Soliqlar va soliqqa tortish


Soliqni hisoblab chiqa­rish va budjetga to‘lash tartibi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə52/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

3.Soliqni hisoblab chiqa­rish va budjetga to‘lash tartibi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqarila­di.
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqiga ega bo‘lgan shaxslar zarur hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadilar.
Imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i ularning har yil 1 yanvardagi holati yuzasidan texnik inventarizatsiyalashning hududiy kadastr byurolari taqdim etadigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma‘lumotlar asosida hisoblab chiqariladi, bunday ma‘lumotlar bo‘lmagan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi. Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy mulki bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i har bir mulkdor tomonidan ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan keyingi yilning boshidan e’tiboran to‘lanadi.
Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulkdan soliq merosxo‘rlardan meros ochilgan paytdan boshlab undiriladi. Mol-mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo‘lgan hollarda mol-mulk solig‘i undirish ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi. Mol-mulkka mulk huquqi taqvimiy yil davomida bir mulkdordan boshqasiga o‘tganda soliqni birinchi mulkdor o‘sha yilning 1 yanvaridan bu mol-mulkka mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshigacha to‘laydi, yangi mulkdor esa - mulk huquqini qo‘lga kiritgan oydan e’tiboran to‘laydi.
Taqvimiy yil davomida imtiyozga ega bo‘lish huquqi paydo bo‘lgan taqdirda mol-mulk solig‘i ana shunday huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran qayta hisoblab chiqiladi. Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomalari to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi. Hisoblangan yillik soliq miqdori 15 oktabrdan kechiktirmay mahalliy budjetga to‘lanadi. Agar soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha summalar to‘langan bo‘lsa, soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzlar mavjud bo‘lmasa, ushbu summalar uning yozma arizasiga ko‘ra o‘ttiz kun ichida soliq to‘lovchiga qaytariladi yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga qayd etiladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilari hisobi davlat soliq xizmati organlari tomonidan har bir yilning 1 yanvaridagi holat bo‘yicha shahar va tumanlar bo‘yicha, texnik inventarizatsiyalash hududiy kadastr byurosida mavjud bo‘lgan imoratlar egalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga binoan o‘tkaziladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin