Qo‘shilgan qiymat solig‘i ilk bor qaysi davlatda kim tomonidan joriy etilgan?
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati qanday?
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qanday shaxslar to‘laydi?
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ob‘ekti qanday aniqlanadi?
Soliqqa tortiladigan oborot deganda nimani tushunasiz?
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari va ularni qo‘llash tartibi qanday?
Nollik stavka qaysi tovarlar (ish va xizmatlar)ga nisbatan qo‘llaniladi?
Hisobvaraq-fakturalar qanday to‘ldiriladi va unda qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi punktlarda ko‘rsatiladi?
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va hisobotni taqdim etish tartibi qanday?
Import tovarlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi formula orqali aniqlanadi?
MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo’lgan korxona 12000000 so‘mga qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan 400 kg bo‘yoq sotib olgan. Sotib olingan bo‘yoqdan:
50 kg sifati yomon bo‘lganligi uchun sotuvchiga qaytarib berilgan;
100 kg tekinga bolalar bog‘chasiga berilgan;
20 kg korxona klubini ta‘mirlash uchun ishlatilgan;
180 kg ishlab chiqarish uchun ishlatilgan;
Talab qilinadi: 1. Korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi qismini hisobga kiritish huquqiga ega?
2. Korxona to’lashi lozim bo’lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblang?
3. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan qayta ishlash korxonasi joriy yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:
mahsulotni sotishdan tushgan tushum – 24000000 so‘m;
bunda qaytarib berilishi lozim bo‘lgan idishning narxi - 1500000 so‘m;