Soliqlar va soliqqa tortish


Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə82/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort


18.2. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma.

1. Majburiy ajratma to‘lovchilari, ob‘ekti, bazasi va stavkalari. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pensiya yoshiga etganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy yordam olish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqga egadirlar. Ushbu huquqiy me‘yorlar O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul kilgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minot to‘g‘risida”gi Qonunida ham belgilab berilgan.


Pensiya ta‘minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar to‘liq yig‘ilishini samarali tashkil qilish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta‘minotini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 444-sonli qarori bilan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash va mablag‘ to‘liq tushishi ustidan nazorat qilish funktsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatildi va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar soliqlarga tenglashtirildi. Pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari har yili O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma budjeti tarkibiga kiritiladigan bo‘ldi hamda Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarga nisbatan moliyaviy jazolar qo‘llanilishi, shu jumladan to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya hisoblanishi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yildi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘lar to‘plash tartib qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 dekabrdagi "Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 498-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida 2004 yilgacha amalga oshirilib keldi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qarori bilan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartiblarini soddalashtirish maqsadida, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va kasaba uyushmalari jamg‘armasiga ajratmalar birgalikda yagona ijtimoiy to‘lov nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi.
Soliq kodeksining 312-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmani to‘lovchilari hisoblanadi.
Quyidagilar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmaning to‘lovchilari bo‘lmaydi:
- umumbelgilangan soliqlarni tolovchi mikrofirma va kichik korxonalar, akstiz va yer qari tolovchilari mustasno;
-notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;
- yagona soliq to‘lovini to‘lovchi yuridik shaxslar.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmaning ob‘ekti va bazasi quyidagicha belgilangan.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin