Soliqlar va soliqqa tortish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə78/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

Soliqlarning turlari

Soliq stavkalari

Quyidagilarning iste’moli uchun undiriladigan soliq*:




transport vositalari uchun benzin,

1 litr uchun 465 so’m/
1 tonna 617 700 sum

transport vositalari uchun dizel yoqilg’isi

1 litr uchun 465 so’m/
1 tonna 565 000 sum

transport vositalari uchun suyultirilgan gaz

1 litr uchun 230 so’m/
1 tonna 436 300 sum

transport vositalari uchun siqilgan gaz

1 kub metr uchun 275 so’m

Soliq summasi chakana narxga qo‘shimcha ravishda belgilanadi va jismoniy shaxs - xaridorga beriladigan chekda alohida satr bilan ko‘rsatiladi.


Soliq summasi jismoniy shaxslarga sotiladigan benzin, dizel yonilg‘isi va gaz uchun mablag‘ to‘lanishi bilan bir vaqtda undiriladi.
Soliq summasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
N = V x St,
bu yerda:
N - hisoblab yozilgan soliq;
V - jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yonilg‘isi yoki gazning natural ifodadagi hajmi;
St – soliq stavkasi.
Hisoblab chiqarilgan va ushlangan soliq summasi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar uchun tushum deb hisoblanmaydi hamda boshqa to‘lanadigan soliqlar, yig‘imlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq solish ob‘ekti yoki bazasi bo‘lmaydi.
3. Soliq hisobini yuritish va uni budjetga to‘lash muddatlari. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi transport vositalari uchun realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yoqilg’isi va gazning narxida hisobga olinadi. Benzin, dizel yoqilg’isi va gazdan o’z ehtiyojlari uchun foydalanilganda transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisoblangan summasi soliq to’lovchining xarajatlariga kiritiladi.
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisob-kitobi joriy o’n kunlik to’lovlar hisobga olingan holda har chorakda, soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Hisob-kitob benzin, dizel yoqilg’isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi, bundan avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilg’isi va gazni realizatsiya qilish hollari mustasno. Avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilg’isi va gaz realizatsiya qilinganda hisob-kitob avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to’lash transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz realizatsiya qilingan oyning o’n kunligi tugaganidan keyingi uchinchi kundan kechiktirmay, hisob-kitob taqdim etiladigan yerda har o’n kunda amalga oshiriladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin