Son shartnoma



Yüklə 19,95 Kb.
səhifə1/3
tarix06.09.2023
ölçüsü19,95 Kb.
#141690
  1   2   3
content (1)


24237-2023/IJRO - SON SHARTNOMA
Toshkent sh. 8 lyun 2023 y.
Bundan keyin “Operator” deb ataluvchi “UNICON-SOFT” MCHJ nomidan ish olib boruvchi, Ustav asosida faoliyat ko‘rsatuvchi direktor XABIBULLAYEV SHERZOD XAYRULLA O'G'LI, bir tomondan va Buyruq asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, bundan keyin “Buyurtmachi” deb ataluvchi "SAMARQAND TUMAN KASB-HUNAR MAKTABI" nomidan ish olib boruvchi TAGAYEV G‘ULOMJON JAMOLOVICH ikkinchi tomondan, birgalikda Tomonlar deb ataluvchilar, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risidatuzdilar:
ATAMALAR VA TA’RIFLAR
Ijro intizomi yagona idoralararo elektron tizimi, ijro.gov.uz (bundan keyin - Tizim) - bu Operator tomonidan ishlab chiqilgan va unga tegishli bo‘lgan, davlat organlarida elektron hujjat aylanishi va ijro intizomining nazoratini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy kompleks.
Abonent - Operator bilan Tizimdan foydalanib Elektron hujjat aylanishi va ijro intizomini nazorat qilish xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.
Foydalanuvchi - o‘z lavozim majburiyatlari sababli Tizimning oxirgi foydalanuvchisi hisoblanadigan, Abonent xodimi bo‘lgan (yoki unga tenglashtirilgan shaxs) jismoniy shaxs.
Tizim moduli - Abonentga qo‘shimcha imkoniyatlarni beruvchi va Tizimning asosiy funksionali hamda vazifasiga ta’sir ko‘rsatmaydigan Tizimning qismi. Moduldan foydalanish Abonent uchun ixtiyoriy hisoblanadi.
Shaxsiy kabinet - Abonentga Foydalanuvchilarni qo‘shish/chiqarib tashlash orqali ushbu Shartnoma bo‘yicha xizmatlardan foydalanish, shuningdek statistika ma’lumotlarini ko‘rib chiqish va Foydalanuvchilarning faolligi to‘g‘risidagi hisobotlarni shakllantirish imkonini beradigan Tizimning bo‘limi.
Elektron raqamli imzo (bundan keyin - ERI) - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERI yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Hisobot oyi - xizmatlar ko‘rsatiladigan kalendar oyi.
1. SHARTNOMA PREDMETI

  1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha Operator Abonentga Tizim orqali (SaaS modeli bo‘yicha) elektron hujjat aylanishi va ijro intizomini nazorat qilish xizmatlari (bundan keyin - “Xizmatlar”)ni ko‘rsatadi, jumladan:

  • Tizimni va Abonentni texnik qo‘llab-quvvatlash;

  • bir Foydalanuvchi uchun bir oylik Abonent to‘lovi 50,590.00 (ellik ming besh yuz to'qson) so‘mni tashkil qiladi;



    1. Abonent Operator tomonidan Xizmatlar to‘liq ko‘rsatilishi uchun mazkur shartnomaning 2.1.-bandida ko‘rsatilgan summani belgilangan tartibda to‘laydi.

    2. ijro.gov.uz manzili bo‘yicha joylashgan Tizimdan foydalanish qoidalari ushbu Shartnoma bilan uzviy bog‘langan va bajarilishi majburiy bo‘lgan hujjat hisoblanadi.
    jami foydalanuvchilar soni 6 tani tashkil qiladi;




Yüklə 19,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin