Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort
N
Soliq solinadigan ob’ektlarning nomi
Soliq stavkasi, mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan %da*
1
Turar joylar, kvartiralar (bundan umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq bo’lganlari mustasno), dala hovli qurilmalari, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar
1,7
2
SHaharlarda joylashgan, umumiy maydoni quyidagicha bo’lgan turar joylar va kvartiralar:
*) Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkning inventarizatsiya qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib belgilanadi, biroq 3 000 000 so’mdan kam bo’lmasligi kerak.
Izohlar: 1. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo’yicha organlar belgilagan inventarizatsiya qiymati bo’lmasa, soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20 328,0 ming so’m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda - 8 833,0 ming so’m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organlarda belgilangan tartibda ro’yxatga olinmagan yangi qurilgan turar joylar bo’yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining ikki baravari miqdoridan kelib chiqib undiriladi.
2. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig’i bo’yicha imtiyozlarni qo’llash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy maydonning 60 kv.m hajmida belgilanadi.
3. Jismoniy shaxslar tomonidan soliq solinadigan ob’ektlardan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda yoxud ular yuridik shaxslarga yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan turar joy fondi ob’ektlari noturar joy fondi toifasiga o’tkazilganda yoki ular tomonidan noturar joy fondi ob’ektlari (binolar, binodagi xonalar) mulk sifatida xarid qilinganda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.
Quyidagilarning mulkida bo’lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi:
1) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo’limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asos bo’ladi;
4) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
5) I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
6) sobiq SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yaralanganligi, kontuziya bo’lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining). Imtiyoz «Halok bo’lgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» yoki «Ichki ishlar organlari halok bo’lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» shtampi qo’yilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner bo’lmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati yoxud Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organi xodimining halok bo’lganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yoki frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan o’tmagan taqdirda beriladi.
Yuqoridagi 3, 5 va 6-bandlarida ko’rsatilgan imtiyozlar qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o’lchami doirasida beriladi.
Yuqoridagi belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob’ektiga taalluqli bo’ladi.
Yuqorida nazarda tutilgan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish ob’ektlariga nisbatan qo’llanilmaydi.