Soliqlar va soliqqa tortish


-jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari tarkibida



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə46/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

7.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari tarkibida
mol-mulk solig‘inining ulushi, (foizda)55

Ko’rsatkichlar

2014 yil

2015 yil

2016 yil

2017 yil (reja)

mlrd.so’m

jami nis-n, %da

mlrd.so’m

jami nis-n, %da

mlrd.so’m

jami nis-n, %da

mlrd.so’m

jami nis-n, %da

Davlat maqsadli jamg’armalar daromadlarisiz - jami

30160,8

100

36184,9

100

40505,8

100

44469,6

100

Mol-mulk solig’i va resurs to’lovlari

4521,4

15,0

5741,8

15,9

5806,5

14,3

6049,5

13,7

Mol-mulk solig’i

1135

3,8

1716,7

4,7

1874

4,6

1988,8

4,5

Yuqoridagi jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari yil sayin o‘sib borganligiga amin bo‘lamiz. Zero, 2014 yilda budjet daromadlari jami 30160,8 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib 44469,6 mlrd so‘mga etishi kutilmoqda.


Jadval ma‘lumotlari ko‘ra mol-mulk solig‘i tushum summasining absolyut miqdorlari yillar bo‘yicha oshib borgan bo‘lib, foizdagi salmog‘i esa nobarqarorlik tendentsiyasiga ega. Jumladan, 2014 yilda bu miqdor 3,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilga borib 4,7 foizni tashkil etgan holda 0.9 punktga ko’paygan hamda 2016 yilda bu ko‘rsatkich 4,6 foizni tashkil etgan va kamayish tendentsiyasiga ega. Shuni ta‘kidlash lozimki, jami soliqlar tushumida mol-mulk solig‘ining ulushi 2017 yilda 2014 yilga nisbatan 0,7 punktga ko’payganini ko‘rish mumkin. Bu holatni soliqqa tortish tartiblarini yanada takomillashib borayotganligi bilan izohlamoq kerak.
2.Mol-mulk solig‘i to‘lovchilar, soliqqa tortish ob‘ekti va mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatini aniqlash tartibi. Soliq qonunchiligiga asosan mol-mulk solig‘ining to‘lovchi­lari bo‘lib, soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda, mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulkka ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha mol-mulki bilan javob bera oladigan hamda mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar tushuniladi.
Soliqqa tortishning alohida rejimi o‘rnatilgan ayrim toifadagi korxonalarga, jumladan yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi miqrofirma va kichik korxonalar hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda notijorat tashkilotlar uchun ularning asosiy faoliyati bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lash tatbiq etilmaydi.
Agar soliqqa tortishning alohida rejimi o‘rnatilgan yuridik shaxslar faoliyatning asosiy turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulk solig‘ini to‘lashlari zarur bo‘ladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining ob‘ekti bo‘lib, asosiy vositalar (shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar), nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish ob‘ektlari hamda belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar qiymati hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliqqa tortish bazasi bo‘lib esa:
a) asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (shu jumladan moliyaviy ijara (lizing)shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar);
b) belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob‘ektining o‘rtacha yillik qiymati;
v) me‘yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalarning o‘rtacha yillik qiymati hisoblanadi.
Soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) hisobot davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

O‘rtacha yillik qoldiq qiymati


31 yanvar

+

28 (29) fevral

+



+

30 noyabr

+

31 dekabr

=

---------------------------------------------------------------------------
12

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha soliq solinadigan baza mazkur ob’ektlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi.
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar bir oydan kam muddatga ijaraga berilgan mol-mulk bo‘yicha soliq solinadigan bazani bu mol-mulkning mazkur oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra hisoblab chiqilgan qoldiq qiymatini o‘n ikkiga va shu oydagi kalendar kunlar soniga bo‘lishdan olingan, mazkur mol-mulk ijarada turgan kunlar soniga ko‘paytirilgan bo‘linma sifatida aniqlaydilar. Binoning bir qismi ijaraga berilgan taqdirda, soliq solinadigan baza umumiy maydoni bir kvadrat metrining qoldiq qiymatini ijaraga berilgan maydonning o‘lchamiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchi tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmog‘idan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliqqa tortiladigan bazasini aniqlash uchun korxona balans aktivida aks ettiriladigan asosiy vositalarning eskirishini chegirgan holda, buxgalteriya hisobining quyidagi hisobvaraqlari bo‘yicha summalar qabul qilinadi:
1. Asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0100);
2. Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0300);
3. Tugallanmagan qurilishni (belgilangan muddatlarda qurilishi tugallanmagan ob‘ekt qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0800);
4. O‘rnatishga mo‘ljallangan uskunani (me‘yoriy muddatlarida o‘rnatilmagan uskuna qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0700).

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin