Masala. Korxonaning hisobot davridagi soliq solinadigan foydasi: 240-satr – 0 ga teng. Foyda solig’i summasi 250 satr – 750000 so’m.
Talab qilinadi: 1. Korxona hisobot davrida qancha obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Hisobot davrida korxonalarning umumiy ta’lim maktabini tutib turish xarajatlari 1000000 so’mni tashkil etadi. Soliq solinadigan foyda (2-shakl 240 satr) 8000000 so’mdan iborat. Foyda solig’i summasi 500000 so’m. Korxona eksportga tovar realizatsiya qilganligi uchun imtiyozga ega.
Talab qilinadi: 1. Korxona hisobot davrida qancha obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
MAVZU BO’YICHA TESTLAR
1. Quyidagi yuridik shaxslardan qaysi biri obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘laydi. ulgurji va chakana savdo korxonalari
O’zbekiston Respublikasi norezidentlari
soddalashtirilgan soliq tizimiga o‘tgan kichik korxonalar
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
2. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining soliqqa tortish ob’ektini ko‘rsating. mahsulot sotishdan tushgan tushum, qo‘shilgan qiymat solig‘ini chegirgan holda
foyda solig‘i to‘langandan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qolgan foyda
muomala xarajatlari
asosiy faoliyatdan olingan foyda
3. Obodonlashtirish ishlari va infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining stavkasini aniqlang. 8%