Soliqqa oid huqubuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik usullari
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari.
Amaldagi soliq kodeksining 113-121 moddalariga muvofiq, soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari belgilab qo’yilgan. Sodir qilingan huquqbuzarlik turlariga qarab javobgarlik choralari turlicha qilib belgilangan.
№ Soliqqa oid javobgarlik turlari Soliq javobgarligi choralari
1
Soliq to’lovchining davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bo’yin tovlashi ko’rinishidagi huquqbuzarlik:
agar faoliyat ko’pi bilan o’ttiz kun amalga oshirilgan bo’lsa
agar faoliyat o’ttiz kundan ortiq amalga oshirilgan bo’lsa,
eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan sof tushumning o’n foizidan kam bo’lmagan miqdorda
eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan sof tushumning ellik foizidan kam bo’lmagan miqdorda.
2.
Soliq to’lovchining davlat soliq xizmati organida ob’ektlar bo’yicha hisobga turishdan
bo’yin tovlashi: eng kam ish haqining ellik baravari agar hisobga turish bo’yicha belgilangan miqdorida;
muddatdan ko’pi bilan o’ttiz kun o’tgan bo’lsa
agar hisobga turish bo’yicha belgilangan eng kam ish haqining yuz baravari muddatdan o’ttiz kundan ortiq o’tgan bo’lsa miqdorida.
Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash yoxud
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya Kirim qilinmagan Tovar qiymati qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib miqdorida jarima
ko’rsatish):
Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan holler
3.
mustasno.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya
qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko’rsatish) :
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum yashirilgan (kamaytirib ko’rsatilgan)
summasining 20 foizimiqdorida jarima
4.
Soliq hisobotini o’z vaqtida taqdim etmaganlik yoki kameral nazorat natijalari bo’yicha aniqlangan tafovutlar asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq
hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaganlik uchun soliq to’lovchi
yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to’lovchi — jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
5.
Buxgalteriya hisobining mavjud emasligi yoki uni belgilangan tartibni buzgan holda yuritganlik hisoblanishi lozim bo’lgan soliqlar va boshqa
majburiy to’lovlar summasini aniqlab bo’lmasligiga olib kelsa
soliq to’lovchi — yuridik shaxsning mansabdor shaxsi ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
6.
Qo’shilgan qiymat solig’i solinmaydigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi bo’lmagan mahsulot etkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilishda qo’shilgan qiymat solig’ini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik
mahsulot etkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada ko’rsatilgan qo’shilgan qiymat solig’i summasining 20 foizi miqdorida
7.
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan va to’lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo’yicha hisob-kitob terminallaridan foydalanish tartibini buzish:
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) to’lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo’yicha hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy bo’lgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko’rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitantsiyalar yozib berish, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy bo’lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik
Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat- kassa mashinalaridan foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat ko’rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, shuningdek plastik kartochkalar asosida to’lovlarni qabul qilishni rad etganlik
eng kam ish haqining o’ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddatlarini buzish
to’lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun,
to’lov kuni ham shunga kiradi, 0,033 foiz miqdorida penya
Shu bilan birga, har bir soliq to’lovchi davlat soliq xizmati organlarining
qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan
shikoyat berish uchun davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga (yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga) yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Davlat soliq xizmati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga (yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga) shikoyat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha shikoyat bo’yicha davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qo’shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanktsiyalar qo’llanilishini to’xtatib turadi. Soliq to’lovchi qaysi davlat soliq xizmati organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari ustidan shikoyat qilayotgan bo’lsa, o’sha organni davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi to’g’risida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.