Mashg’ulotning maqsad va vazifalari: O’quvchilarga tasviriy san’at turlari va naturaning xarakterli jihatlarini ko’rishni o’rgatish. O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va tartib – intizomga doimo rioya etishga, yangi bilimlar egallashga yo’naltirish;naturaning xarakterli jihatlarini ko‘rish, tahlil qilish va amaliy ishda ifodalash ko’nikmasini hosil qilish TK-1: hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish.TK-3: bilimni mustaqil ravishda oshirib borish;o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish.
FK-1: amaliy va tasviriy san’at turlarini farqlaydi, tahlil qila oladi va eskizini ishlay oladi;
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari: Mashg’ulot metodi:mustaqil o’qish, suhbat, savol – javob,amaliy Mashg’ulot turi:yangi bilim beruvchi Mashg’ulotning jihozi: a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari va boshqalarning asarlaridan ba’zilari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan ko’rgazmali suratlar, foto rasmlar, slaydlar,naturalar va boshqalar
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, rangli qalamlar,o’chirg’ich, akvarel bo’yog’I,suv idish,toza latta va boshqalar
Mashg’ulotning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning mashg’ulotga psixologik tayyorgarligi va yo’qlama qilish bilan boshlaymiz. Oldingi mashg’ulotda bajarib kelgan o’quvchilarning ishlarini ko’rib chiqib baholaymiz. Shu o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar berib mashg’ulotni mustahkamlash bo’ladi. Yangi mashg’ulot. Amaliy ish
O’quvchilarning mustaqil ishlari. Mashg’ulot davomida o’quvchilarning o’zlarini to’liq qo’yib qo’yiladi. Kim bajarishga qiynalayotgan bo’lsa yo’l ko’rsatib yuborish mumkin. Tez-tez rag’batlantiriladi. Juda tez bajarayotgan o’quvchilarning ishini ham nazoratdan chetga qoldirmaymiz. Shuningdek, o’quvchilarga toza ishlash kerakligi, bir-biriga halaqit bermaslik lozimligi, toza suvdan foydalanish kerakligi uqtirib boriladi. Ishlarini tugatib qo’ygan bolalarning rasmlarini olib chiqib doskada qo’shimcha ballar beriladi