Soliq solish obyekti Soliq Kodeksning 365 – moddasiga asosan Soliq to‘lovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining (bundan keyin ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti deb hisoblanadi.
Soliq Kodeksning 392-moddasida belgilangan tartibda soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to‘lash xohishini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliqqa tortish obyekti bo‘lib amalga oshirilayotgan faoliyat turini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlar hisoblanadi.