Sotilmasin!


 punktdan tashkil topgan dastur



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/32
tarix01.01.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#50486
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
[ @biznes kitob ] Life management

7 punktdan tashkil topgan dastur: 

 

1.  Sport 

bilan 

shug`ullaning. 



Sportning 

istalgan 

turi 

bilan 


shug`ullanishingiz  mumkin.  Ko`proq  sizga  yogani  maslahat  bergan 

bo`lardik.  Hozirda  yogaga  qiziquvchilar  soni  yildan  yilga  oshib 

bormoqda, sababi odamlar tushunib yetishmoqda, yoga ularni nafaqat 

salomat qiladi, balkim kun davomida kayfiyatlarini ko`tarinki holatda 

ushlab turadi. Sport bilan shug`ullangan vaqtingizda, barcha nervozlar 

asta-sekin  yo`qola boshlaydi, kun davomida  tetik kayfiyatda yurasiz, 

ong  toza  va  yorqin  ranglarda  atrofni  tomosha  qiladi,  fikrlash 



19 

 

tozalanadi, tiniq xayollar kela boshlaydi. Sport bilan shug`ullanuvchi 



hamda shug`ullanmaydigan insonni o`rtasida katta farq mavjud. Misol, 

sport  shug`ullanmaydigan  inson  kun  davomida  uyqusirab  yuradi, 

ishlari sekin ketadi. Uni bir kunda 24 daqiqagina vaqti bo`ladi, xolos. 

Sport  bilan  shug`ullanuvchi  insonni  esa  bir  kunda  240  soat  vaqti 

bo`ladi,  ya`ni  hamma  narsaga  100%  ulguradi.  Sport  deganda, 

o`zingizni  zo`riqtirib,  bor  quvvatni  chiqarib  yuborish  shart  emas. 

Shunchaki  kun  davomida  1  soat  vaqtingizni  yengil  jismoniy 

mashqlarga bag`ishlasangiz ham bo`laveradi; 

 

2.  Meditasiya.  Meditasiya  aynan  hozirgi  taraqqiyot  insoniga  suv  va 



havodek  zarur  bo`lib  qoldi.  Kunni  meditasiya  bilan  boshlasangiz, 

xayollar  hamda  hissiy  portlashlar  o`z  joyiga  keladi,  xotirjamlikka 

erishasiz, barcha energetic kanallar ochiladi, har qanday muammoni bir 

deganda  hal  qilasiz.  Meditasiya  qilishni  bilmasangiz,  internetda 

videolarni,  videokurslarni  tomosha  qilishingiz  mumkin  yoki  biron 

kitob  topib,  u  bo`yicha  shug`ullanish  mumkin.  Juda  bo`lmasa,  ustoz 

topib, u bilan shug`ullaning; 

 

3.  Estetik qoidalarga amal qiling. Har bir xalqning o`ziga yarasha estetik 



qoidalari  bor,  biz  faqatgina  har  bir  xalqda  uchrovchi  qoidalarni 

ko`rsatib o`tishimiz mumkin:   

 

 

 



 

 

 



  a)  Hech  bir  tirik  jonga  ozor  bermang,  xayolda  ham,  so`zda  ham, 

harakat  bilan  ham.  Hech  kimga  zarar  bermang,  chunki  kichik 

jonzotlarning  karmasi  ham  sizga  vaqti  kelib  kuchli  ta`sir  ko`rsatishi 

mumkin. Insonlar bilan hamisha yaxshi muomalada bo`ling; 

 

  b)  Birovning  mol-mulkiga  yaqinlashmang.  Bu  yerda  nafaqat 



o`g`irlik  nazarda  tutilyapti,  balkim,  birovni  orqasidan  yomonlash,  u 

haqida boshqalarda noto`g`ri taasurot qoldirishga ham urinmang. Hech 

qachon  o`g`irlik  qilmang  hamda  qarz  oldingizmi,  darrov  qaytaring, 

iloji bo`lsa olmang ham, qarz o`rtadagi munosabatlarni buzadi;  

  c) Hech qachon ikki do`st yoki ikki kishini o`rtasidagi munosabatni 

buzmang,  bu  juda  dahshatli  karma,  buning  orqasidan  umrboqiy 

la`natga uchrash ham mumkin; 

 

 



 

 

 



 

  d)  Adolatli  hamda  rostgo`y  bo`ling.  Hech  qachon  hech  kimga 

yolg`on gapirmang, yolg`on faqat zarar keltiradi. Boshqalarda o`zingiz 

haqida yomon taassurot ham qoldirmang; 

 

 

 



 

  e)  Alkogol  hamda  tamaki  mahsulotlarini  iste`mol  qilmang.  Ular 




20 

 

sizni  quvvatingizni,  vaqtingizni,  qolaversa  ortiqcha  pulingizni  ham 



olib qo`yadi. Bu isrofgarchilik. 

 

4.  O`qish  va  o`rganishdan  to`xtamang.  Kitob  –  bu  insoniyat  tarixida 



qilingan  eng  buyuk  ixtirolardan  biri.  U  insonning  ongini  o`stiradi 

hamda fikrlashini kengaytiradi. Kun davomida yarim soat yoki 1 soat 

vaqtingizni  yangi  nimanidir  o`rganishga  sarflang.  Yangi  dasturlar, 

sharq  falsafasi,  psixologiya,  biznes,  farqi  yo`q,  istagan  yangi 

ma`lumotni 

qabul 


qilishga 

harakat 


qiling. 

Bu 


sizning 

dunyoqarashingizni  kengaytiradi,  charchoqni  oladi,  ruhiy  toliqishni 

bartaraf  qiladi  hamda  miyangiz  o`sha  yosh  hamda  quvvatga  to`lgan 

tetiklik holatida yuradi. Sababi, siz nimadir yangi narsa o`rganayotgan 

vaqtingizda,  miyangiz  avtomatik  tarzda  katta  energiya  chiqarib, 

tarqatadi,  ushbu  quvvat  barcha  zo`riqishlarni  olib  ketadi.  Agar  kitob 

tanlashga qiynalayotgan bo`lsangiz, sizga bir qancha foydali kitoblarni 

maslahat beramiz: 

 


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin