Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari



Yüklə 64,23 Kb.
səhifə1/3
tarix05.12.2023
ölçüsü64,23 Kb.
#172828
  1   2   3
Soliqqa oid huqubuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik usullari

Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari.




Reja:

  1. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikning mohiyati.

  2. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortishning umumiy shartlari.

  3. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari.

  1. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikning mohiyati.


Soliq organlari ish faoliyatini avtomatlashtirish so’nggi 10 yil ichida jadal sur’atlar bilan rivojlandi va bugungi kunda soliq ma’murchiligining barcha asosiy yo’nalishlariniqamrab olgan10 ta dasturiy mahsulot va 31 ta avtomatlashtirilgan axborot tizimlari amaliyotga joriy etildi.


Prezidentimizning 2012 yil 30 oktyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1843-sonli Qaroriga muvofiq, Davlat soliq qo’mitasi tomonidan Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasi ishga tushirilib barcha hududiy davlat soliq inspektsiyalarining axborot bazalari DSQning markaziy ma’lumotlar bazasiga integratsiyalashtirildi.
Ikkinchi bosqichda esa, soliq to’lovchilar majburiyatlarining paydo bo’lishi bo’yicha 53 ta vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazasi Davlat soliq qo’mitasining ma’lumotlar yagona axborot bazasiga integratsiyalashtirildi.
Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasidan foydalangan holda tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolarga 31 turdagi elektron davlat xizmatlari joriy etildi. Soliq organlarida ro’yxatdan o’tish, ariza bilan murojaat qilish, byudjet bilan munosabatlari to’g’risida solishtirish dalolatnomasini olish, deklaratsiyalarini topshirish uchun inspektsiyalarga tashrifsiz elektron tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Davlat soliq qo’mitasi tomonidan «my.soliq.uz» portali ishga tushirilib, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda soliq to’lovchilar uchun yangi qulaylik va imkoniyatlar yaratildi.
Yangi portalni yaratishdan maqsad - aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat soliq xizmati organlari bilan o’zaro munosabatlarini elektron shaklga o’tkazish orqali faoliyatimizning shaffofligi, tezkorligi va samaradorligi yangi bosqichga ko’tarildi.
Portal yordamida tadbirkorlik sub’ektlari barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni onlayn rejimida to’lashlari mumkin.
Interaktiv xizmatlar yordamida mustaqil ravishda hisoblangan, jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan mol-mulk va yer ob’ektlari uchun soliqlarni “Click”, “Mbank” hamda “U-Pay” xizmatlaridan foydalanib o’z uylaridan chiqmagan holda to’lash imkoniyatining yaratildi.
Bundan tashqari, zamonaviy smartfon va planshetlar uchun foydalanishga mo’ljallangan “SOLIQ” mobil ilovasi yordamida Davlat soliq qo’mitasining 15 turdagi interaktiv xizmat turlaridan tez, oson va qulay shaklda foydalanish mumkin.
Saytda soliq qonunchiligidagi o’zgarish va yangiliklar, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to’lovchilarga ko’rsatilayotgan interaktiv xizmatlar haqidagi ma’lumotlar joylashtirilib, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolarga 18 turdagi interaktiv hamda 20 turdagi elektron xizmatlar taqdim etilmoqda.
Respublikamiz aholisining soliqqa oid huquqiy madaniyati darajasini yanada yuksaltirish, soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o’zgarishlarni soliq to’lovchilarga etkazish maqsadida, joylarda ular bilan seminarlar va uchrashuvlar tashkil etish orqali har oyda huquqiy targ’ibotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, 2016 yilning 1 iyun holatiga O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarni, shuningdek Prezidentimizning Farmon va qarorlari bilan tadbirkorlik sub’ektlariga qo’shimcha tarzda berilgan soliq sohasidagi imtiyozlar, engilliklar hamda preferentsiyalarni targ’ibot-tashviqot qilish yuzasidan Respublika bo’yicha jami 5,2 mingdan ortiq og’zaki huquqiy targ’ibot (ma’ruzalar, davra suhbatlari, seminarlar) o’tkazilib, unda 250,0 mingdan ortiq soliq to’lovchilarning qatnashishi ta’minlandi.
O’ylaymizki, tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilayotgan qulay shart- sharoitlar, biznesni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va barqaror rivojlanishiga, xalq farovonligining yanada oshishiga, oldimizga qo’yilgan ustuvor vazifalarni samarali hal etishga zamin yaratadi.
Soliq to’lovchining qonun hujjatlari asosida javobgarlik belgilangan g’ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi. Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarligi o’n olti yoshdan boshlab vujudga keladi.
Shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortishning quyidagi umumiy shartlari mavjud:

  • hech kim soliqqa oid huquqbuzarlik uchun soliq qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqa asoslar bo’yicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

  • hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

  • agar jismoniy shaxs sodir etgan soliqqa oid huquqbuzarlikda O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bo’lmasa, bu huquqbuzarlik uchun soliq qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi.

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanktsiyalar yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda qo’llanilishi belgilab qo’yilgan.
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud bo’lgan taqdirda, uning mansabdor shaxslarini ma’muriy, jinoiy va boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
Soliq to’lovchining soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi uni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatidan ozod etmaydi.
Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar u soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortilayotgan shaxs o’zining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikda aybsiz ekanligini isbotlashi shart emas.
Soliq to’lovchi soliqqa oid bir necha huquqbuzarliklar sodir etgan taqdirda, moliyaviy sanktsiyalar har bir huquqbuzarlikka nisbatan alohida-alohida qo’llaniladi.
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanktsiyalar qo’llanilgan shaxs moliyaviy sanktsiyalar qo’llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xuddi shunday huquqbuzarlikni takroran sodir etmagan bo’lsa, u moliyaviy sanktsiyalarga tortilmagan hisoblanadi.
Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo’lgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:

  • soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi faktining yo’qligi;

  • soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yo’qligi.

Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar ham mavjud bo’lgan taqdirda, shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Soliq to’lovchi soliq tekshiruvi o’tkazilguniga qadar xatoni o’zi tuzatgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi, faqatgina penya to’lash bundan mustasno.
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar ham mavjud.
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:
soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari bo’lgan qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo’lmaydigan holatlar oqibatida sodir etilganligi (mazkur holatlar hammaga ma’lum faktlarning mavjudligi, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ma’lumotlar va isbotlash uchun maxsus vositalar talab etilmaydigan boshqa usullar bilan belgilanadi);
soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari bo’lgan qilmish bunday qilmish sodir etilgan paytda kasallik oqibatida o’z harakatlarini o’zi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan holatda bo’lgan (mazkur holatlar mazmuni, mohiyati va sanasi bo’yicha soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan o’sha soliq davriga taalluqli bo’lgan hujjatlarni taqdim etish orqali isbotlanadi) jismoniy shaxs — soliq to’lovchi tomonidan sodir etilganda;
vakolatli organlar yoki ular mansabdor shaxslarining soliqqa oid qonun hujjatlarining qo’llanilishi masalalari bo’yicha o’z vakolatlari doirasida bergan yozma tushuntirishlari soliq to’lovchi tomonidan bajarilganda (mazkur holatlar ushbu organlarning tegishli hujjatlari mavjud bo’lgan taqdirda belgilanadi, ushbu hujjatlar ma’nosi va mazmuniga ko’ra, hujjatlar qabul qilingan sanadan qat’i nazar, soliqqa oid huquqbuzarlik yuz bergan soliq davriga taalluqli bo’lishi lozim).
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni engillashtiruvchi holatlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:
og’ir shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar kechishi oqibatida huquqbuzarlik sodir etish;
tahdid yoki majburlash ta’sirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramlik sababli huquqbuzarlik sodir etish;
sud tomonidan javobgarlikni engillashtiruvchi deb topilishi mumkin bo’lgan boshqa holatlar.
Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni og’irlashtiruvchi holat deb e’tirof etiladi.
Moliyaviy sanktsiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo’lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida qo’llaniladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga — soliq to’lovchilarga moliyaviy sanktsiyalar sud tartibida qo’llaniladi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddati o’tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq to’lovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to’lagan hollar bundan mustasno.
Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar faqat sud tartibida qo’llaniladi, penya hisoblash hollari bundan mustasno.
Soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penya materiallar sudga berilgan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda to’langan taqdirda tadbirkorlik sub’ekti — soliq to’lovchi o’ziga nisbatan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lamaganligi uchun jarimalar qo’llanilishidan ozod qilinadi.

  1. Yüklə 64,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin