3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash uslubiyatining amaldagi holati tahlili. Mol-mulk solig’i mavjud va moddiy ko’rinishdagi, ya’ni mulk shaklida bo’lgan ob’ektlarga nisbatan qo’llaniladi. Bu soliq turi iqtisodiy mohiyatiga ko’ra to’g’ri soliq sifatida ham amal qiladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1993 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’g’risida”gi Qonuni asosida joriy etilgan bo’lib, hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 60 – bobi, 418-423 moddalari asosida undiriladi va huquqiy tartibga solinadi.