Soliqlar va soliqqa tortish


Rivojlangan xorijiy davlatlarda jismoniy shaxslar mol-mulkini soliqqa tortish tajribasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə53/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

4. Rivojlangan xorijiy davlatlarda jismoniy shaxslar mol-mulkini soliqqa tortish tajribasi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq alohida ahamiyatga egadir. Ushbu davlatlar soliq tizimida mazkur soliqning ko’pgina umumiy hususiyatlarga egaligi bilan birga ayni paytda bir-biridan farq qilishini ham ta’kidlash lozim.
Mol-mulkdan olinadigan soliqlar davlat soliqlari umumiy hajmida kam o’rin tutadi va ko’pchilik mamlakatlarda mahalliy soliqlar toifasiga kiritiladi. Rivojlangan mamlakatlarda mulkni soliqqa tortish ikki soliq guruhi: mulkning umumiy summasiga soliq va mulkning alohida turlariga soliqlari asosida amalga oshiriladi63. Mulkning umumiy summasiga soliq o’z navbatida jismoniy shaxslarning shaxsiy mulkiga soliq va yuridik shaxslar mol-mulk soliqlariga bo’linadi.
Shaxsiy mulk solig’iga jismoniy shaxslar mulkining qiymati tortiladi. Mulk qiymati amaldagi qonunlarga ko’ra ishlab chiqilgan usullar orqali aniqlanadigan bozor yoki kadastr qiymati asosida baholanadi. Shaxsiy mulk solig’i yagona stavkada yoki soliqqa tortishning tabaqalashtirilgan progressiv stavkasi asosida undirilishi mumkin. Soliqqa tortishning yagona stavkasi Germaniya, Belgiya, Islandiya va Lyuksemburgda qqllaniladi. Soliqqa tortishning progressiv tizimi Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Ispaniya, Shveytsariya va boshqa davlatlarda amal qiladi.
Shaxsiy mulk solig’ining muhim xususiyati soliqqa tortiladigan boshlang’ich summaning etarli darajada yuqoriligida hisoblanadi. Bundan tashqari, ko’p hollarda soliq to’lovchilarning turli guruhlariga sezilarli imtiyozlar ko’zda tutilgan. Umumiy soliq tushumlari tarkibida shaxsiy mulk solig’i kamdan-kam 0,5 foizdan oshadi. Mol-mulkka solinadigan barcha soliqlar hududiy yoki mahalliy soliqlarga taalluqli ammo, undirish chegarasi ko’p hollarda markaziy darajada belgilanadi. Maxsus mol-mulk soliqlari tarixan saqlanib qolgan soliqlar hisoblanadi. Bu soliqlarning jami soliq tushumlaridagi ulushi rivojlangan mamlakatlarda qattiq farq qiladi. Agar Buyuk Britaniyada ushbu ulush 10 foizdan oshig’ini tashkil etgan bo’lsa, Belgiya, Gretsiya, Avstriya, Italiya, Lyuksemburg, Turkiya, Finlyandiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Ispaniyalarda ular 1 foizdan oshadi. Mulkning alohida turlariga soliqlari bo’yicha yuqori tushumli davlatlarga AQSh (9 foizdan yuqori), Kanada (8 foizdan yuqori), Yangi Zelandiya (6 foiz atrofida), Avstraliya (deyarli 5 foiz), Irlandiya (2,5 foiz), Fransiya (2 foiz atrofida) kiradi.64
AQShda mulk solig’ini jismoniy shaxslar to’laydilar. Jismoniy shaxslar mulkiga solinadigan soliq ko’pchilik shtatlarda undiriladi. Soliq stavkalari shtatlar bo’yicha farqlanadi. Ko’chmas mulkni baholash bilan shug’ullanadigan soliq idorasi xizmatchilari soliq baholovchilari deb nomlanadilar. Mulk solig’i tushumlari hokimiyat tuzilmalarining barcha darajadagi soliq tushumlarining salkam 9,0 foizini tashkil etadi. AQShda mulk soliqlari shtat va munitsipalitet darjasida undiriladi. Bu soliqqa asosan ko’chmas mulk va xo’jalik uskunalari tortiladi, foyda ko’rmaydigan tashkilotlarga tegishli bo’lgan va ular tomonidan tijorat maqsadlarida foydalanilmaydigan mulk bundan mustasno. Shuningdek federal hukumat, shtatlar hukumatlari va mahalliy hokimiyat organlarining mol-mulki ham soliqqa tortilmaydi. 13 ta shtatda nomoddiy aktivlar: aktsiyalar, qarz majburiyatlari va shu kabilar soliqqa tortiladi. Fuqarolarga tegishli bo’lgan shaxsiy ko’chmas mulk va ishlab chiqarish vositalari ham soliqqa tortiladi. Shtat darajasida quyidagi soliq stavkalari: korporatsiya kapitalining 0,75 foizi miqdorida va yuridik hamda jismoniy shaxslarning soliqqa ttotiladigan mol-mulkiga 0,5 foizdan 5,0 foizgacha miqdorda belgilangan65. Bundan tashqari, munitsipalitet darajasida ham soliq undiriladi.
AQSh shtat soliqlarining tarkibida mulk solig’ining bir qismi hisobga olinadi. Bu bir qator shtatlarda mavjud bo’lgani bilan, ularning daromad manbasidagi salmog’i katta emas, ya’ni 3 foizdan kam. Mulk solig’i federal byudjetda hech qanday rol qynamaydi. Mahalliy soliqlar tarkibida esa ular daromadning 3/4 qismini tashkil qiladi. Bu umumdavlat soliq tushumlarining 12 foiziga teng.
Buyuk Britaniyada jismoniy shaxslarning ko’chmas mulkiga solinadigan soliq mahalliy byudjetni shakllantiruvchi asosiy soliqlardan biri hisoblanadi. Renta to’lovi soliq asosi bo’ladi. U ko’chmas mulk egalari yoki uni ijaraga oluvchmlardan undiriladi. Xullas, mol-mulk solig’i to’lovchilari bo’lib, mulk egalari yoki ishtirokchilari hisoblanadi. Ko’chmas mulk deganda er tushuniladi. Shuningdek, ushbu soliq to’lovchilari qatoriga uy-joyni ijaraga oluvchilar hamda kvartira haqini to’lovchilar ham kiradi.
Ko’chmas mulk qiymati odatda 10 yilda bir marta baholanadi66. Ko’chmas mulk qiymati o’zida muayyan mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadini aks ettiradi. Mol-mulk solig’i mahalliy budjetni shakllantirgani sababli, soliq stavkasi mahalliy hokimiyat tomonidan belgilanadi. Albatta, mahalliy hokimiyatning moliyaviy resurslarga bo’lgan talabidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Shu sababli, Buyuk Britaniyadagi mol-mulk solig’i turli shahar va grafliklari bo’yicha sezilarli darajada farqlanadi.
Germaniyada shaxsiy mulk solig’i tarixiy an’anaga egadir. Bu soliqni 1278 yilda qirol Rudolf fon Gabsburg joriy qilgan. Jismoniy shaxsning umumiy mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1955 yil 1 yanvaridan boshlab 1 foizga qadar ko’tarildi. Unga qadar soliq stavkasi 0,5 foiz darajasida edi. Sanoat korxonalari va kompaniyalari uchun 0,6 foiz soliq stavkasi belgilangan. Qishloq va o’rmon xo’jaligi mulki pasaytirilgan soliq summasi ko’rinishidagi imtiyozlarga ega.
Yaponiya soliq tizimida mol-mulk solig’i alohida o’ringa ega bo’lib, yirik uch guruh soliqlardan birini, ya’ni mol-mulk solig’i guruhini tashkil qiladi.
Yaponiyada bu soliqni bizning mamlakatdan farqli o’laroq yuridik va jismoniy shaxslar bir xil stavkada to’laydilar. Odatda bu mulk qiymatining 1,4 foizini tashkil qiladi. Mol-mulkni qayta baholash 3 yilda bir marta o’tkaziladi. Soliqqa tortiladigan ob’ektga barcha ko’chmas mulklar, yer, qimmatbaho qog’ozlar, bank depozitlari bo’yicha foizlar kiradi. Soliq shuningdek, mulk bir egadan boshqasiga o’tgan vaqtida, ya’ni mulk sotish yoki sotib olish vaqtida ham to’lanadi67.
Kanadada mulk solig’i mahalliy byudjetni shakllantirgani sababli, mahalliy organlar tomonidan undiriladi. Har bir provintsiyada soliqqa tortish maqsadida mulkni baholovchi maxsus bo’linmalar faoliyat yuritadi. Masalan, Ontario provintsiyasida 31 ta bu kabi bo’linmalar faoliyat yuritmoqda. Bunda hamma binolar baholanadi. Jixoz va uskunalar baholashga kiritilmaydi. Asosiy baho mulkning erkin bazorda sotilishi mumkin bo’lgan bozor bahosi hisoblanadi. Baholash mulkning egasisiz amalga oshiriladi. Agar soliq idorasining maxsus bo’linmasi belgilagan mulk qiymati bilan mulk egasi taqdim etgan mulk qiymati orasida tafovut bo’lsa, u holda bu kelishmovchilik maxsus tribunalga apellyatsiya berish orqali hal qilinadi.
Ko’chmas mulkdan soliq mol-mulk qiymatining 0,5 - 1 foiz hajmida undiriladi, sartaroshlar uchun uy qiymatining 30 foizi, advokat kontoralari va vrachlik xonalaridan - 50 foizi, spirt ishlab chiqarishda - 140 foiz.
Ispaniyada jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1920 yillarga qadar favqulodda soliq edi. Mol-mulk solig’i Ispaniyada mol-mulki bo’lgan jismoniy shaxslardan har yili undiriladi. Rezidentlar mol-mulkning qaerdaligidan qat’iy nazar uning butun summasidan, norezidentlar esa faqat Ispaniyadagi mol-mulk bo’yicha soliq to’laydilar. Mol-mulkning qiymati soliqqa tortiladigan baza bo’lib xizmat qiladi, undan arzonlashtirish miqdori chegirib tashlanadi. Madaniy va tarixiy boyliklar soliqqa tortilmaydi. Soliq rezidentlarning mol-mulk summasi 15 mln. pesetdan oshgan taqdirdagina to’lanadi (norezidentlarga bu qoida taalluqli emas). Soliq stavkalari mol-mulk qiymatining miqdoriga bog’liq bo’lib, umumiy qiymat summasining 0,2 foizdan 2,5 foizgacha miqdorda belgilangan68. Ispaniyada ko’chmas mulk solig’i mahalliy byudjetga tushadigan soliqlarga kiradi.
Shvetsiyada mulk solig’ini undirishda oilaning jami mulkini hisobga oladi. Uni faqat jismoniy shaxslar to’laydi. Soliq stavkalari progressiv xarakterga ega bo’lib, uni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin:

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin