Masala. Fuqaro Alimov Komil Toshent shahar Yunusobod tumani S-2, 24-uydan xarid qilgan 4 xonali kvartirasining texnik inventarizatsiyalash byurosi tomonidan narxlangan bahosi 5850000 so‘mni tashkil etadi.
Talab qilinadi: 1. Fuqaro 2017 yilda qancha mol-mulk solig‘i to’laydi?
2. Muddatida soliq summasini to’lamasa qanday chora ko’riladi?
Masala. Fuqaro Valiyev Farrux 2017 yil sentyabr oyida Toshent shahar Chilonzor tumanidan 4,0 sotix maydonga ega bo‘lgan turarjoy sotib oldi. Sotib olingan turarjoyning texnik inventarizatsiyalash byurosi xodimlari tomonidan narxlangan qiymati 2450000 so‘mni tashkil etadi.
Talab qilinadi: 1. Mol-mulk solig‘i summasini hisoblang va fuqaro Valiyev Farrux 2017 yil uchun qancha miqdorda soliq to‘lashi lozim bo‘ladi.
2. Soliq summasini qaysi muddatda amalga oshiriladi.
Masala. Fuqaro Baxromov Baxodir 2017 yilda o‘z shaxsiy avtomashinasi uchun garaj sotib oldi. Garajning narxlangan qiymati 8 480 000 so‘mni tashkil etdi.
Talab qilinadi: 1. Mol-mulk solig‘i summasini hisoblang va fuqaro Baxromov Baxodir 2017 yil uchun qancha miqdorda soliq to‘lashi lozim bo‘ladi.
2. Soliq summasini qaysi muddatda amalga oshiriladi.
Masala. Fuqaro ikkinchi guruh nogironi hisoblanadi. Fuqaroning toshkent viloyati Yangi yo’l tumanida 4 xonali uyi bo’lib, umumiy maydoni 180 kv metr. Inventarizatsiya qiymati 4 300 000 so’mni tashkil etdi.