II-BOB. Somoniylar davlatida ilm-fan va madaniy hayoti
II.1. Somoniylar davlatida ilm-fan, madaniy hayot va din
IX-XI asr boshlaridan Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan o‘ta murakkab siyosiy vaziyatning tadrijiy rivoji va u bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat aholisining madaniy hayotiga ham kuchli ta'sir etdi.
Ma'lumki, Movarounnahr istilo etilib, xalifalikka qo‘shib olingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat islomgana emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat hamda mafkurasi bo‘lgan islom dini tili edi. Shuningdek, hududlari kengayib jahondagi eng yirik davlatga aylangan Arab xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Shu boisdan kadimiy madaniy an'analarga boy Ajam va Movarounnahrda qo‘p jihatdan arab tilining mohiyati oshib, uni o‘zlashgirishta bo‘lgan intilish kuchli bo‘ldi. Islomni qabul qilgan aholining qo‘pchilikka yod arab tili bilan muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida Kur'oni Karimning qisqa suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lsa-da, ammo mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy faoliyatini tiklab, uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar, uni o‘zlashtirishga astoydil kirishadilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda ham hatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvini yaxshiroq o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ladi. O‘z navbatida, chegaralari borgan sari kengayib ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ham ilm va ilm ahli suv va havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ayniqsa ko‘plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi66.
Shu boisdan Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo‘q etilib, yerli bilimdonlar quvg‘in ostiga olib turilgan bir paytda bu mamlakatning ko‘pgina tolibi ilmlari xalifalikning markaziy shaharlari — Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo‘ladilar. Bu davrda ayniqsa Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda Sharqning o‘ziga xos Fanlar Akademiyasi «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilgan edi. «Bayt ul-hikma» da katta kutubxona hamda Bag‘dodda va Damashqsa astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadhonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bi-lan bir qatorda qadimgi yunon, fors va hind olimlarining ulkan merosini to‘plash, asrash va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar. Qariyb ikki asr mobaynida faoliyat ko‘rsatgan jahonga mashhur bu ilmiy dargohning ko‘p sonli olimu fuzalolari orasida Masarjavayh, Muhammad Fazoriy, Fazl Navbaxt, Yoqub Kindiy va ko‘pgina boshqalar kabi bir nechta chet tillarni mukammal biladigan yetuk tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar.
Bu davrda «Bayt ul-hikma»da Muso Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid Marvarudiy, Ahmad Farg‘oniy, Abdulloh at-Turk, Abu Xolid Sog‘uniy, Qaffol Shoshiy kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asrlar ilmu fani, xususan, matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, kimyo va huquqshunoslik fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadilar21.
Muhammad Ibn Muso Xorazmiy (783—850) qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarni u o‘z ona yurti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi. So‘ngra u xalifa Xorun ar-Rashidning Xuroson va Movarounnahrdagi noibi, keyinchalik Xalif Abdulloh ibn Xorun ar-Rashid Ma'mun zamonida (813—833) «Bayt ul-hikma» nomi bilan shuhrat topgan Ma'mun Akademiyasida mudir sifatida fao-liyat ko‘rsatadi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va movarounnahrlik olimlar bilan ijod qiladi. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Yahyo ibn Mansur Marvaziy, Ahmad Farg‘oniy, Xabash al-Marvaziy, Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Abul Abbos al-Javhariy va boshqalarbor edi. Xorazmiy zamondosh olimlar bilan birgalikda yer aylanasini, uzunligi va radiusini aniqlash hamda geografik xaritalar tuzish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo‘shadi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozadi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Bu kitoblar «Aljabr va al-muqobala» hisobi hakida qisqacha kitob, «Hind hisobi haqida» yoki «Ko‘shish va ayirish haqida kitob», ya'ni arifmetik asar; «Kitob surat ul-arz» — «er surati» haqida geografiyaga oid kitob; «Zij», «Usturlob bilan ishlash haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Usturlob yordamida azimutni aniqlash haqida» kabi astronomiyaga oid asarlar; shuningdek, «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-tarix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola» nomlari bilan atalgan.
Xorazmiy merosidan, ayniqsa, «Aljabr va al-muqobala» kitobi-ning ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. U bu kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos sodsi. Hatto «al-gebra» atamasi ushbu kitobning qisqacha «al-jabr» deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika faniga «algaritm» atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning «Aljabr» asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi68.
Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik esa asrlar davomida yevropa olimlari Xorazmiy asarini qayta-qayta ishlab, uning asosida darsliklar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasining yevropada, qolaversa butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etadi. Shunday kilib, buyuk vatandoshimiz Xorazmiy matematika faniga asos sol-di, tarixda o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi.
IX asr boshlarida «Bayt ul-hikma» da ijod qilgan olimlardan yana biri marvlik Yahyo ibn Abu Mansur edi. U 828 yilda xalifa Ma'mun farmoni bilan Bag‘dodning Ash-sha-mosiya mahallasida rasadxona qurilishida boshchilik kiladi. Rasadxona ishlari va unda olib borilayotgan quzatishlar na-tijalari haqida «Bayt ul-hikma» ning mudiri Xorazmiygahisobot berib turadi. Yahyo ibn Abu Mansur «Az-Zij al-Ma'muni al-mumtaxan» («Sinalgan zich») nomli astronomik asar yozib qodsirgan. U 831 yilda Bag‘dodda vafot etgan.
«Bayt ul-hikma» ning olimlaridan Xolid ibn Abdumalik al-Marvaziy esa 831 yidda Damashq yaqinidagi Ki-siyon tog‘ida barpo etilgan rasadxonani boshqargan. U ham o‘z «Zij» ini tuzadi. yer meridianining uzunligini o‘lchash ishlariga boshchilik qiladi.
Bag‘dodda Xorazmiy bilan hamkorlikda ishlagan matematik Ahmad ibn Adbulloh al-Marvaziy zamondosh olimlar o‘rtasida Habash al-Hosib («Hisobchi habash») laqabi bilan mashhur edi. U ikkita «Zij» tuzadi. Uning zijlaridan o‘rta asr astronomlari keng foydalanganlar. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, Habash al-Marvaziy handasa fani (geometriya)ga tangens, kotangens, kosekans funksiyalarini kiritib, ularning jadvallarini keltirgan69.
«Bayt ul-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad Farg‘oniy (taxminan 797—8-b5)dir. Uning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. U Farg‘o-nada tavallud topgani uchun Sharqsa al-Farg‘oniy, yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. Ahmad Farg‘oniy xalifa Ma'mun (813—833), Mu'tasim (833—842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan davrda yashadi. U avval Marvda, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug‘ullandi va qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. U asosan Damashqsaga rasadxonada osmon jismlari hara-katini va o‘rnini aniqlashning yangicha «Zij»ini yaratish ishlariga rahbarlik qiladi. 832—833 yillarda Suriyaning shimolidagi Sanjar dashtida va Ar-Raqqa oralig‘ida yer meridianining bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashadi. 861 yilda uning rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi Nilometr — daryo oqimi sathini o‘lchagich inshooti Miqyos an-Nil va uning darajoti tiklanadi. Ahmad Farg‘oniy tarixda birinchilardan bo‘lib yerning yumaloqligini isbotlab bergan olimdir.
Bizning davrimizgacha Ahmad Farg‘oniyning 8 ta asari saqla nib, ularning birortasi ham hozirgi zamon tillarigatarjima qilinmagan edi. Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan uning ayrim risolalari o‘zbek va rus tillarida nashr ztildi. Ularning orasida uning «Kitob ul-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum» («Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum — astronomiya asoslari kitobi») ham bordir. Bu kitob XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Ispaniya orqali yevropa mamlakatlaridagi astrono-miya ilmining rivojini boshlab berdi. Shundan so‘ng Ahmad Farg‘oniy nomi lotinlashtirilib, «Alfraganus» shaklida G‘arbda shuhrat topdi. Uning «Astronomiya asoslari» nomli kitobi bir necha asrlar davomida yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanibkelindi22.
Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda Islom ta'limoti va mafkurasining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo‘ldi. Bu borada ayniqsa Ismoil a l-Buxoriy va uning zamondoshi va shogirdi Iso at-Termiziylarning hissasi nihoyatda buyuqdir. Ismoil al- Buxoriyning to‘liq ismi Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriydir. U 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan, kuchli qobiliyat va xotiraga ega bo‘lgan. Yoshligidanoq hadislarni o‘rganishga kirishib, butun umrini hadis ilmiga bag‘ishlagan. U hadis va tafsir olimi, tarixchi bo‘lib yetishgan. Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va boshqa o‘lkalarda yashab 600 mingdan ortiq hadis to‘plagan. Ulardan eng ishonchlilarini saralab, 4 jildli «Al-jome as-sahih» («Sahihi Buxoriy») to‘plamini tuzgan. Bu asar islom dunyosida Kur'ondan keyin ikkinchi manba sanaladi va islom dorilfununlarida asosiy darslik sifatida o‘rganiladi.
Bu bebaho asarga kiritilgan 7275 hadis va ularga berilgan ko‘pdan-ko‘p sharhlarda faqat shariat ahkomlariga oid qoidalargina ifodalanmaydi, balki inson ma'naviy kamolotining ramzi hisoblangan mehr-muhabbat, hurmatu izzat, muruvvatu himmat, halolligu mehnatsevarlik, saxiyligu ochiqko‘ngillik hamda o‘zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar haqida bayon etilgan23.
Imom al-Buxoriy «Al-adab ul-mufrad» («Adab durdo-nalari»), «Tarix al- Buxoro» («Buxoro tarixi»), «Al Jo-mi' al-sag‘ir» («Muxtasar to‘plam») nomli asarlar yozgan. Uatrofiga ko‘plab shogird va izdoshlarini to‘plagan. Uning eng mashhur shogirdlaridan biri Imom at-Termiziy edi.
Imom at-Termiziy 824 yilda Termiz shahridan 6 farsax (36 km) shimolda joylashgan Bug‘ qishlog‘ida dunyoga kelgan. Islom olamida mashhur bu muhaddis olimning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad bin Iso bin Savra bin Muso bin az-Zahhok az-Zarir at-Termiziy al-Bug‘iydir. Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa shaharlarda mashhur muhaddislar asarlarini o‘rganib, islom dunyosining turli shahar va mamlakatlariga safar qilib, Xuroson, Iroq, Hijozning mashhur muhaddis ulamolari bilan muloqotda bo‘lgan.
Imom at-Termiziy hadislar to‘plab, bir qancha asarlar yozgan, «Jome as - Sahih» yoki «Sunani Termiziy», «Kitob Ilal», «Kitob at-Tarix», «Kitob at- Shamoil an-Naboviya», «Kitob az-Zuhd» va boshqalar shular jumlasidandir.
Bu davrda islomning nazariy asoslari mustahkamlandi. Bu borada ham Movarounnahr olimlari ulkan hissa qo‘shdilar. Bu dawning islom nazariyachilaridan biri Hakim Ter-miziy edi. Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Husayn ibn Bashir al-Hakim at-Termiziydir. U 820 yidda Termiz shahrida dunyoga keladi. Umr bo‘yi ilm bilan shug‘ullanib, tasavvufni targ‘ib qiladi. 80 dan ortiq muhim asarlar yozadi: «Kitob an-nahi» («Yo‘riqnoma kitobi»), «Kitob al-Furuh» («Ollohdan qo‘rquvchilar haqida kitob») shular jumlasidandir. Ayniqsa uning «Ilal ash-Shariat va hatm ul- avliyotun» nomli kitobi islom nazariyachi-lari tomonidan eng ko‘p qayd etiladigan asardir. Asarlari va ularda berilgan teran fikr-mulohazalar, g‘oyalar bilan at-Termiziy o‘z zamonining ma'naviy hayotiga katta hissa qo‘shadi. Shu boisdan zamondoshlari uni «Al-hakim» degan nom bilan ulug‘lashgan24.