G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar tarixi geografiyasi.
IX-XVII asrlarda geografik bilimlar.
Mo`g'illarning O`rta Osiyoni istilo qilishi.
Xulosa Foydaanilgan adabiyotlar IX asrning oxirgi choragida Movoraunnarxrning barcha viloyatlari Samoniylar tasarrufiga o`tib u o`з mustaqilligini tiklab oladi. Samoniy davlati 888 yilgi aka ukalar jangidan so`ng Ismoil Samoniylar davlatiga asos soladi. Uning davrida Buxoroning Komprak devori qurilishi to`xtatib qo`yiladi. Tarixshunos mutafakkur Narshoxiyning yozishicha Amir Ismoil kuchli qo`shinini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman Buxoro viloyatining devori men bo`laman" - deb aytgan edi. Somoniylar davlat boshqaruvida amir devonlar boshqaruvidan foydalangan. Somoniylar davlati o`nta devon asosida boshqarilgan. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib davlat mhkamasi mana shu maxsus binoga joylashtirilgan edi. Ular orasida "Vazir devoni2 bosh boshqaruv maxkamasi hisoblanar va davlatning ma`muriy siyosiy xo`jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazir devoniga tobe edi.
"Mustafiy devoni" bu devon davlatning butun moliyaviy ishini boshqargan. "Devoni Amir - al mulk" davlat ahamiyatiga molik bo`lgan rasmiy xujjatlarni tuzish bilan shug'ullangan. Bundan tashqari bu devon chet davlatlar bilan olib boriladigan o`zarol munosabatlarni boshqargan.
"Sohibi-ash shur`at" bu devon davlat ahamiyatiga molik bo`lgan xujjatlarni, xabarlarni etkazish bilan shug'ullangan.
"Muxtasib devoni" bozorlarni, sotuvchilarni qadoq toshlar og'irligi bozordagi mollarning narxini sifatini nazorat qilish bilan shug'ullangan.
"Mushtarif devoni" xazinaning daromadini xarajatlarini nazorat qilgan.
"qozi az-ziya devoni" davlat erlarini "vaqf devoni" hadya etilgan erlarni va musulmon ruxoniylarning boshqa mol mulklarini nazorat qilish.
Er egaligining quyidagi shakllari: Mulki sultoniy-shaxsan amirga tegishli er, suv, tegirmon, do`konlar, bu mulklarni qishloq chorikorlari ijaraga olganlar. Yana er egaligining tu`ma (umrbod berilgan er) iq`to (merosiy) turlari bo`lgan.
Xususiy shaxslarga tegishli mulk erlari xukmdor tabaqa honadoni, dehqon, zodagonlarga,sayidlar, spahsozlar, davlat savdogarlarga tegishli mulklar hisoblangan. Shartli er egaligi ham bo`lgan.
Vaqf mulklari diniy-muassasalarga va madrasalarga tegishli mulk, bu mulkni muassasa mutavvalisi boshqargan.
Jamoa erlari - yaylov tog' bag'irlaridagi suvsiz lalmikor erlar kirgan. Xiroj sharoit va davlat qonunlariga asoslanib olingan. Somoniylarning Buxoro va Karmana viloyatlari Xurojdan tushga ndaromad 11116866 dirhomni tashkil qilgan. Somoniylar davrida erni qaytadan taqsil qilinadi. Er egaligining yangicha guruhi tashkil qilinadi. Ularnig ko`pchiligi spohiylardan chiqqan edi. Bu davrda Movoraunnaxr va Xuroson sharqning iqtisodiy jixatdan eng rivojlangan o`lklardan hisoblanar edi. Hususan va ayniqsa Movoraunnaxr dexqonchilik o`lkasiga kiritilgan edi. Bu erlarda dehqonchilik asosan sun`iy sug'orishga asoslangan. Buxoro vohasida Shopurkon, Shohrud, Karmana, Koykand, Samarqand vohasida Darg'am, Barmashi, Buzmadisoy, Ishtihon kabi kanallar shahar va qishloqlarni suv bilan ta`minlaydi. Bundan tashqari bunday kanallar Xorazm, qashqadaryo Farg'ona va Shoshda ham bo`lgan. Dalalarda bug'doy, arpa, sholi va boshqa boshoqli ekinlar ekilgan. Dehqonchilik solig'i - xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim chiqimlarining kattagina qismini qoplar edi.
Dehqonchilik paykallariga suv etkazib berish uchun mirob, jo`ybor va poykar kabi xalq ichidan chiqqan sug'orish bo`yicha mutaxassislar yoz bo`yi oyoqqa turganlar. IX asrdan boshlab Buxoro vohasining suv ta`minoti bilan shahsan shahar qozisining o`zi shug'ullangan.
Somoniylarda paxtadan tashqari rang olish uchun zafaron va ro`yon kabi nodir texnik o`simliklar o`stirilgan.
Bog'dorchilikka ham katta ahamiyat berilgan. Bog' va Chinorbog'larda uzum, anor, anjir, olma, nok, behi, o`rik, shaftoli, olxo`ri, rocha, tut, jtyda va boshqa mevalar etishtirilgan. Xususan uzumning o`nlab navidan nixoyatda ko`p xosil olingan. Uzumdan mag'iz, shinni, sirka va musullas tayyorlanar edi. Movoraunnahr va Xorazmda sabzlvlt va poliz ekinlari serob bo`lib, qovunlari nixoyaida shirin bo`laр edi.
Somoniylar davrida chorvachilik ham taraqqiy etgan. Ot, eshshak, tuya, xo`kizlar qo`sh arava va moyjuvozlarga qo`shib ishlatilgan. Davlat xarbiy qo`shinlari uchun ot etkazib berish chorvachilikniнг muxim vazifasi edi. Aholining go`sht va teri, jun bilan ta`minlash ham chorvadorlar qo`lida edi. Somoniylar davrida ayniqsa Movoraunnaxir va Xorazmda to`qmachilik, kulolchilik, degrezlik, chilangarlik misgorlik, zargarlik shishasozlik kabi xunarlarancha rivojlanadi. O`sha davrda Buxorо "zandonachi", Samarqand esa "Vadoriy" nomli to`quvchilikdagi matolari bilan nom taratgan.
Konchilikda somoniylar davrida Zarafshon vodiysidan (tog'laridan) temir), mis, qo`rg'oshin, feruza. Эloq viloyati kumush va qo`rg'oshin Farg'ona vodiysidan ko`mir va neft topib ishlatilgan.
Ichki va tashqi savdo somoniylar davrida rivojlandi. Savdoning rivoji uzoq davlatlar bilan savdo o`shа davrda keskin tusda avj oldi. X asrda tashqi savdo masalalalirda savdogarlar "sorrojlik cheklaridan" foydalanganlar. Somoniylar davrida ichki savdoda "foiz" deb atalgan mis chaqa, tashqi savdoda esa kumush tanga - dirxom ishlatilar edi. Kumush tangalar faqat xukumdor boshlig'i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va shashda davlat zorbxonalarida so`qilar edi. Somoniylar "ismoiliy" "Muhammadiy" "g'itrifiy" nomli kumish dirxomlar zarb ettirishgan. Kumush tanga xolida ko`proq sharqiй Evropa mamlakatlariga olib chiqilgan.
X ars o`rtalarida Issiq ko`lning Janubiy va qashg'arda yashagan yagmo qabilalari kuchayib avval o`zlaridan Shimoliy Sharqdagi jikiy qabilalari bilan itfoq tuzadilar. Dastlab ular Ettisuvga xujumm qilib qorluqlarni bo`ysindiradi va qoraxoniylar davlatini tashkil qiladi. Yo!zma manbalarda yaxmolarning turkiy qavmlari ichida madaniy jixatdan eng qolog'i deb tariflaydilar. Bu yangi turk davlati podsholari "Arslonxon" yoki "Buxroxon" nomi bilan yuritilgan. Bu unvonlar bu ikki qabilaning totemi xisoblangan. Arslon - jikul qabilasining totemi. "Bug'ro" esa yag'mo qabilasining totemi bo`lgan. U og'ir yuк ko`taradigan tuya manosini bildirgan.
992 yilda Xason Buxroxon boshliq qoroxoniylar Movaraunaxrga xujum boshlaydilar. Ular Buxoroga yurish qilib qiyinchiliksiz somoniylarni engadilar va Buxoroni egallaydilar. Bug'roxon kasalligi tufayli qoshg'arga qaytadi. 996 yili qoraxoniylar yana Buxoroga yurish boshlaydi. Эndi Somoniylar davlatiga putur etadi va uning o`rnida qoshg'ordan Amudaryogacha cho`zilgan, Sharqiy Turkistonni bir qismini, Ettisu, Shosh, Farg'ona qadimgi So`g'dni o`z ichiga olgan qoraxoniylar davlati tashkil topadi. 1038 yilda mahalliy hukmdor. Ibroxim Bo`ritakin Amudaryo bo`yi viloyatlari Hutalon, Vaxsh, Chog'oniyonni g'aznaviylardan tortib oladi. U Farg'ona va Movaraunaxrni o`ziga bo`ysindirib mustaqil davlat boshqara boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga bo`linib ketadi. Birining poytaxti Bolasog'in bo`lgan qoraxoniylar davlati. Ikkinchisi Movaraunaxrdagi qoraxoniylar davlati edi.
qoraxoniylar davlati el-yurt va viloyatlarga bo`lib boshqariladi. Эl-yurt hokimligi "Эloqxon"viloyat noiblari esa "Tekin" deb yuritilgan. Эloqxonlar o`z nomlari bilan chaqa tangalar chiqarar, viloyat mustaqilligi uchun intilar edi.
Xo`jaligi Movaraunnaxrdagi qoraxoniylar dehqonchilik mavzelarini ham yaylovlarga aylantirganlar, ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi xisoblanar, turk qabilalarining asosiy mulkiga aylantirildi. XI asrda Movaraunnaxr va ayniqsa, Zarafshon vodiysida dala, poliz va bog'lar barpo bo`ldi. Эkin maydonlari qisqarib ketadi. Abu nasir Ahmadning yozishicha "Buxoro va uning atrofidagi erlar shunchalik (tushi) qadri tushib ketgan edig hatto uni tekinga ham berar edilar. Ammo u erlarni hech kim olishni istamasdi. qoraxoniylar davrida "Dehqon" degan nom o`zining "qishloq hokimi" ni anglatuvchima`nosini yo`qotib, qishloq mehnatkashlari uchun umumiy nomga aylanib ketdi.
XI asrda erdan foydalanishning iqto tartibi juda keng yoyiladi. Bu tartib orqali qoraxoniylar bo`ysindirgan erlardan soliqni osonlikcha to`play olishgan. Shunday qilib XI-XII asrlarda Movaraunnaxr va Xurosonda mulkchilikning yangi turi - iqto` eralari kengayib uning asosiy shakllaridan biriga aylanadi. Bu davrda musulmon ruxoniylarga bo`lgan etibor kuchayishi va mamlakatda ular siyosiy tasirinig tobora ortishi vaqf erlari ancha ortishiga olib keldi. Biroq mayda xususiy mulklar turli vositalar orqali yirik erdorlar tasarrufiga o`tib, ularning maydoni kamayib boradi. O`sha davrda Movaraunnaxr va Xurosonda er egaligining to`rt turi mavjud edi: A) Mulki sultoniy - davlat erlari.
B) Iqto` - davlat tomonidan inom etilgan erlar.
V) Vaqf erlari - maschid va madrasalarga qarashli erlar.
G) Mulk erlari - shaxsiy erlar.
Erlarning hammu turida ham barzikor (dehqonlar) yonlanib ijaraga ishlagan. Etishtirgan xosilning 0,3 qismini olgan. Xosilning yana 0,3 qismi davlatga soliq sifatida to`lashgan, qolgan qismini er egasi o`ziga olgan.
XI-XII asrlarda shaharlar kengayadi va rivojlanadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O`zgan, Toshkent, Marv, Obivard va Niso kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xalma-xil xunarmandchilik maxsulotlari uchun hamda chaqa tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratning markaziga aylandi. Bu davrda ayniqsa kulolchilik shishasozlik, misgarlik va chilangarlik kabi sohalari rivoj topdi. Bu davrda sirli koshinkor, qobartma naqshli sopollar, rangdor shisha buyumlari, naqshinkor shisha idishlarixilma-xilligi va yuqori darajagi naqshinkorligi bilan ajralib turar edi. Hunarmandchilikning kengayishi ichki va tashqi savdoning rivajiga katta xissa qo`shdi. qoraxoniylar davrida Bolosog'un, Taroz, O`zgan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarida zarbxonalar bo`lgan. XI-XII asrlarda Movoraunnahr va Xurosondatovar-pul munosabatlari nihoyatda rivojlanib bu mamlakatning hamma viloyatlarini qamrab olgan edi.
G'azna shaxri Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning ikkinchi yarmiga to`g'ri keladi. g'aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo`lib, bu davlat uning o`g'li Muhammad g'aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning hududi g'aznaviyning istilochilik yurishlari natijasida Shimol va Shimoliy Hindiston, Chog'oniyon va Xorazmgacha cho`zilган bo`lib, unga Эronning ham katta qismi kirgan. Masudbek davrida siyosiy kurashlar kuchayadi. Xorazm (1034 yil) Xorin ibn Oltintosh boshchiligida mustaqil bo`lib oladi. Lekin Masud ayg'oqchilari tomonidan Xorun o`ldiriladi. g'aznaviylar sultoni Masud Xurusonga yurish qilgan turkiy-saljuqiylar bilan ko`p bor to`qnashishga majbur bo`ladi. Xurosonga joylashib olgan saljuqiylar g'aznaviylarga katta havf tug'dirardi. 1035 yilda Saljuqiy lar Xurosonga yana xujum boshlaydilar. Saljuqiylarning nabirasi Tug'rul va Changri boshchiligidagi turkmanlar g'aznaviylar qarorgohiga xujum qiladi. 1037 yilda aprel' oyida turkmanlar Marv uzil-kesil egallaydilar. Shu tariqa Xurosonda yangi davlat - Saljuqiylar davlatiga asos soladilar. g'aznaviylar va Sadjuqiylar o`zaro Xuroson uchuni ko`p bor to`qnashadilar. 1040 yil Dandanakon degan joydagi jang eng katta to`qnashua hisoblanadi. Bu jangda saljuqiylar to`liq ustunlikka erishadilar.
Saljuqiy hukmdori Turg'ulbek g'oyat ko`p istilochilik urushlari uyushtiradi. Balh, Aroqning shimoli, Ozarbo`yjon, qurdiston va qo`xistonni bosib oladi. Saljuqiylar davlati poytaxti Gay shaxri bo`lgan. 1055 yilda Saljuqiylar Bog'dodga bostirib xalifadan o`z nomiga xutba o`qitishni talab etadi. Xalifa shundan keyin hokimiyatga egalik qilib dunyoviy hokimiyatni sulton unvoni bilan Tog'rulbekka topshiradi. Saljuqiylar xohi Malikshoh 1089 yil qoraxoniylar ichki nizosidan foydalanib Buxoro va Samarqandni egallaydi. Sulton Sanjar davrida Saljuqiylar poytaxti Marv shahriga ko`chiriladi. 1141 yil qutbiddin Muhammad Xorazmshoh saljuqiylarga xujum qiladi va ularni engadi. Shu tariqa Saljuqiylar davlati yakun topadi. Uning vrnida esa Xorazmshohlar o`z tasarrufiga oladigan buyuk Xorazmshohlar davlatiga asos solinadi. Xorazmshohlar davlati XII asrga kelib davlat sifatida shakllana boshlaydi. Bunga
Xorazmshoh Otsizning xizmatlari katta. Saljuqiylar davlatidagi xar-qanday siyosiy variantdan Otsiz unumli foydalandi. U dastlab Xorazm bilan iqtisodiy jixatdan bog'liq bo`lgan Sirdaryoning etagi va Mang'ishloq yarim orolini egallaydi. Otsiz davrida Kaspiy dengizi ro Sirdaryoning o`rta oqimigacha bo`lgan erlarni bosib olgan edi. Xorazm davlati, ayniqsa Otsizning nabirasi davrida hududi ancha kengaydi. U Nishopur, Ray va Marv shaharlarini bosib oladi. 1194 yil Saljuqiy1lar sultoni Tug'rulga zarba berib Эronni Xorazmga bo`ysindiradi. 1195 yil Iroqqa bostirib kiradi. Takash vafotidan so`ng uning o`g'li Sulton Muhammad taxtni egallaydi. Lekin bu davlat ichki siyosati yaxshi ahvolda emas edi. Takashning katta xatosi xotini Turkanxotunga mansub bo`lgan qipchoq qabilalariga erkinlik berish va davlat ishlariga Turkanxotinning arlashuvi ichki nizolarning kuchayishiga olib keldi. Bo`lib berilgan hududlarda vakillarning markaziy hokimiyatga ega emasligi XIII asrga kelib Chingizxon bosqiniga sabab bo`ladi. qolaversa Xorazmshohlarning ichki siyosatidan norozi bo`lgan xalq ko`p bora isyon ko`tardi. Shu tariqa Xorazmshohlar zaiflashib Mug'ullarga osonlikcha egiladi.