Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort
2. Majburiy ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
- korxonalar tomonidan – yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq kodeksining 54-bobiga asosan Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan tashqari yig‘imlar ham to‘lanadi.
3. Yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarni to‘lovchilar, ob‘ekti va bazasi.
Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlariga quyidagilar kiradi:
- avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im.
Amaldagi Soliq kodeksining 321-moddasiga binoan avtotransport vositalarini oluvchi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi. Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘imi to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi.
Yig‘imlar uchun ob‘ekt quyidagilardir:
- avtotransport vositalarini olish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish;
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tish.
Yig‘imlar undiriladigan baza sifatida quyidagilar belgilangan:
- olingan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalarining qiymati;
- O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganida chet davlatlarning avtotransport vositalari.