Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy
mohiyati va ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida qolib turgan
vaqtda daromad solig‘ini olishga o‘tish pul qadrsizlanishi
tufayli ish haqi o‘sishini cheklash uchun
davlat tomonidan
majburiy chora bo‘ldi. Bunday sharoitda
ishlab
chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli yomonlasha boshladi.
Natijada mahsulotga
talab pasayib, sotishdan olingan
tushum hajmi kamaygani holda, ular o‘z ishlab
chiqarishlari yo‘nalishini o‘zgartirishga, foyda olmasalar
ham juda katta miqdorda ishchilarga ish haqi to‘lashga
majbur bo‘ldilar. Bunday holatda amaliyotda korxonalar
hisobot davrida faoliyatlarini foyda bilan yakunlamasada,
daromad solig‘ini ish haqi jamg'armasidan belgilangan
stavkada to‘lashga majbur edilar.
Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy
mohiyati va ahamiyati
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra foyda solig‘i to’g’ri soliqlar
tarkibiga kirib, u davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda
asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: