Soliqlar va soliqqa tortish


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə2/20
tarix30.03.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#54440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
МАХАМЕДОВ Ш CCT-51 охир

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRIH

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, jamiyatning barcha sohalarida boʻlgani kabi davlat boshqaruvi mexanizmining asosiy tayanchi boʻlgan soliq sohasidagi islohotlar ham izchillik bilan amalga oshirilib borilmoqda.

Istiqlol yillarida soliq siyosatimizning eng muhim yutuqlari shundaki, bu yoʻnalish yosh mustaqil davlat uchun yangi soha boʻlsada, iqtisodiy, siyosiy, milliy oʻziga xos xususiyatlarimiz, uzoq yillik davlatchilik anʼanalari hamda rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalaridan ijobiy foydalangan holda milliy soliq tizimi va davlat soliq xizmati boshqaruvi organlari tizimi shakllantirildi.

Bozor iqtisodiyoti asosida rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, faqatgina iqtisodiy jihatdan erkin boʻlgan subyekt tadbirkorlar faoliyati subyektlari haqiqiy mulk egasi boʻlib, u oʻz mulkidan samarali foydalanishi va shu orqali mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir etishda faol ishtirok etishmoqda.

Istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilingan besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yoʻnaltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga oʻtish modeli yildan-yilga ilgarilab borganimiz sari oʻzini amalda oqlab, naqadar toʻgʻri va puxta ekanligini isbotlamoqda.

Jamiyatni yangilash va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish sharoitida amalga oshirilayotgan huquqiy va iqtisodiy sohadagi islohotlarning asosiy maqsadi inson manfaatlarini himoya qilish, mavjud qonunchilikni takomillashtirish va bozor iqtisodiyotining asosiy negizlaridan biri boʻlgan tadbirkorlik bilan bogʻliq munosabatlarni rivojlantirish kabi vazifalar hisoblanadi.

Mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyatni yangilash, iqtisodiyotning jadal surʼatlar bilan oʻsishi va uning makroiqtisodiy mutanosibligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bu yoʻnalishlarni amalga oshirishning asosiy sharti boʻlmish tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik harakatining izchil qadamlar bilan erkin rivojlanishiga kafolat va imtiyozlar beradigan siyosatni davom ettirish - bosh vazifamiz boʻlib qolishi zarur.

Istiqloldan soʻng mamlakatimiz tadbirkorlik subyektlariga nisbatan yaratilayotgan keng imkoniyatlar davlatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim omil boʻlmoqda.

Bu jarayonlar avvalo, tadbirkorlik subyektlariga oid qonun hujjatlarida takomillashuvlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ular huquqini kengaytirish hamda manfaatlarini hal qilishga doir normalarning yanada mukammalashuvida va huquqiy imkoniyatlaring kengayib borayotganligi hamda soliq sohasidagi islohotlarning tadbirkorlar manfaati yoʻlida erkinlashtirilayotganligida namoyon boʻlmoqda.

Soliq imtiyozlarini amalga oshirishda, soliq toʻlovchilar huquq va manfaatlarining himoyasini taʼminlashda, solliqqa tortish masalalarini hal etishda qonunchilik asoslari muhim oʻrin tutadi. Bunday asoslar jumlasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Soliq kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunlar, sud hujjatlari va boshqa davlat organlari hujjatlari kabilar kiradi.



Respublikamizda soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarni yanada soddalashtirish, soliq siyosati orqali keng imtiyozlar berish hamda soliqqa tortish bilan bogʻliq jarayonlarga huquqiy baho berish mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi va ustuvor vazifalari sifatida qaraladi.

Hozirgi vaqtda davlatimizning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida eng dolzarb masalalardan biri - soliq tizimini tubdan isloh qilishdir. Soliq imtiyozining iqtisodiy jihatlarini, soliq munosabatlari bilan bogʻliq asoslari, moliya, jumladan soliqlar va soliqqa tortish bilan bogʻliq nazariy masalalari boʻyicha izlanishlar bugungi kun davrlarigacha xorijlik olimlardan F.Nitti, D.Rikardo, D.Keyns, S.Bryu, K.Makkonel, D.G.Chernik, A.V.Brыzgalin, S.V.Gusakov, Ye.A.Kirovalarning ilmiy ishlarida oʻz aksini topgan.

Oʻzbekistonlik iqtisodchi olimlar va amaliyotchilardan E.F.Gadoyev, T.S. Malikov, V.Yu. Galkin, А.Joʻrayev, Q.A. Yaxyoyev, О.О.Olimjanov, В.Toshmurodova, M.I. Yoʻldoshev, N.X.Xaydarov, Sh.O.Toshmatov kabi mutaxassislarning ilmiy va amaliy ishlarida oʻz aksini topgan hamda ilmiy asarlarida tahlil etishgan.




Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin