sof foydasidan har bir aksiya uchun aksionerlarga ma‘lum davrdan so‘ng (har yili, ayrim hollarda – har chorakda) to‘lanadigan daromad.

Dotatsiya

Subsidy

Субсидия

Davlat budjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan pul mablag‘lari, (ziyon) larni qoplash uchun korxona va tashkilotlarga beriladigan davlat nafaqalari. Zarar (ziyon)lar korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabalarga ko‘ra vujudga kelgan paytda istisno tariqasida dotatsiya berilishi mumkin.

Daromad solig‘ining shedulyar shakli

Shedulyar income tax form

Shedulyar форма налог на доход

Daromadning manbaini inobatga olgan holda uning qismlarga (shedulyarga) bo‘linishini taqozo etadi. Har bir shedul o‘ziga manbai oldida “tutish”ni maqsad qilib qo‘yadi. Mamlakatda bu sohada olti shedul amal qilib, ularning ayrimlari Yana ichki taqsimlanishga ham egadir.

Jarima

Penaltu

Санкция

Soliqqa oid jinoyatlar uchun javobgarlik o’lchovidir.

Ikki marta soliqqa tortish



Doubletaxation



Двойное налогообложение



1. Turli soliqlarni daromad (kapital)ning yagona manbaidan olinishi;
2. Qo‘shma korxona xorijiy ishtirokchisining foydasini xorijga o‘tkazilayotgan paytda soliqqa tortish va xudi shu foydani xorijiy ishtirokchi mamlakatida soliqqa tortilishi;
3. Sof foyda (daromad) (korporatsiyalar foydasi) v undan to‘lanadigan dividentlarni ular shaxsiy daromadga aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to‘langan soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda oliqqa tortishdan ozod qilish yo‘li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutilish mumkin.

Investitsion soliq krediti

Investment tax credits

Инвестиционные налоговые кредиты

Soliq to‘lovchi tomonidan ma‘lum bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha juda muhim buyurtmani bajarganligi yoki shu hudud aholisiga juda muhim xizmatni taqdim etganligi uchun unga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan soliq summasi doirasida beriladigan engillik, imtiyoz (soliq to‘lovini kechiktirilish). Bu kredit soliq to‘lovi va mahalliy ma‘muriyat o‘rtasida tuziladigan soliq bitimi bilan rasmiylashtirladi. Investitsion soliq kreditini taqdim etish (berish), rasmiylashtirish va qaytarish tartibi “Investitsion soliq kredit to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq belilanadi.

Imtiyoz

Privilege

Льгота

Ma‘lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki to‘liq) ozod etish, ma‘lum bir afzalliklarga (qulayliklarga) ega bo‘lish, masalan, soliq imtiyoziga.

Import solig‘i

Import tax

Налог на импорт

Bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf qilinayotgan paytda olinadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlar ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Boj poshlinalarini ham iste’mol soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa, boshqa bir qismi mahalliy budjetlarga borib tushadi.

Yig‘imlar

Tolls

Пошлины

Qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi budjetlarga yoki budjetdan tashqari fondlarga o‘tkaziladigan majburiy badallar. Ularning tarkibiga savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotrasport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im, obodonchilik ishlari uchun yig‘im va boshqalar kiradi.

Mahalliy soliqlar va yig‘imlar

Local taxes and fees

Местные налоги и сборы

Mahalliy budjetga olinadigan jismoniy va yuiridk shaxslarning majburiy to‘lovlari. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, savdo-sotiq qilish huquqi uchun qig‘im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotransport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im, obodonchilik ishlari uchun yig‘im va boshqalar.

Mahalliy budjet

The local budget

Местный бюджет

Davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromad manbalari va ularning tushumlari miqdori, shuningdek, moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Ma‘muriy javobgarlik

Administrative responsibility

Административная ответственность

Ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar yuridik javobgarligining shakllaridan biri.

Ortiqcha to‘lovlar

Payment

Переоплата

To‘lovning budjetga tushgan ortiqcha summasi. Odatda soliq to‘lovchining boshqa to‘lovlar bo‘yicha mavjud bo‘lgan boqimondalarini uzish uchun hisobga olinadi va bu to‘g‘rida unga ma‘lum qilinadi yoki moliya organining qarori nusxasi va bankning tegishli ko‘chirmasi asosida soliq to‘lovchiga qaytariladi.

Penya

Fine/surcharge

Пеня

Qonunchilikda nazarda tutilgan yoki shartnoma majburiyati bo’yicha belgilangan vaqtdan kechikkan har bir kun uchun bitim bo’yicha qayd etilgan summaning foizdagi ulushi ko’rinishida qo’llaniladi.

Regressiv soliqqa tortish

Regressivetaxation

Регрессивное налогообложение

Soliq asosi (bazasi)ning o‘sib borishi bilan soliq stavkasining pasayishini taqozo etadi. Soliq undirish og‘irligi daromadga teskari proportsionaldir: daromad qancha kam bo‘lsa, soliq to‘lovchi uchun soliqning og‘irligi shuncha og‘irdir. Hozirgi paytda qo‘shilgan qiymat solig‘ining joriy etilishi bilan egri (bilvosita) soliqlarning regressivligi kuchayib bormoqda.

Real soliq

Real tax

Реальный
налог

Soliqto‘lovchining ayrim mulklarini soliqqa tortadigan to‘g‘ri soliqlardan iboratdir.

Rezidentlar

Residents

Резиденты

Kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo‘lmagan muddatda yashagan, O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va bo‘lmagan soliq to‘lovchilar (shu mamlakat hududida va undan tashqarida olinganlari ham) shu mamlakatda soliqqa tortilishi shart.

Respublika budjeti

Republican budget

Республиканский
бюджет

Davlat budjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda adromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Soliq agenti

Taxagent

Налоговый агент

Yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat byudjetiga o‘tkazib beruvchi yuridik shaxslar. Bunda yuridik shaxslar, ular o‘z faoliyatida bevosita yoki bilvosita ishga yollaganligi natijasida to‘lanadigan ish haqidan, dividendlardan, doimiy muassasa orqali faoliyat ko‘rsatmaydigan norezident yuridik va jismoniy shaxslardan ushlanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini ushlab qoladi va byudjetga o‘tkazib beradi.Soliq agenti adabiyotlarda asosan fiskal agent sifatida e’tirof etiladi.

Soliqlar

Taxes

Налоги

Qonunda beliglangan tartibdastavka bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va fuqarolar (yuridik va jisoniy shaxslar)dan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy budjetga olinadigan majburiy to‘lovlar. Soliq, yig‘im, poshlina va boshqa to‘lovlar deyilganda qonuniy aktlar asosida beliglangan tartibda va shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi budjetlarga yoki budjetdan tashqaridagi fondlarga majburiy badallarning to‘lanishi tushuniladi. Belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig‘imlar, poshlinalar va boshqa to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi.

Soliq bazasi

The tax base

Налоговая база

Soliq ob’ektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan ob’ektning miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi.

Soliq kontseptsiyasi

The concept of tax

Понятие налога

Bu soliqlarni yo‘nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g‘oyalarining yaxlitligidir.

Soliq siyosati

Tax policy

Налоговая политика

Bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir.

Soliq siyosati strategiyasi

Tax policy

Стратегия налоговая
политика

Soliq siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishi bo‘lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan masshtabli vazifalarni kelajakda bajarilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan moliyaviy tadbirlar yig‘indisidir.

Soliq siyosati taktikasi

Tax policy and tactics

Тактика
налоговая политика

Belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o‘zgarib turuvchi sayi-harakatlarni bildiradi, ya’ni qisqa muddatli va kichik masshtabli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo‘nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi.

Soliq sub’ekti

The subject of tax

Субьекти налога

Soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq sub’ekti - bu soliqqa oid munosabatlarning tashkil etuvchi tomonlarning o‘zaro majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari - Davlat soliq qo‘mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspektsiyalari qatnashadi.

Soliq ob’ekti

The object of the tax

Объект налогообложения

Soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq ob’ekti sifatida foyda yoki daromad, muayyan tovarlarni qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi.

Soliq organlari

Tax authorities

Налоговые
органы

Soliq qonunchiligiga rioya qilish, mamlakatning qonunlariga muvofiq belgilangan (o‘rnatilgan) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, ularning to‘liq va o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilishi ustidan nazoratni ta‘minlovchi yagona mustaqil markazlashtirilgan tizim. Davlat soliq qo‘mitasining yagona tizimiga kiruvchi soliq organlari davlat boshqaruvining markaziy organi (Davlat soliq qo‘mitasi), viloyat, tuman va shahar soliq inspeksiyalaridan iboratdir.

Soliq imtiyozlari

Tax incentives

Налоговые льготы

Soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil engilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin.

Soliq manbai

A source of tax

Источник налога

Bu soliq to‘lovchining to‘laydigan soliqlari manbai, ya’ni daromadi. Soliq ob’ekti va soliq manbaini bir-biridan farqlash lozim. Ayrim soliq turlari bo‘yicha, masalan, daromad (foyda)ga, yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq ob’ekti ham soliq manbai ham bir xil bo‘ladi, ya’ni nima ob’ekt bo‘lsa, uning o‘zi manba hisoblanadi.

Soliq stavkasi

Tax rate

Ставка налога

Soliqqa tortish birligiga to‘g‘ri keluvchi soliqning hajmi (miqdori, darajasi). Qat‘iy soliq stavkalari daromadlarga bog‘liq bo‘lmagan holda soliqqa tortish birligiga nisbatan absolyut summalarida o‘rnatiladi.

Soliqqa tortish birligi

Unit of taxation

Единица налогообложения

Bu ob’ektning o‘lchov birligi. Masalan, daromad yoki mol-mulk solig‘ida ob’ektning o‘lchov birligi bo‘lib uning so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig‘ida o‘lchov birligi bo‘lib kv.m. yoki gektar hisoblanadi.

Soliqqa tortish predmeti

The subject of taxation

Предметом налогообложения

Soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish ob’ekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi.

Soliq tizimi

The tax system

Налоговая
система

Mamlakat doirasida (hududida) to‘lovlardan (yuridik va jisoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar,yig‘imlar va boshqa to‘lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakli va uslublari yig‘indisi.

Soliq qonunchiligi

Tax legislation

Налоговое
законодательство

Davlatda soliqlarning turi, ularni undirish mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtatishini tartibga solib turuvchi yuridik me’yorlar yig‘indisi; moliyaviy huquq instituti. Soliq huquq davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi (qurilishi), uning vazifa va funksiyalari bilan belgilanadi.

Soliq tushumlari

Tax revenues

Налоговые
поступления

Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan budjet daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlari qismidagi ha rbir soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga mo‘ljallangan qism, band, kod va moddaga muvofiq vakolotli banklarning hisob-kitob schyotiga yoziladigan, hisoblangan va haqiqatda kelib tushgan soliq badallari (to‘lovlari) va moliyaviy sanktsiyalar.

Soliq hisob-kitoblari

Tax calculations

Налоговые
расчеты

Yuridik shaxslar tomonidan qonunda ko‘zda tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti bilan birgalikda soliq organlariga taqdim etilib, o‘zida ma‘ulm hisobot davri mobaynida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan to‘lovlar summasini aks ettiradi. Soliq summalarini hisoblash tartibi soliq qonunchiligiga ko‘ra har bir soliq turi bo‘yicha alohida-alohida belgilangan.

Soliq nazorati

Financial control

Налоговые
контроль

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta‘minlash ustidan nazorat.

Soliqqa tortilmaydigan oborot

Tax-exempt turnover

Необлагаемый
оборот

Qonunga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydigan oborot.

Soliqdeklaratsiyasi



Tax Declaration

Налоговая
декларация

Soliq to’lovchining soliq organiga ma’lum bir davr oralig’idaolgan daromadlari hamda unga qo’llaniladigan chegirma va imtiyozlarni o’zida aks ettirgan maxsus shakldagi rasmiy bayonoti. Soliq organi unga va amaldagi soliq stavkalariga asoslanib, to’lanishi belgilangan soliq summalari undirilishini nazorat qiladi

Soliq majburiyati



Taxliabilities



Налоговые обязательства



Soliqlarni hisoblash va to’lash yuzasidan talab etiladigan va bajarilishi shart bo’lgan majburiyatlarni o’zida aks ettirgan iqtisodiy munosabatlar majmui. Bu jarayonda davlat o’zining vakolatli organlari orqali soliq to’lovchidan mazkur majburiyatlar bajarilishini talaba etish huquqiga egadir

Soliq mexanizmi

The tax mechanism

Налоговый механизм

Davlat, jamiyat va alohida sub’ektlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish yuzasidan markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini tashkil etish bilan bog’liq ob’ektiv munosabatlarni boshqarish usullari yig’indisi.

Soliq yuki

The tax burden

Налоговое бремя

Soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘ida to‘lagan soliqlari yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to‘lovlarining yig‘indisini ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi.

Soliq organi

Taxauthority/
taxbodies

Налоговый орган

Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq, soliqlar undirilishini amalga oshiruvchi davlat organlari tizilmasi.

Soliq to’lovchi

Taxpayer

Налогоплательщик

Qonunchilikka ko’ra, tegishli soliqlarni to’lash majburiyati zimmasiga yuklatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs.

Xalqaro ikki tomonlama soliqqa tortish

International double taxation

Международное
двойное налогообложение

Xalqaro ikki tomonlama soliqqa tortish deganda ikki yoki undan ortiq mamlakatda bir soliq to’lovchining faoliyati aynan bir xil yoki o’xshash soliq turi bilan bir vaqtning o’zida soliqqa tortish ifodalanadi.




Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin