Soliqlar va soliqqa tortish


Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblash uslubiyatining amaldagi holati tahlili



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə14/20
tarix30.03.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#54440
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
МАХАМЕДОВ Ш CCT-51 охир

4.Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblash uslubiyatining amaldagi holati tahlili.

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida yerdan foydalanish va yerga egalik qilish pullidir. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i davlat byudjeti va soliq to’lovlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun ham u iqtisodiy kategoriyalar turkumiga kiradi. Yer solig’ining iqtisodiy mohiyati, mazmunini ochish uchun davlat byudjeti va soliq to’lovchilar o’rtasidagi yuzaga keladigan ko’p qirrali munosabatlarning xarakterini o’rganish lozim. U ayrim to’g’ri soliqlardan farqli o’laroq, mahalliy soliqlar guruhiga kiradi.

Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar belgilashga haqli.

Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq 1 - 3-bandlarida belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi.

Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlarga nisbatan soliq stavkasi, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 3 foiz miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ‑73‑son qaroriga asosan 2022 yilda soliq yukining keskin oshib ketmasligi uchun hisoblangan soliq summasi 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol‑mulk solig‘i summasi 2021 yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi belgilangan.




Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin