1. Shkalali o‘lchov metodlari – ular asosan millat vakillaridagi turlicha etnik ustanovkalarni tekshiradi. Masalan, Bogardusning mashhur shkalasi: qiyosiy fikrlash yo‘li bilan berilgan juftliklar – ustanovkalarni har bir tekshiriluvchi tomonidan aniq baholanishga asoslangan. Yoki Laykartning “baholashlar yig‘indisi” metodi ham u yoki bu millat vakiliga xos ustanovka – fikrlarga tekshiriluvchining e’tirozi yoki e’tirofini aniqlaydi. Bu metodlar butun jahon miqyosida ko‘pgina tadqiqotlarda ishlatilgan va joy sharoitlarga moslashtirish jihatidan rekord qo‘ygan desak bo‘ladi.
2. Kuzatish va so‘roq metodlari – bunda o‘sha madaniy muhitga xos bo‘lgan, uning bevsoita boyliklari hisoblangan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, maishiy sharoitlar, odatlar, an’analar va hokazolar tashqaridan o‘rganiladi. So‘roq metodlari ichida ko‘proq anketa usuli qo‘llaniladi, bunda ham millat vakilining turmush tarzi, avtobiografik ma’lumotlari aniqlanib, ilmiy xulosalar kontent-analiz qilinadi. Amerikalik olimlar Kats va Breylilar so‘roq metodining o‘ziga xos ko‘rinishini etnik stereotiplarni aniqlashda ishlatishgan. Masalan, ular qiziqtirayotgan masala bo‘yicha imkoni boricha ko‘p javoblar ro‘yoxatini tekshiriluvchiga berib, undan shu javoblar ichidan “o‘zinikini” tanlab belgilashni so‘rashgan. Bundan tashqari, 84 xil sifatni o‘z ichiga olgan ro‘yxatdan o‘z millatiga va boshqa millatga xos bo‘lgan 5 yetakchi sifatni ajratib berish topshirig‘ini berishgan. Shu yo‘l bilan etnik stereotiplar aniqlangan.
Proyektiv metodlar– bu guruhga asosan Rorshaxning “siyoh dog‘lari” testi, tematik appersepsion test (TAT), boshlangan jumlalarni tugatish testi, fotosuratlarni baholash testi, Lovenfeldning mozaikalari testi va boshqalar kiradi. Mavhum berilgan topshiriqlarni bajarish sifati va javoblarning yo‘nalishi bo‘yicha ham turli millatlarga oid stereotiplar o‘rganilgan.
4. Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Masalan, G.Deyker va N.Friydlarning milliy xarakter xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan testlari. Ular asosan shaxsning ta’sirchanligi va hissiy reaksilarini o‘rganadi. Bundan tashqari, shu guruh testlarga alohida intllektni tekshiruvchi, ma’naviy dunyoqarashni o‘rganish, adolat hissini aniqlash, badiiy did testlari va boshqa testlar kiradi. Ayniqsa, milliy stereotiplarni aniqlashda millatning tilini barcha tilshunoslik uslublari bilan o‘rganib chiqish ham juda qimmatli ma’lumotlar to‘plash imkonini beradi. Chunki, til u yoki bu millat vakilining o‘zi mansub millatga xos milliy qadriyatlarni, stereotiplarni o‘zlashtirishda asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Shuning uchun ham etnopsixologik o‘z tadqiqotlarini tilshunos, etnograf, etnolog, sotsiolog, tarixchilar hamkorligida o‘tkazadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan metodologik va metodik uslublar milliy psixologiyani o‘rganishda faqat asosiylari xolos, chunki millatning ko‘p qirralari psixologik holatini o‘rganishda yana ko‘plab usullardan foydalanish mumkin, bu narsa tadqiqotning maqsadlariga, tadqiqotchining esa uslubiy tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Nima bo‘lganda ham oxirgi yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan qator i