Sotsial psixologiyada tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi. Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə4/7
tarix03.05.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#107095
1   2   3   4   5   6   7
Sotsial psixologiyada tadqiqotlar metodologiyasi

Proyektiv metodlar. Ular test usullarning bir ko‘rinishi hisoblanib, ularda tekshiriluvchiga aniq tizimga yoki ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig‘i beriladi. Binobarin, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishi mavjud emas buyumlar, yog‘ochlar berilishi, yoki ularga qarab tekshiriluvchi o‘zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi.
Proyektiv usullar qatoriga mashhur Rorshaxning “Siyoh dog‘lari” testini kiritish mumkin (1921). Bu – ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog‘lardan iborat bo‘lib, har bir dog‘ har xil bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir “dog‘” nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. Uning og‘zidan chiqqan so‘zlar, assotsiatsiyalarga qarab (ularni kontent-analiz qilib), shaxs xususiyatlari yuzasidan xulosa chiqariladi.
Yana bir proyektiv usul – bu S.Rozensveygning rasmli assotsiatsiyalaridir. Bunda turmushda tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni aks ettirgan rasmlar tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga qarama-qarshi tomondagi shaxs esa hali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiriluvchidan tekshiruvchi tez, qisqa muddat ichida bo‘sh kataklarga qaytarilishi kutilayotgan javobni yozishni so‘raydi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning yo‘nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, jaholat hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o‘xshash muhim faktlar to‘planadi.
Shunday qilib, biz sotsial psixologiya da an’anaviy qo‘llanib kelinayotgan asosiy metodlarga to‘xtalib o‘tdik. Lekin hozirgi davrda hayot fandan tatbiqiy xususiyatga ega bo‘lishini talab qilayotganligi tufayli bu qatorga bir turkum metodlarni kiritish lozimki, ular sotsial psixologiya dagi faol tayyorgarlik metodlari deb ataladi. Ularga ijtimoiy-psixologik treningning barcha shakllari kiritiladi . Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra, shaxs va guruhning ma’lum sifatlarini shakllantiruvchi eksperimentni eslatadi. Lekin ularning faol metodlar toifasiga kiritilishiga asosiy sabab – bu usullar yordamida qisqa fursatda bevosita muloqot sharoitida kutilayotgan samaraga erishilishidir. YA’ni, tahlil qilib chiqilgan metodlardan farqli o‘laroq, faol ijtimoiy-psixologik metodlar shaxsda yoki guruhda shakllangan xususiyatlarni qayd qilish emas, balki tarkib toptirish lozim xislatlarni amaliyotchi psixolog yoki ijtimoiy xodimning faol aralashuvi orqali hosil qilishga qaratilgandir.



Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin