Somoniylarning davlat boshqaruvi va mudofa tizimi


Mavzuning o`rganilish darasjasi



Yüklə 138,48 Kb.
səhifə2/9
tarix14.12.2023
ölçüsü138,48 Kb.
#177360
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SOMONIYLARNING DAVLAT BOSHQARUVI VA MUDOFA TIZIMI

Mavzuning o`rganilish darasjasi: Tarixshunoslikda arablarning Turonni istilo etishi mavzusi birqadar yoritilgan. Umumiy, yoinki, yo’l-yo’lakay tarzda bo’lgan talqinlar endilikda Vatan tarixiga qiziquvchilarni qanoatlantira olmaydi. Mustaqillik arofati o’laroq, kechmish haqidagi asliga monand haqiqatni aytish imkoniyati tug’ildi. Mavjud manbalarni qiyosan o’rganish, xolis va xalol, haqqoniy xulosalar chiqarish umumbashariy ilmiy andozalar talabiga javob beradi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz tarixining VII-IX asrlari haqida hozirgacha mavjud sahifalarda oydinlashtirilishi, to’ldirilishi, teranlashtirilishi va aniqlashtirilishi lozim bo’lgan o’rinlar juda ko’p. Unda arab va o’z mualliflarimiz IX-X asrlarda yarattan manbalar, xorijiy va sobiq Sho’ro muarrixlarining ushbu mavzuga doir asarlari talqini, tahlili orqali istilo manzarasini nisbatan to’laroq tiklash yo’lidan boriladi2.
Haddan ziyod cho’zilgan, uch asrga suron solgan arablar istilosi va uning oqibatlari ishning mohiyatini tashqil etadi.
Mavzuning ob’yekti va predmeti: Tadqiqotning ob’yektini asosan Movaraunnahrda arablar bosqini davrida kechgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarni tadqiq etish tashqil etadi. Predmetini esa, o’rganilgan yodgorliklardagi manbalarni tahlil qilish orqali mintaqada islom dinining yoyilishi, ularning paydo bo’lish ildizlari, davriylashtirilishi, xalifalik davridagi moddiy ishlab chiqarish tizimi, jamiyatning ijtimoiy strukturasi, diniy udum va an’analari, madaniy hayotining barcha shakllarini tahlil qilish kabilar tashqil qiladi.
Mavzuni yoritishning metodlari: Tadqiqotda tarixiylik, ilmiylik, xolislik, haqqoniylik prinsiplariga amal qilingan holda umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy g’oyadan kelib chiqib holda yondoshiladi. Yozma manbalarni o’zaro qiyoslash asosida ilmiy xulosalar chiqariladi.
Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy tahlil, qadriyatlar uyg’unligi tamoyillariga amal qilinadi va ilmiy-metodologik omil, tarixiy-falsafiy qarashlar hamda uslublarga e’tibor beriladi.

Yüklə 138,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin