MAVZU BO’YICHA MASALALAR Masala. Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi korxona ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. 2017 yilning hisobot davri uchun tovar sotishdan tushgan tushum 60000000 so‘m, korxona o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini sotish natijasida tushgan tushum 3600000 so‘m. Engil avtomobil sotib olingan 5900000 so‘m.
Talab qilinadi: 1. Yo‘l jamg‘armasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summani aniqlang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
Masala. Korxona xizmat ko’rsatish faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. 2017 yilning hisobot davri uchun xizmat ko’rsatishdan tushgan tushum 46000000 so‘m, korxona mol-mulkini ijaraga berish natijasida tushgan tushum 3600000 so‘m.
Talab qilinadi: 1. Yo‘l jamg‘armasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summani aniqlang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.
MAVZU BO’YICHA TESTLAR 1. Yuridik shaxslar uchun respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmaning bazasini aniqlang. yalpi tushum
2. Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imning soliq solinadigan bazasini belgilang. faoliyatining asosiy turi yo‘lovchilar tashish bo‘lgan avtotransport korxonalar tasarrufidagi vositalar qiymati
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta‘mirlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tasarrufidagi vositalar qiymati
ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘l bilan boshqarishga moslashtirilgan engil avtomobillar va motoaravachalar qiymati
avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati yoki avtotransport vositalarining qiymati va tranzit vositalar