3. Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qazib olinadigan xom-ashyo turlari bo‘yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning tabaqalashtirilgan stavkalari belgilangan. Foydali qazilmalarni qazib olishning tabiiy noqulay sharoitda ishlaydigan konlar davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda qo‘llab quvvatlanadi. Ularga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkalarni joriy etish orqali bunday korxonalar ishlab chiqarishini rivojlantirish va zamonaviylashtirishga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi vaqtda jami 56 turdagi foydali qazilmalarga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda soliq stavkalari o‘rnatilgan.
2017 yil 1 yanvardan boshlab yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan.