Soliqlar va soliqqa tortish


Yer solig‘ini to‘lovchilar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə55/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

2. Yer solig‘ini to‘lovchilar. Soliq qonunchiligiga ko‘ra o‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi­ning norezidentlari yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadi. Agarda soliqqa tortishning alohida tartibi o‘rnatilgan yuridik shaxslar (mikrofirma va kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq ho‘jalik korxonalari, tadbirkorlik faoliyatining qat‘iy soliq to‘lanishi belgilangan yuridik shaxslar, audio va video kassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar) hamda notijorat tashkilotlar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, unda ular shu faoliyatda foydalaniladigan yerlari uchun yer solig‘ini to‘lovchilari hisoblanishadi.
Yer uchastkasidan foydalanganlik uchun soliq solish maqsadlarida mashina-traktor parklari (shu jumladan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari hududida barpo etiladigan muqobil mashina-traktor parklari), pilla urug‘i tayyorlash, pilla tayyorlash va birlamchi ishlov berish korxonalari qishloq xo‘jaligi korxonalariga tenglashtiriladi.
Ko‘chmas mulk ijaraga berilganda ijaraga beruvchi yer solig‘ini to‘lovchisi hisoblanadi. Qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslar (savdo korxonalari bundan mustasno) yer solig‘i o‘rniga budjetga ijara haqi to‘laydilar. Ijara haqi taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu haq qonun hujjatlarida belgilangan yer solig‘ining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan ko‘p bo‘lmasligi, yerlardan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda esa - bir stavkasi miqdorida bo‘lishi lozim.
Yer ijarachilarining hisobi, ijaraga olingan yer uchun ijara haqi hisob-kitoblarini taqdim etish, ijara haqini hisoblab chiqarish va to‘lash yer solig‘i uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
3.Yer solig‘i ob‘­ekti, bazasi va soliq stavkalari. Soliq kodeksiga ko‘ra mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari soliq solish ob‘ekti hisoblanadi. Soliq kodeksining 280-moddasiga ko‘ra quyidagilarga soliq solish ob‘ekti sifatida qaralmaydi:
a) aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari jumlasiga maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari va boshqa shu kabi yerlar;
b) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
v) kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsiz­lantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);
g) zahira yerlar.
Mavjud yer uchastkalaridan qonun xujjatlariga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlarini chegirib tashlash orqali soliq solinadigan baza aniqlanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi va ularning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi.
Yer solig‘i stavkalari jahon amaliyotida qabul qilinganidek, yer qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida yerning bozor qiymati shakllanmaganligi sababli, 1 gektar sug‘oriladigan yerdan olinadigan dehqonchilik yalpi mahsulotining o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib, uni shartli baholash amalga oshiriladi.
Jahon soliq amaliyotida yer solig‘i stavkalari turli mamlakatlarda turlicha belgilanadi, lekin o‘rtacha olganda yer qiymatining 5 foizidan oshmaydi. Soliq stavkalarini belgilashda tuproq boniteti (sifati) hisobga olinadi. Bonitetni aniqlashda tuproqning genetik kelib chiqishi, mexanik tarkibi, sho‘rlanganlik darajasi, tuproq qatlamining suv o‘tkazaolishi, zichligi kabi boshqa tabiiy xossalari hisobga olinadi. Tuproq boniteti 100 balli tizim bo‘yicha aniqlanadi. 100 ball 10 ta klassga bo‘linadi, ya‘ni 1 klass yerlar nol balldan 10 ballgacha, 2 klass yerlar 11 balldan 20 ballgacha, 3 klass yerlar 21 balldan 30 ballgacha va h.k. 10 klass yerlar 91 balldan 100 ballgacha baholanadi. Bunda yerning ball boniteti qancha yuqori bo‘lsa soliq stavkasi ham shuncha yuqori belgilanadi.
Yerlardan noqishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanadigan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2699-sonli qaroriga asosan quyidagicha guruhlanadi:
1. Sug‘oriladigan jamoat qishloq xo‘jaligi yerlari uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
2. Lalmi ekinzorlar, bo‘z yerlar va ko‘p yillik ko‘chatlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
3. Sug‘orilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
4. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
5. Toshkent shahrida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig‘i stavkalari.
6. Shahar va posyolkalardagi yer uchastkalaridan olinadigan yer solig‘i stavkalari.
7. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
8. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun fuqarolardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroridan kelib chiqib, mahalliy xokimiyat idoralari ham o‘zlarining xududiy territoriyasiga qarab qaror chiqarishadi va unda tegishli koeffitsientlar hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jalik yerlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer solig‘i yerning sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.
Shaharlar va shahar qo‘rg‘onlarining ma‘muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jalik ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig‘i qishloq xo‘jalik yerlariga belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida undiriladi.
Yuridik shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan), davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha yer uchastkalari uchun yer solig‘i yuridik shaxslar uchun 2,0 koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi. Davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha foydalaniladigan yerlar uchun yuqorida ko‘rsatilgan koeffitsientni qo‘llagan holda yer solig‘i to‘lanmagan taqdirda soliq to‘lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo choralari qo‘llanadi.
Ma‘muriy va sanoat markazlariga nisbatan olganda yer uchastkalarining joylashish joyiga bog‘liq holda qishloq joylari uchun belgilangan yer solig‘i stavkalariga quyidagi koeffitsientlar qo‘llanadi:
-Toshkent shahri atrofida 20 km lik aylanada - 1.30;
-Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 km lik aylanada - 1.20;
-tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada - 1,15;
-boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada - 1,10.
Yer uchastkalarigacha masofa shaharlar va tuman markazlarining ma‘muriy chegaralaridan boshlab avtomobil yo‘llari bo‘ylab belgilanadi. Yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan taqdirda shaharning yuqoriroq funktsional vazifasiga muvofiq keladigan koeffitsient qabul qilinadi.
Bir qishloq aholi punkti doirasida yagona stavkalarni belgilash maqsadida soliq to‘lovchilarga berilgan yerlar, yerlarning qanday qismi ushbu zonaga kirishiga bog‘liq holda, butunlay shahar atrofi zonasiga kiritiladi yoki ushbu zonadan butunlay chiqariladi.
Dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida yer solig‘i stavkalariga, yer sifatiga bog‘liq holda quyidagi koeffitsientlar qo‘llaniladi:
-tuproq boniteti 40 ballgacha bo‘lsa - 0,75;
-tuproq boniteti 41 dan 70 ballgacha bo‘lsa - 1,0;
-tuproq boniteti 70 balldan ortiq bo‘lsa - 1,25.
Shahar va qo‘rg‘onlarning ma‘muriy chegaralarida joylashgan kon va karerlar band etgan yerlar uchun soliq korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun belgilangan stavkalarga 0,1 koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi.
O‘rmon xo‘jaliklarida mollarni o‘tlatish uchun foydalanilmaydigan yaylov yerlar uchun yer solig‘i boshqa yerlar uchun stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.
4. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz­lar. Yer solig’i to’lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari — o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
2) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo’lgan xodimlar kiritiladi;
3) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to’xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi.
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
1) bog’dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish yo’llari, sug’orish ariqlari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari;
2) davlat qo’riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo’riqxonalarining, tabiat bog’larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo’riqxonalarning (ovchilik xo’jaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qo’riqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog’larning yerlari, yuqorida ko’rsatilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlari bundan mustasno;
3) sog’lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — tegishli muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo’lgan yer uchastkalari;
4) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan tarixiy-madaniy qo’riqxonalar, xotira bog’lari, sag’analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar;
6) suv fondi yerlari. Suv fondi yerlari jumlasiga suv havzalari (daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo’jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv xo’jaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari hamda boshqa suv ob’ektlari sohillari bo’ylab ajratilgan mintaqa yerlari kiradi;
7) elektr uzatish liniyalari, ularning podstantsiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
8) umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat ko’rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
9) madaniyat, ta’lim va sog’liqni saqlash ob’ektlari egallagan yerlar;
10) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari egallagan yerlar;
11) umumiy foydalanishdagi temir yo’llar, shu jumladan tuproq ko’tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo’l binolari, temir yo’l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo’l qurilmalaridan iborat temir yo’llar stantsiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo’l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
12) shahar elektr transporti yo’llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stantsiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
13) sport va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sog’lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda o’quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
14) aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari: magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stantsiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga o’xshash inshootlar egallagan yerlar;
15) magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stantsiyalari, yong’inga qarshi va avariyaga qarshi stantsiyalar, truboprovodlarni katodli himoyalash stantsiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o’xshash inshootlar egallagan yerlar;
16) magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko’paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stantsiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, tsirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o’xshash inshootlar egallagan yerlar;
17) samolyotlarning uchish-qo’nish maydonlari, yerda boshqarish yo’lkalari va to’xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan yerlar;
18) O’zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati davrida;
19) konservatsiyaga qo’yilishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan ob’ektlar egallagan yerlar, ularning konservatsiyasi davrida;
20) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stantsiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
21) yuridik shaxs balansida bo’lgan va xo’jalik faoliyatida foydalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan ob’ektlar egallagan yerlar;
22) ihota o’rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota o’rmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: o’rmonlarning daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlari sohillari bo’ylab o’tgan taqiqlangan mintaqalari; o’rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o’rmonlar; o’rmonlarning temir yo’llar va avtomobil yo’llari yoqalab o’tgan ihota mintaqalari; cho’l va chala cho’l zonalaridagi o’rmonlar; shahar o’rmonlari va o’rmon-bog’lari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko’kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o’rmonlar; suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o’rmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi o’rmonlar; alohida qimmatga ega bo’lgan o’rmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan o’rmonlar;
23) qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yangi o’zlashtirilayotgan yerlar, ularni o’zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o’zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
24) melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug’oriladigan yerlar, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
25) yangi barpo etilayotgan bog’lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga. Kuzda o’tkazilgan yangi ko’chatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda o’tkazilgan ko’chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi;
26) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo’jaligi ahamiyatiga molik va o’rmon fondidagi yerlari, qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o’quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o’quv-tajriba xo’jaliklarining bevosita ilmiy hamda o’quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning selektsiyasi o’tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va o’quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq to’lashdan ozod qilinadi.
Belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
5. Yer solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash muddatlari. Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo’jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet balli pasaygan) taqdirda, yer solig’i yerning sifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar bo’yicha yuridik shaxslar tomonidan to’lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo’jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig’i qishloq xo’jaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida to’lanadi.
Kalendar yil soliq davridir.
Y [ОКОЗ:__1.'>ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
er solig’i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo’lgan holatga ko’ra hisoblab chiqariladi va yer solig’ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi.
Yer solig’ini hisoblab chiqarish Soliq Kodeksning 281-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq solinadigan bazada (hisoblangan soliq summasida) soliq davri mobaynida o’zgarish bo’lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida davlat soliq xizmati organiga yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etishi shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xo’jaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida o’zgarishlar yuz bergan yagona yer solig’ini to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligi korxonalari yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 1 dekabriga qadar taqdim etadi.
Yil mobaynida yagona soliq to’lovini to’lashga o’tayotgan umumbelgilangan soliqlarni to’lovchilar — mikrofirmalar va kichik korxonalar umumbelgilangan soliqlar ular tomonidan to’langan davr uchun yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yagona soliq to’lovini to’lashga o’tilayotgan oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi.
Y [ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
er solig’ini to’lash, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Soliq davri mobaynida yer solig’i to’lashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to’lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yagona yer solig’i to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan yer solig’ini to’lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- hisobot yilining 1 sentyabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
- hisobot yilining 1 dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin