Sotilmasin!



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix01.01.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#50486
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
[ @biznes kitob ] Life management

Vazifa: 

 

1.  Hoziroq  ushbu  dasturni  yaxshilab  o`rganib  chiqing,  yangi  oq  varoq 

oling  hamda  kun  rejasiga  qaysi  vaqtda  qaysi  ish  bilan 

shug`ullanishingizni  yozib  qo`ying,  bir  hafta  o`tgach,  o`zingizdagi 

buyuk o`zgarishlardan lol qolasiz. Dasturga mensimay qaramang, aks 

holda o`sha-o`sha hayotingizda qolib ketaverasiz. 

 

6-kun. Qaror qilishni bas qiling! 

 

 

To`g`ri  ushbu  kun  nomi  juda  g`alati  va  hayratlanarli,  lekin  ushbu 



dars sizga yaxshigina foyda keltiradi. 

 

 



Aynan  hayotimizda  biron  bir  qarorga  kelish  bizdagi  juda  katta 

miqdordagi  quvvatni  so`rib  oladi.  Buni  qilsammikan  yo  bunisini 

qilsammikan.  Qaysi  biri  qanday  natija  beradi?  Ayni  shu  ikkilanish, 

shubhalanish,  taxminga  tayanish  sizning  miyangizda  katta  miqdorda 

zo`riqish hosil qiladi, bu esa stressga olib boradi. 

 

 



Mashhur jurnallardan biri “New York Times”da shunday maqolalar 

hamda  xabarlar  beriladiki,  ularni  o`qib  hayratga  kelasan  kishi.  Bizdagi 

ikkilanishlarni  ham  ayni  shu  xabarlar  hosil  qilgan.  Misol  keltiraman, 

birinchi betda qaysidir kompaniya hodimi kompaniyadagi juda katta pul 

mablag`I  bilan  tavakkalli  ishga  qo`l  urgan  va  u  ishda  mag`lubiyatga 

uchragan, kompaniya bankrot holatiga kelgan. Va birinchi betning yuzida 

u  inson  qo`lida  zanjirlar  bilan  qamoqqa  olib  ketilayotgan  sahnani 

ko`rishingiz  mumkin.  Bor  mol-mulki  musodara  qilindi,  o`zi  esa  sudga 

tortildi.  Analitiklar  bo`lsa  bu  vaziyatni  o`zlaricha  baholashadi,  ya`ni 

bunday  pul  mablag`I  bilan  tavakkalga  qo`l  urish  ahmoqona  ish,  deb 

hisoblashadi. 

 



23 

 

 



Endi  keyingi  betni  ochamiz.  Yaponiyaning  yana  qaysidir 

kompaniyasi  hodimi  xuddi  shunday  tentaklikni  amalga  oshirgan. 

Undanda kattaroq pul bilan tavakkalga qo`l urgan hamda yutib chiqqan. 

Pulni o`n barobar qilib qaytarib olgan. Kompaniya gullab yashnamoqda, 

hodim  esa  umrini  oxirigacha  yetadigan  pul  mablag`iga  ega  bo`ldi. 

Analitiklar endi bu holatni maqtashmoqda. Tushunib bo`lmaydi, tavakkal 

qilish to`g`rimi yoki noto`g`rimi? 

 

 



Bu  holat  bizga  yana  o`sha  taxminlar  o`yinini  eslatmoqda,  yoki 

o`xshaydi yoki o`xshamaydi. Yoki g`alaba yoki mag`lubiyat. Bu holatda 

nima qilish kerak? Har qanday inson ikkilanadi. 

 

 



Eng  zo`r  yechim,  qaysi  ishni  qilishingizdan  qat`iy  nazar,  qanday 

qaror chiqarishingizdan qat`iy nazar, esingizda bo`lsa sizga muvaffaqiyat 

kafolatlab  qo`yilgan.  Siz  karma  urug`larini  ekkansiz  va  qaysi  yo`lni 

tanlashingizdan qat`iy nazar siz g`alaba qozonasiz. 

 

 

Ya`ni,  oldingizda  muhim  qaror  chiqarish  holati  bo`lsa,  bu  yerda 



sizga karma yechim  beradi. Yuqoridagi ikki  tavakkalchilarning  holatini 

tomosha  qiladigan  bo`lsak,  ularning  birinchisi  yomon  karma  tufayli 

mag`lubiyatga uchradi, ikkinchisi yaxshi karma tufayli g`alaba qozondi. 

Bu  yerda  to`g`ri  va  noto`g`ri  qarorning  ahamiyati  yo`q.  Agar  yapon 

hodimi ham yomon karma bilan harakatlanganida, u ham mag`lubiyatga 

uchragan bo`lardi. 

 

 

Inson fikrlash jarayoni hamda bir qarorga kelish jarayonini tomosha 



qiladigan  bo`lsangiz,  butun  vujudingiz  bilan  siqilib  ketasiz.  Eng  zo`r 

yo`li,  o`ylanib  o`tirmang,  qaror  chiqarmang,  shunchaki  harakatga 

kirishing,  sababi  muvaffaqiyat  allaqachon  kafolatlangan,  xohlaysizmi 

yo`qmi,  g`alaba  sizniki.  Shunday  ekan,  qaror  chiqarishni  bas  qiling, 

darrov ishga kirishing.  

 


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin