Soliqlar va soliqqa tortish


Yer solig‘i stavkalari va soliqdan imtiyozlar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə58/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

2. Yer solig‘i stavkalari va soliqdan imtiyozlar. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezident qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda xabar qilinadi.
Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy shaxslardan yer solig‘i uch baravar miqdorida undiriladi.
Jismoniy shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan), davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy shaxslar uchun 1,5 koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi. Davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha foydalaniladigan yerlar uchun yuqorida ko‘rsatilgan koeffitsientni qo‘llagan holda yer solig‘i to‘lanmagan taqdirda soliq to‘lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo choralari qo‘llanadi.
Davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan yer uchastkalari maydoni yer berish to‘g‘risida davlat hokimiyati organlarining qarori, yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi uchun davlat dalolatnomasi, yerni ijaraga olish shartnomasi, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarga ko‘ra belgilanadi.
Yer uchastkasiga nisbatan mulk, egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, soliq butun maydon uchun yuqorida ko‘rsatilgan oshirish koeffitsientlarini qo‘llagan holda to‘lanadi.
Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalaridan soliq korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha undiriladi. Jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini hisoblab chiqarish do‘konlar, oshxonalar, ustaxonalar va tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan boshqa ob‘ektlar uchun foydalaniladigan yer uchastkalari uchun amalga oshiriladi.
Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagi jismoniy shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadilar:
1) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo’limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
4) yolg’iz pensionerlar. Yolg’iz yoki voyaga etmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolg’iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
5) boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o’n olti yoshga to’lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo’lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos bo’ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
7) shaxslar — ularga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yer uchastkalari bo’yicha — yer uchastkasi berilgan oydan keyingi oydan e’tiboran ikki yil muddatga.
Yuqorida belgilangan imtiyozlar, bundan 5-bandda ko’rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo’jaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organda ro’yxatdan o’tgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur imtiyozlar soliq to’lovchining tanlashi bo’yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.
3. Yer solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi. Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan, yashash uchun mo’ljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan yer solig’i yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi hamda Soliq Kodeksning 290-moddasida ko’rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun foydalangan taqdirda, yer solig’i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.
[ОКОЗ:_1.'>ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
Kalendar yil soliq davridir.
Y [ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
er solig’ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari yer solig’ini to’lovchilar bo’lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.
Soliq Kodeksning 290-moddasida ko’rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.
Yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan to’lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslarga imzo qo’ydirilgan holda yoki to’lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o’zgarganda va imtiyozlarga bo’lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur o’zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig’ini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to’lovchiga yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan yangi yoki qo’shimcha to’lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
4. Yer solig‘ini budjetga to‘lash muddatlari. Yer solig’i yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to’lanadi.
Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig’i jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e’tiboran to’lanadi.
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer solig’ini to’lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran to’xtatiladi (kamaytiriladi).
Yer solig’i bo’yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanmaydi. Yer solig’i bo’yicha imtiyozlarga bo’lgan huquqlar bekor qilingan taqdirda, bu soliq mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran to’lana boshlaydi.
Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer solig’i yer uchastkasidan foydalanish faktidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadi.
Soliq davri uchun yer solig’i to’lash jismoniy shaxslar tomonidan hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin