Sotsial injineriya nima va uning zamonaviy usullari


Sotsial o'zgarishlar manbalari



Yüklə 32,36 Kb.
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü32,36 Kb.
#165442
1   2   3   4   5   6
Sotsial injineriya nima va uning zamonaviy usullari-fayllar.org

Sotsial o'zgarishlar manbalari.
Jamiyatning o'zgarish «mexanizmlarini» ochib berishda ularning tarix bilan yonma-yon qanday harakat qilishini o'rganish lozim. O'zgarishlarning sotsial omillari sifatida tabiiy muhit, aholining o'sishi, resurslar va qadriyatlami taqsimlashda paydo bo'ladigan ixtiloflar kabilar namoyon bo'ladi. Masalan, O. Kont jamiyat rivojlanishining asosiy omili bilimlar taraqqiyotidir, degan fikrni bildirgan edi. G.Spenser evolyutsiyaning mohiyatini jamiyatning murakkablashuvida, uning ichki taqsimlanishida (tabaqalanishida) deb bildi. E.Dyurkgeym bu o'zgarishlami individlaming o'zaro o'xshashligi va rivojlanmaganligiga asoslangan mexanik birdamlikdan sotsial tabaqalashish va mehnat taqsimoti asosida organik birdamlikka o'tishidir, degan fikrni bildiigan edi. Boshqa taniqli olimlar jamiyatni rivojlantiruvchi kuch sifatida boshqa sotsial hodisalaming o‘rniga katta e’tibor berdi: avlodlar (X.Ortega-va-Gasset), ijodkor elitalar (G.Moska va V.Pareto), mashhur shaxslar (rus sotsiologiyasining subyektiv maktabi) va hokazo. Marksizm vakillari jamiyatni rivojlantiruchi kuchlar sifatida oqibati antagonizmga olib keladigan sinfiy kurashlardir, deb e’tirof etdi. Har bir tarixiy davrda odamlami doimiy ravishda qanoatlantirib turishi lozim bo‘lgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlar mavjud bo'ladi. Bu ehtiyojlar va manfaatlar doimiy ravishda o‘zgarib boradi (aholi o‘sib boradi, ehtiyojlar oshib boradi).
Jamiyatda ehtiyojlaming oshib borish qonuniyati amal qiladi: odam birlamchi, hayotiy ehtiyojlarini qondirib bo‘lganidan keyin bilish va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga o‘tadi. Bu jarayonda inson hayotining og‘irlik markazi ma’naviy sohaga ko‘chib o‘tadi (jonzotlar iste’mol qilish uchun yashaydi, inson esa yashash uchun iste’mol qiladi). Hozirgi davrda doimiy ravishda o‘sib borishga moyil ehtiyojlarni qondirish uchun faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga o‘tib borgan holda yanada ko‘proq mehnat qilishga to‘g‘ri keladi (masalan, qishloq xo'jaligiga oldin mashinalar kirib keldi, keyinroq esa ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlandi). Industrialdan keyingi jamiyatda odamlarning asosiy hayotiy faoliyat sohasi axborot sohasida namoyon bo‘la boshlaydi, axborot va fan rivojlanishning asosiy manbaiga aylanadi.

Yüklə 32,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin